49
O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA IJODIY
TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISH
Usmanova Dilorom Maxmudovna
Samarqand shahri 22-maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya.
Maqolada o‘qish savodxonligi darslarida ijodiy topshiriqlardan
foydalanishning shakl, metod va vositalari asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
o‘qish savodxonligi,
kitobxon, qobiliyat, mulohaza, kritik,
kreativlik.
O‘qish savodxonligi tushunchalari yillar davomida o‘zgarib, jamiyat,
iqtisodiyot, madaniyat va texnologiya sohalarida o‘z aksini topdi. O‘qish
faqatgina
ta’limning dastlabki bosqichlarida, bolalikda o‘zlashtiriladigan qobiliyat, deb
hisoblanmay qo‘ydi. Bugungi kunda bu qobiliyat shaxs butun umri davomida turli xil
kontekstlarda o‘z tengdoshlari va keng jamoatchilik bilan
muloqot qilish asosida
rivojlantirib boradigan bilim, ko‘nikma va malakalar,
usullar jamlanmasi sifatida
ta’riflanadi. Jamiyat hayotida to‘liq ishtirok etish maqsadida inson uchun bilim olish,
barcha ma’lumotlarni aniqlash, tushunish va aks ettirish qobiliyati juda muhimdir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu dars jarayonida ijodiy topshiriqlardan
maqsadga muvofiq foydalanishdir. 1-2- sinflarda milliy o‘quv dasturi asosida joriy
qilingan o‘quv fanlaridan ishlab chiqarilgan oʻquvchi
daftari yoki tarqatma
topshiriqlar shakllantiruvchi baholashda eng qulay vosita hisoblanadi. Oʻquvchi
daftari yoki tarqatma topshiriqlar quydagi xususiyatlarga ega:
4.
Darslik asosida tuziladi va malakalarni shakllantirishga qaratilgan boʻladi
5.
Oʻz navbatida darslikdan mustaqil boʻladi, dasturda nazarda tutilgan
malakalarni shakllantirish uchun qoʻshimcha vosita ham boʻla oladi.
6.
Tarqatma shaklidagi topshiriqlar har bir oʻquvchiga moslab ishlab
chiqilishi ham mumkin.
O‘quvchilarda o‘quv savodxonligini rivojlantirish
uchun tuziladigan ijodiy
topshiriqlar:
50
Qisqa javob talab qiluvchi savol
Boʻsh oʻrinlarni toʻldirish
Muqobil javobli test
Toʻgʻri/Notoʻgʻri
Moslashtirish
Koʻp tanlovli test
Bulardan tashqari turli grafik chizmalar, xaritalar,
boshqotirma shakllari,
diagrammalar, jadvallarni ham qoʻllash mumkin.
Tarqatma topshiriqlarni tayyorlashda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish
tavsiya etiladi:
Oʻquvchilar egallashi kerak boʻlgan koʻnikma(lar) aniqlanadi;
Koʻnikmani egallashi uchun oʻquvchi bajarishi kerak boʻlgan vazifa va
topshiriqlar belgilanadi;
Vazifa va topshiriqlarni bajarishda oʻquvchilar yakka, juftlikda yoki guruh
boʻlib harakat qilishlari mumkin. Shulardan biri tanlanadi;
Topshiriq va savollar ishlab chiqiladi;
Topshiriq va savollarni ishlab chiqishda oʻquvchilarning
turli bilim
darajasini hisobga olishning imkoniyati koʻrib chiqiladi;
Tezroq bajarib qoʻyish mumkin deb qaralsa, asosiy savol va topshiriqlarga
qoʻshimcha topshiriqlar ham kiritiladi.
Ijodiy topshiriqlarni tayyorlashda e’tiborga olish lozim boʻlgan unsurlar va har bir
unsurning oʻziga xos jihatlari quyidagilar:
1.
Yoʻriqnoma
topshiriqlarni bajarish uchun amalga oshiriladigan harakatlar ketma-ketligini
tartib bilan tushuntiring;
har bir koʻrsatmaga raqam qoʻying. Koʻrsatmaga amal qilish jarayonida uni
osonroq topish va tartibni aniqlash uchun bu muhim
savollarni raqamlang;
qalin yoki kursiv shakldan foydalanib muhim oʻrinlarni ajratib koʻrsating;
51
oʻquvchilarga tanish boʻlgan soʻzlardan foydalaning hamda gaplarning
qisqaroq boʻlishiga e’tibor qarating.