Adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Ona tili. Umumiy o‘rta ta’limning milliy o‘quv dasturi. T.: 2020. 170 b.
2.
Baholash nazariyasi asoslari. [Matn]/ Komil Jalilov.- T.: Akademnashr,
2020.- 256 b.
3.
Oʻqish savodxonligi. 1-qism [Matn]: darslik 2-sinf uchun . – Toshkent:
Respublika ta’lim markazi, 2021. – 120 b.
4.
Ona tili va oʻqish savodxonligi [Matn]: 2-sinf oʻqituvchilari uchun metodik
qoʻllanma / I. Azimova [va boshq.]. – Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2021. –
128 b.
27
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH SAVODXONLIGINI
RIVOJLANTIRISHDA IJODIY TOPSHIRIQLARDAN FOYDALANISH
Usmonova Marhabo Fayzullayevna
Nurobod tumani 21-maktab o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda darslarni tashkil etishning
o‘ziga xos samarali jihatlari sharhlangan. O‘quvchilarda o‘qish savodxonligini
rivojlantirishning pedagogik - shart sharoitlari o‘rganilgan. O‘quvchilarning o‘qish
savodxonligini takomillashtirishda ijodiy topshiriqlardan foydalanishning shakl,
metod va vositalari asoslab berilgan. O‘qish savodxonligini rivojlantirishda ijodiy
topshiriqlardan foydalanishga oid tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, o‘qish savodxonligi, pedagogik hamkorlik,
ijodiy topshiriq, tarqatma material, testlar, savollar, samarali natija.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini
tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-sonli Farmonida xalq ta’limini rivojlantirishning
ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Farmonda “...kichik yoshdan o‘quvchilarda
o‘qishga sog‘lom, kuchli va ta’sirchan motivatsiyani shakllantirish hamda kasb
tanlash, kasbiy o‘sishini mustaqil rejalashtirish, zamonaviy kasblarni egallash
qobiliyatini rivojlantirish zarurligi takidlangan. Mazkur vazifani samarali hal qilishda
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda o‘qish savodxonligini rivojlantirish ijobiy
ta’sir ko‘rsatuvchi omillardan biri hisoblanadi.
O‘qish savodxonligi – shaxs o‘zining bilim va salohiyatini rivojlantirish,
jamiyatda o‘z o‘rnini topish maqsadiga erishishi yo‘lida matnlarni tushunish, ulardan
foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish
qobiliyati demakdir
1
.
O‘qish savodxonligi bir qator aqliy faoliyat va til kompetensiyalarini qamrab
oladi. Jumladan, alohida olingan so‘zning ma’nosini tushunishdan tortib, matnning
1
Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligini baholash (Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari,
metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim sifatini baholash
bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent, 2019-yil, 92 bet.
28
grammatik va lingvistik qurilishini anglash hamda matndan olingan ma’noni o‘zining
olam haqidagi tasavvurlari bilan bog‘lashni o‘z ichiga oladi. U metakognitiv
kompetensiyalarni, ya’ni matn bilan ishlashda kerak bo‘ladigan turli strategiyalarni
bilish va ularni to‘g‘ri qo‘llay olishni ham o‘z ichiga oladi. Metakognitiv
kompetensiyalar o‘quvchi fikrlaganda, kuzatganda va o‘zining o‘qish mashg‘ulotini
ma’lum maqsadga yo‘naltirganda faollashadi.
“Savodxonlik” atamasi biror shaxsning o‘rganish, foydalanish, yozilgan va
nashr etilgan ma’lumotni yetkazish kabi salohiyati bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa-da, bu
atama, odatda, shaxsning ma’lum bir fan yoki sohaga oid bilimini anglatadi. Mazkur
ta’rif “O‘qish savodxonligi” atamasini yoritib berish uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
ko‘plab vaziyatlarda va turli maqsadlar uchun o‘qishning faol, maqsadli va qulay
shaklini ifodalash fikriga mos keladi.
O‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilina digan va inson
tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay
olish qobiliyatidir
2
.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini rivojlantirishga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadigan omillardan biri bu dars jarayonida ijodiy topshiriqlardan
maqsadga muvofiq foydalanishdir. 1-2- sinflarda milliy o‘quv dasturi asosida joriy
qilingan o‘quv fanlaridan ishlab chiqarilgan oʻquvchi daftari yoki tarqatma
topshiriqlar shakllantiruvchi baholashda eng qulay vosita hisoblanadi. Oʻquvchi
daftari yoki tarqatma topshiriqlar quydagi xususiyatlarga ega:
1.
Darslik asosida tuziladi va malakalarni shakllantirishga qaratilgan boʻladi
2.
Oʻz navbatida darslikdan mustaqil boʻladi, dasturda nazarda tutilgan
malakalarni shakllantirish uchun qoʻshimcha vosita ham boʻla oladi.
3.
Tarqatma shaklidagi topshiriqlar har bir oʻquvchiga moslab ishlab
chiqilishi ham mumkin.
2
Xalqaro tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilari, metodistlar va soha mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi. Toshkent, 2019-yil, 92 bet.
29
O‘quvchilarda o‘quv savodxonligini rivojlantirish uchun tuziladigan ijodiy
topshiriqlar:
Qisqa javob talab qiluvchi savol
Boʻsh oʻrinlarni toʻldirish
Muqobil javobli test
Toʻgʻri/Notoʻgʻri
Moslashtirish
Koʻptanlovli test
Bulardan tashqari turli grafik chizmalar, xaritalar, boshqotirma shakllari,
diagrammalar, jadvallarni ham qoʻllash mumkin.
1- rasm. Ijodiy topshiriqlarni tayyorlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Tarqatma topshiriqlarni tayyorlashda quyidagi ketma-ketlikka amal qilish
tavsiya etiladi:
Oʻquvchilar egallashi kerak boʻlgan koʻnikma(lar) aniqlanadi;
Koʻnikmani egallashi uchun oʻquvchi bajarishi kerak boʻlgan vazifa va
topshiriqlar belgilanadi;
Vazifa va topshiriqlarni bajarishda oʻquvchilar yakka, juftlikda yoki guruh
boʻlib harakat qilishlari mumkin. Shulardan biri tanlanadi;
Topshiriq va savollar ishlab chiqiladi;
30
Topshiriq va savollarni ishlab chiqishda oʻquvchilarning turli bilim
darajasini hisobga olishning imkoniyati koʻrib chiqiladi;
Tezroq bajarib qoʻyish mumkin deb qaralsa, asosiy savol va topshiriqlarga
qoʻshimcha topshiriqlar ham kiritiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini tizimli ravishda
shakllantirib borish orqali yuqori darajada o‘qish savodxonligiga erishish mumkin.
O‘qish savodxonligi o‘quvchining keyingi ta’lim bosqichida o‘qishga
tayyorligini ko‘rsatadi. Bunday o‘quvchilarga badiiy va axborot matnlarining
xabarlarini tushunish va baholash uchun deyarli yordam kerak emas. Yuqori darajali
o‘quvchilar yozma ravishda yetkazilgan yangi ma’lumotlar, fikrlar, tajribalar
yordamida o‘z tajriba va bilimlarini kengaytirish va o‘zgartirishga imkon beradigan
o‘qish komponentlarini o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladilar.
|