• SAVOL BERISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISH
  • Kalit so‘zlar
  • 2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/88
    Sana19.06.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #264375
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88
    Bog'liq
    2024-yil-Кафедра-конференцияси 1

    Adabiyotlar: 
    1.
    Umumiy o‘rta ta’limning boshlang‘ich ta’limdan davlat ta’lim standarti va 
    o‘quv dasturi. – T.: RTM, 2017. – 215 b. 
    2.
    Shodiyeva Q. Nutq o‘stirish uslubiyoti. – T.: O‘qituvchi, 2008. – 304 b. 
    3.
    Matchonov S., Shojalilov A., G‘ulomova X., Sariyеv Sh., Dolimov Z. 
    O‘qish kitobi (Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 4-sinfi uchun darslik). – T.: 
    Yangiyo‘l poligraf servis, 2017/2020. – 216 b/160 b. 
    SAVOL BERISH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH ORQALI 
    BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING O‘QISH 
    SAVODXONLIGINI OSHIRISH 
    Roʻziqulov Gʻofur Shukurovich 
    Nurobod tuman 21-maktab oʻqituvchisi 
    Annotatsiya: 
    Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish 
    savodxonligini rivojlantirishda savol berish ko‘nikmalarini rivojlantirishning 
    mazmuni, shakl, metod, va vositalari bayon qilingan. 
    Kalit so‘zlar: 
    boshlang‘ich ta’lim, savol berish, natija, samaradorlik, savol 
    darajalari, kommunikativ yondashuv. 
    Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini samarali 
    tashkil etish orqali o‘quvchilarda tilga oid amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish bilan 


    24 
    birga o‘quvchilar egallagan kо‘nikmalarini kundalik turmushda, hayotiy vaziyatlarda 
    qо‘llashlari bilan bog‘liq fundamental bilimlar, tanqidiy fikrlash, kreativlik, 
    muloqotchanlik, hamkorlikda ishlay olish bilan bog‘liq murakkab masalalarni hal qila 
    olish kо‘nikmalari, qiziquvchanlik, 
    tashabbuskorlik, 
    maqsad sari intilish, 
    moslashuvchanlik, liderlik, ilmiy xabardorlik bilan bog‘liq shaxsiy fazilatlarni 
    shakllantirishga olib keladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ona tili va o‘qish 
    savodxonligi darslarida qanday qilib yuqorida ta’kidlangan vazifalarning samarali 
    yechimiga erishish mumkin? Albatta bu masalada o‘quvchida mustaqil, to‘g‘ri savol 
    berish ko‘nikmasini rivojlantirish hal qiluvchi omil hisoblanadi. 
    Taʼlim jarayonida eng koʻp vaqt oladigan va eng koʻp bilim beradigan vosita bu 
    savollar hisoblanadi. Sal mubolagʻa bilan aytganda, savollarning qanday boʻlishi 
    oʻquvchi tafakkurining qay darajagacha rivojlanishini belgilab beradi. 
    AQSHda oʻqituvchilarning savol berishiga oid koʻplab tadqiqotlar amalga 
    oshirilgan. 1980-yilda pedagog olimlar Leven va Long 1912-yilda AQSH 
    oʻqituvchilari maktab kunining 80% izini savollar berish va ularga javob kutishga 
    sarflashganini aniqlashgan. Vilenning 1991-yilda eʼlon qilgan tadqiqoti esa 
    oʻquvchilarga beriladigan savollarning aksariyati quyi kognitiv darajadagi 
    (oʻquvchidan quyi tafakkur darajasini talab qiladigan) savollardan iborat boʻlib, ular, 
    asosan, maʼlumotni eslab qolganlik darajasini tekshirishga qaratilgan hamda yuqori 
    kognitiv darajani qamrab olmaganligini koʻrsatadi. 
    Oʻqituvchining savol berishi va savollarni tanlashi darsning samarasini ham 
    belgilab beradi. Savollarning samarali boʻlishi oʻquvchi tomonidan maʼlumotning 
    samarali oʻzlashtirilishini ham taʼminlaydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida amaliy 
    ko‘nikmlalarni, hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishga ko‘ra savollarni quyidagi 
    turlarga ajratib tasniflash mumkin: 
    -
    quyida darajadagi; 
    -
    yuqori darajadagi; 
    -
    konvergent; 
    -
    divergent. 


    25 
    Quyi darajadagi savollar oʻquvchidan bitta fakt yoki maʼlumotni eslab 
    qolishni talab etadi. Yuqori darajadagi savollar esa eslab qolishdan tashqari vaziyatni, 
    mavzuni, qoʻyilgan muammoning yechimini tushunganligini ham koʻrsatib berishni 
    soʻraydi. Bundan tashqari, yuqori darajadagi savollar oʻquvchidan faktlar va 
    maʼlumotlar oʻrtasidagi aloqani hamda ana shu fakt va maʼlumotlarning vaziyatga 
    aloqadorligini anglashni talab etadi. 
    Quyi va yuqori darajadagi savollarning qiyosi: 
    Quyi darajadagi savol. Ushbu tasvirdagi ayiqning rangi qanday? 
    Bu savol oʻquvchining rangni tanish va uning nomini bilishini aniqlashga 
    qaratilgan. Javoblarning diapazoni juda ham tor (oq, qoʻngʻir, qora, jigarrang). 
    Yuqori darajadagi savol. Nima uchun ayiqni bunday rangda deb oʻylaysiz? 
    Bu savol oʻquvchidan rangni tanish va nomini bilishini talab qiladi, lekin 
    bunda oʻquvchi ayiqning rangini boshqa narsalar bilan (yashaydigan muhit, boshqa 
    ayiqlar, hayvonlarning boshqa turlari, oziq-ovqati) munosabatini (aloqasini) ham 
    koʻrib chiqishi ham kerak boʻladi. 
    Konvergent savol bu o‘quvchini muammoning yagona va aniq javobini 
    topishga qaratilgan fikrlashni shakllantirishga olib keladi. Konvergent fikrlash muhim 
    ijodkorlikni talab qilmaydigan standart savollarga “to‘g‘ri” javob berish qobiliyatini 
    anglatadi, masalan, maktabdagi ko‘pgina vazifalarda va standartlashtirilgan 
    ko'p 
    tanlovli testlar
    dan aniq javobni topishga yo‘naltirilgan savollar. 
    Boshlang‘ich sinf 
    o‘quvchilari savollar yordamida mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishda 
    darslarni tashkil etishda, to‘g‘ri savol berish ko‘
    nikmalarini rivojlantirishda 
    kommunikativ yondashuv ham alohida ahamiyatga ega. 
    Mazkur yondashuvning mohiyati real vaziyatda nutqni tushunish, o‘z fikrini 
    to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatishdir. Shuning uchun har bir mavzu uchun alohida vaziyat 
    beriladi va shu vaziyatda nutq vositasida masalani hal qilish talab qilinadi. Hayotiy 
    ko‘nikmalar ma’lum bir nutqiy mazvular doirasida amaliy yo‘naltirilgan holda 
    shakllantiriladi. Kommunikativ yondashuvga asoslangan darslarda faqat yozma matn 
    bilan cheklanib qolinmaydi. Tilning og‘zaki va yozma shaklidan darslar davomida 


    26 
    baravar foydalaniladi. Mavjud anʼanaga ko‘ra ona tili o‘qitishda yozma matn asosiy 
    o‘rinda turadi, og‘zaki nutqqa alohida eʼtibor qaratilmaydi. Vaholanki, insonning 
    birlamchi til ko‘nikmasi og‘zaki nutqdir. Og‘zaki nutqni rivojlantirish tilning qolgan 
    shakllarini rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutq bilan ko‘p 
    ishlash og‘zaki nutqni o‘z-o‘zidan rivojlanib qolishiga olib kelmaydi, chunki yozma 
    nutq va og‘zaki nutq mazmun jihatidan bir nuqtaga birlashsa-da, ularning amalga 
    oshish jarayoni inson ongida boshqa-boshqa mexanizmning ishlashi orqali 
    taʼminlanadi. Shuning uchun ularning har biriga alohida eʼtibor berish zarur. 
    Og‘zaki nutqni turli ko‘rinishlarda – monolog, dialog, suhbat, bahs-munozara 
    shakllarida to‘g‘ri tushunish ko‘nikmasiga eʼtibor qaratiladi. 
    Og‘zaki nutqni tushunishda og‘zaki nutqning turli ko‘rinishlarini hisobga 
    olish insonning tushunish qobiliyatini charxlaydi: o‘quvchi nutqning turli qirralariga 
    eʼtibor qilinishni o‘rganadi. Tilga oid qoidalar zaruriy holatlarda izohlab o‘tiladi va 
    amalda qo‘llanishi birinchi o‘rinda bo‘lgani uchun qoidani o‘zlashtirish samaraliroq 
    bo‘ladi. 
    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish samaradorligini rivojlantirishda, 
    ularda mantiqiy tafakkurning shakllantirishda, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini 
    takomillashtirishda, o‘quv materiallarini samarali o‘zlashtirishda to‘g‘ri savol 
    berishga o‘rgatish orqali kafolatli natijaga erish mumkin. 

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   88




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    2024-yil-Кафедра-конференцияси pdf

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish