• 2-YO‘NALISH BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH DASTURLARI (PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) GA TAYYORLASH
  • Annotatsiya.
  • 2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Adabiyotlar roʻyxati: 
    5.
    Baholash nazariyasi asoslari. [Matn]/ Komil Jalilov.- T.: Akademnashr
    2020.- 256 b. 
    6.
    Ona tili va oʻqish savodxonligi. 1-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun / K. 
    Mavlonova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 120 b. 
    7.
    Ona tili va oʻqish savodxonligi [Matn]: 2-sinf oʻqituvchilari uchun metodik 
    qoʻllanma / I. Azimova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. – 
    128 b. 


    39 
    2-YO‘NALISH 
     
    BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA O‘QUVCHILARNI XALQARO BAHOLASH 
    DASTURLARI (PIRLS, TIMSS, EGMA, EGRA) GA TAYYORLASH 
    O‘QUVCHILARNI MUTOLAA MADANIYATIGA O‘RGATISHDA PIRLS 
    TADQIQOTINING AHAMIYATI 
    Rabbonayeva Dildora Tolipovna 
    SVPYMO‘MM katta o‘qituvchisi 
     
    Annotatsiya. 
    Maqolada jamiyatimizda mutolaa masalasiga bo‘lgan 
    yondoshuv va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirishda 
    PIRLS tadqiqotining o‘rni haqida fikr bildirilgan. 
    Tayanch so‘zlar
    : PIRLS, xalqaro, tadqiqot, kitob, baholash, boshlang‘ich 
    ta’lim, sifat, mutolaa, topshiriq. 
    Mushohada yuritmay turib, qancha ko‘p o‘qisangiz, 
    shuncha ko‘p bilayotganga o‘xshayverasiz, agar 
    o‘qiyotganda qanchalik ko‘p mushohada yuritsangiz, 
    shu qadar oz narsa bilishingizni aniqroq his etasiz. 
    Volter 
    Kitob – insonning yaqin do‘sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining 
    dunyoqarashi, so‘z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib 
    borgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar 
    kelajakda bezori bo‘lib ulg‘ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o‘qish 
    odamlarni empatiyaga – faqat o‘z xohish-istaklari va manfaatlarini o‘ylashdan voz 
    kechib, umumiy maqsad yo‘lida birlashishga undaydi. 
    Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha 
    bo‘lgan. Har bir davrning o‘z ehtiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi 
    belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o‘z fuqarolarining 
    ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida e’tibor 
    berilgan. Bugungi kunda “Mutolaa madaniyati”, “Kitobxonlik madaniyati”, “O‘qish 


    40 
    madaniyati” kabi atamalar bilan qo‘llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot 
    olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir. 
    “Mutolaa” so‘zi arabcha “o‘qish” degan ma’noga ega bo‘lsa-da, bugungi kunda 
    u kitob o‘qishdan ko‘ra kengroq tushunchani anglatmoqda. 
    O‘qish – axborot olish madaniyati bo‘lib, badiiy adabiyotni to‘g‘ri tushunish, 
    undan estetik zavq olish, shuningdek, ilmiy adabiyotlar, barcha turdagi resurslar 
    bilan ishlash, ma’lumot-bibliografiya va barcha turdagi axborot materiallaridan 
    o‘zini qiziqtirgan ma’lumotlarni qidirib topish, cheksiz axborot oqimlari orasidan 
    kerakli, muhim bo‘lgan ma’lumotlarni ola bilish, o‘z kasbiy malakalarini oshirishda 
    foydalanish, axborot-kutubxona muassasasidan to‘g‘ri foydalanish yo‘llarini 
    o‘rganish ham axborot olish madaniyati tushunchasi doirasiga kiradi. 
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mutolaa madaniyatini shakllantirishning 
    bir qancha usullari, yo‘llari mavjud bo‘lib, 2021-yildan boshlab O‘zbekiston 
    yoshlari, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ilk bor qatnashayotgan PIRLS tadqiqotining 
    o‘rni beqiyosdir. 
    PIRLS 
    – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study) 
    matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot bo‘lib, maqsadi 
    turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich sinf 
    o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda 
    o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga 
    xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. Albatta bunday tadqiqot xalq 
    ta’limi sohasidagi mutaxassislar, olimlar, metodistlar, o‘qituvchilar, ota-onalar va 
    jamoat vakillari uchun katta ahamiyatga ega. 
    PIRLS dunyoning turli mamlakatlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matnni 
    tushunish darajasini taqqoslash, shuningdek, milliy ta’lim tizimlarining o‘qish 
    savodxonligi o‘rtasidagi tafovutlarni aniqlaydi. 
    Tadqiqotning xalqaro lug‘atiga ko‘ra, “o‘qish savodxonligi” - o‘quvchining 
    matn shaklida berilgan maʻlumotlarni tushuna olish va ularga reaksiya bera olish 


    41 
    koʻnikmasi, oʻqigan maʻlumotlaridan hayoti davomida toʻgʻri foydalana olishi, bilim va 
    imkoniyatlarini oshira olish layoqatidir. 
    PIRLSda o‘qish savodxonligining asosi matnlar bilan to‘liq ishlash uchun 
    zarur bo‘lgan o‘qish qobiliyatlarini shakllantirish hisoblanadi. Bu o‘quvchi 
    tomonidan kerakli ma’lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma’lum qismi 
    bo‘yicha xulosalar chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn 
    namunalari va matn tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir. 
    PIRLS tadqiqotida o‘quvchilarga ikki turdagi matn taqdim etiladi, badiiy matn 
    va axborotli matn. Shuning uchun o‘quvchilar bilimi quyidagi ikki mezon asosida 
    baholanadi: 
    1.
    Adabiy kitobxonlik malakasini egallash maqsadida o‘qish. 
    2.
    Axborotni o‘zlashtirish va foydalanish maqsadida o‘qish. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish