• Axborotni o‘zlashtirish va foydalanish maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi mahorat tavsiflari belgilangan
  • Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi 
    mahorat tavsiflari belgilangan: 
    -
    matnning muayyan qismlarini ajratib ko‘rsatish va ulardan oddiy xulosalarni 
    ifodalashda foydalanish; 
    -
    voqealar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni ko‘rsatish; 
    -
    matnning umumiy g‘oyasini aniqlash; 
    -
    matn tarkibining elimentlarini ochib berish; 
    -
    qahramonlar xatti-harakatiga izoh berish; 
    -
    asar qahramonlarining xatti-harakatlari va his –tuyg‘ularini taqqoslash va 
    qiyoslash; 
    -
    matnda qo‘llangan til vositalarining xususiyatlari ustida birlamchi tahlil 
    o‘tkazish; 
    -
    matnning asosiy g‘oyasini tushunish, yashiringan axborotlarni aniqlash va 
    umumlashtirish; 
    -
    matndagi savollarga qahramonlarni asosiy tavsiflari, ularning intilishlari va 
    his- tuyg‘ularini izohlash orqali javob berish; 
    -
    matndan misollar keltirgan holda, javoblarni asoslash. 


    42 
    Axborotni o‘zlashtirish va foydalanish maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi 
    mahorat tavsiflari belgilangan: 
    -
    matnda keltirilgan dalillarni aniqlash va tasvirlash; 
    -
    kerakli axborotni o‘zida mujassamlashtirgan gapni ajratish; 
    -
    xulosalarni izohlash uchun olingan axborotdan foydalanish; 
    -
    matnda yaqqol taqdim etilgan axborotga muvofiq xulosa chiqarish; 
    -
    matnning turli qismlarini tahlil qilish va kerakli axborotni ajratish; 
    -
    matnda yashirin berilgan axborotni aniqlash; 
    -
    matndagi alohida gaplar o‘rtasidagi mazmuniy aloqalar asosida xulosalarni 
    ifodalash; 
    -
    matn mazmunini izohlab berish; 
    -
    turli tipdagi matnlardan foydalanish va alohida tavsiflarni belgilash; 
    -
    matnning turli qismlaridagi murakkab ma’lumotlarni anglash va asoslash; 
    -
    matndagi ma’lumotlarni tushunish uchun aniq va noaniq elimentlarni 
    baholash va ahamiyatini tushuntirish; 
    -
    matnlar, xaritalar, illuystrasiyalar,diagrammalar va rasmlar kiritilgan 
    materiallar asosida turli matnlardagi ma’lumotlarni umumlashtirish. 
    PIRLS tadqiqotida belgilangan mahorat tavsiflaridan ko‘rinib turibdiki, 
    o‘quvchilar matnni nafaqat tushunishadi balki, matnda berilgan maʻlumotlarni 
    tushuna olish va ularga o‘zining shaxsiy munosabatini bildira olish koʻnikmasi, olgan 
    maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri foydalana olishi, bilim va imkoniyatlarini 
    oshira olish layoqati ham shakllanib, rivojlanib boradi. 
    Mutolaa – bu insonning o‘z ustida ishlashi, faoliyatini ma’lum yo‘nalishga 
    burib yuborishi, ongida ma’lum tuyg‘ularni, e’tiqod va dunyoqarashni hosil qilish, 
    uni o‘ylashga, hayotda qanday yashashga o‘rgatish, fikr yuritish, yozuvchining 
    insonparvarlik, axloqiy, estetik, badiiy, fuqarolik nuqtai nazarini bilib olish, uning 
    ma’naviy o‘gitlarini ilg‘ab olish va bular asosida o‘z hayot yo‘li dasturini belgilash, 
    yozuvchi bilan munozaraga kirishish, har bir o‘qigan kitobidan yangilik topish, 
    ma’naviy dunyosini boyitishdan iborat ekan, bu borada PIRLS matnlari va uning 


    43 
    matnlari uchun tuzilgan topshiriqlari, belgilangan mahorat tavsiflari o‘quvchilarda 
    kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirishda yaqindan yordam beradi. 
    Haqiqatan ham kitobxonlik insonni barkamollikka yo‘llasa, kitob o‘qimaslik 
    johillikka, ma’rifatsizlikka olib kelib, natijada bolada ma’naviy qashshoqlik yuzaga 
    keladi. Maktabda, bolalar bog‘chasida, oilada muhim vazifa, bu kitobxonlikni inson 
    hayotida zaruriyatga aylantirishdan iboratdir. Agar kitobxonlik zaruriyatga 
    aylanmasa, oilada ham, maktabda ham unga mehr-muhabbat, e’tibor kuchaytirilmasa 
    farzandni kitobga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish mumkin emas. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadidagi o‘qish uchun quyidagi

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish