Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Qorayev S.B., Janbayeva M.S. “Boshlangʻich sinf oʻqish darslarida sinfdan
tashqari ishlarni tashkil etish”. Academic research in educational sciences.
2.
Allayorova S.B. “Boshlangʻich sinf oʻquvchilarini pirls xalqaro baholash
dasturi tizimiga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari”. Academic
research in educational sciences
3.
M. Tilakova, S. Qoraev. “Recommendations for students'creative ability
development”. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 184-189.
4.
Tilakova M.A. “O‘quvchilar kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha
tavsiyalar”. Academic research in educational sciences.
35
OʻQISH SAVODXONLIGI DARSLARINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA
SHAKLLANTIRUVCHI (FORMATIV) BAHOLASHNING OʻRNI
Jo‘raqulova Shaxrixon Donayevna
Paxtachi tumani 32- maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ona tili va oʻqish savodxonligi darslarining
tuzilishi va mazmuni haqida ma’lumot berilgan. Ona tili va oʻqish savodxonligi
darslarini samarali tashkil etishda shakllantiruvchi baholashning ahamiyati ilmiy
jihatdan asoslangan. Mavzu yuzasidan xulosa va tavsiyalar berilgan.
Kalit soʻzlar:
savodxonlik, baholash, shakllantiruvchi baholash, malaka
talablari, natija, individual yondashuv, samaradorlik.
Oʻquv jarayoni davomida oʻquvchilarning oʻzlashtirish sifatini baholab borish.
Shakllantiruvchi baholash oʻquvchining oʻquv dasturida berilgan materiallarni
oʻzlashtirish darajasini aniqlash hamda oʻquvchi kutilgan natijaga erishishi uchun
tavsiyalar ishlab chiqishga asos boʻladi. Shakllantiruvchi baholash oʻqituvchiga
oʻquv jarayonidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida aniqlash va keyingi rejalarni shu
asosda tuzish imkonini yaratadi.[1.204] Ushbu baholash turi oʻquv dasturi, oʻqituvchi
hamda oʻquvchining oʻzaro aloqasini ta’minlashga xizmat qiladi.
Shakllantiruvchi baholashning asosiy maqsadlari:
–
muntazam ravishda sinfda oʻquvchini baholab borish orqali u qaysi bilim,
koʻnikma, malaka yoki kompetensiyalarni yaxshi oʻzlashtiryotgani yoki
oʻzlashtirmayotgani, nimalar ustida ishlashi kerakligi haqida ma’lumot beriladi;
–
biror bir mavzu oxirida nazorat ishi olish orqali oʻqituvchi oʻquvchilari shu
mavzuni qay darajada oʻzlashtirganliklari, qanday xatolarga yoʻl qoʻyayotganlari
haqida ma’lumot olishi va lozim boʻlsa, oʻtilgan mavzuga yana qaytishi mumkin;
–
oʻqituvchi oʻquvchilarning boshlangʻich bilim darajasini aniqlash maqsadida test
oʻtkazishi va olingan ma’lumotlar asosida keyingi qadamlarni rejalashtirishi yoki
oʻquvchilarni guruhlarga ajratishi mumkin.
36
Shakllantiruvchi baholash xulosalovchi baholashdan farqliravishda bevosita
oʻqituvchi tomonidan, asosan, norasmiy shakllarda(kuzatish, ogʻzaki savol-javob
qilish, kichik hajmli testlar olish, yozma ishlar) oʻtkaziladi.
Shakllantiruvchi baholash jarayonidan olingan xulosalar asosida oʻqituvchi
yoki ta’lim muassasasi ta’lim jarayoniga zarur deb hisoblangan oʻzgartirishlarni
kiritadi.
Shakllantiruvchi baholashdan keyin oʻquvchilarga har doim tahliliy fikr-
mulohazalar beriladi.
Shakllantiruvchi baholash, asosan, kuzatish va natijalarni qayd etib borishga
asoslanadi, ya’ni ushbu baholashda jurnalga baho qoʻyish talab etilmaydi.
Shakllantiruvchi baholash – bu oʻqituvchilarni ham, oʻquvchilarni ham oʻquv
jarayonining keyingi bosqichlariga yoʻnaltirishga moʻljallangan baholash.
Xulosalovchi baholashdan farqli oʻlaroq shakllantiruvchi baholash aniq xulosa
chiqarish xuxusiyatiga ega emas.[1.206] Xulosalovchi baholash deganda yakuniy
imtihonlar, bitiruv yoki qabul imtihonlari, standartlashtirilgan testlarni tushunamiz.
Aslida har qanday baholash shaklini shakllantiruvchi sifatida qabul qilish
mumkin.[3.98] Lekin yuqorida sanab oʻtganlarimiz oʻqituvchilar yoki biror yuqori
tashkilotga oʻquvchilarni saralash, ajratish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Shakllantiruvchi hamda xulosalovchi baholashning oʻzaro farqi ularning natijasidan
qanday foydalanishdagina aniq koʻzga tashlanadi.
Yana bir farq oʻquvchilarning shakllantiruvchi baholashga munosabatida
koʻrinadi – oʻquvchilar ushbu jarayonda olingan baholarni “hisobga olinmaydigan”
baho deb hisoblaydilar. Aynan mana shu sabab oʻquvchilar unga kamroq hayajon,
bezovtalik va raqobat kuchi bilan yondashadilar. Buning yomon tomoni ham bor –
oʻquvchilar “hisoblanmaydi-ku” degan oʻy bilan shakllantiruvchi baholashga
umuman e’tiborsiz qarashlari ham mumkin.[2.80] Ta’lim tizimimizga singib ketgan
bir qarash mavjud – oʻquvchilar baho kundalikka yoki baholar jurnaliga qoʻyilsagina
unga nisbatan jiddiy yondashishadi. Bu bizni baholash jarayonimizni oʻzgartirishdagi
eng tashvishga soladigan holatdir.
37
Shakllantiruvchi baholash kuzatish vositasi, xulosalovchi baholash esa aniq
baho bilan tugaydigan jarayondir. Bu ikki baholashning farqini tushunish uchun biz
umumta’lim maktablaridagi baholashga boʻlgan munosabatimizni oʻzgartirishimiz
lozim.[3.98] Testga yoki baholashga klassik yondashuv shundayki, baho oʻquv
jarayonini yakunlash (oʻquv jarayoni deyilganda biror bilim, koʻnikma, malakani
oʻrganish jarayoni nazarda tutilmoqda) vositasi deb qaraymiz.
|