21
innovatsion iqtisodiyot talablariga javob beradigan umumta‘lim dasturlari va yangi
davlat ta‘lim standartlarini joriy etish, o‘quvchilarning bilim darajasini baholashda
xalqaro PISA, TIMSS, PIRLS va boshqa dasturlarda doimiy
ishtirok etish nazarda
tutilgan.
PIRLS-(Progress in International Reading Literacy Study) — bu turli
mamlakatlarda boshlang‘ich sinfda tahsil oluvchi o‘quvchi yoshlarning matnni o‘qish
va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir. Ushbu
tadqiqiotning maqsadi esa, dunyoning turli mamlakatlarida tahsil oluvchi
boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini matnni o‘qish va tushunish darajalarini taqqaslovchi,
shuningdek, mamlakatlar milliy ta‘lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar va natijalarni taqqoslashga moslashgan xalqaro baholash
loyihasi hisoblanadi.
Mazkur xalqaro tadqiqotlarda munosib ishtirok etish o‘quvchidan o‘qish
savodxonligiga
erishishni, matnni ongli o‘qish bilan birgalikda, tahlil qila olish,
mantiqiy mulohaza yuritib o‘z munosabatini bildira olish kabi xususiyatlarni talab
etadi. Ushbu vazifalarni samarali hal etish esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matn
ustida ishlash va badiiy asarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ijobiy
hal etiladi.
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta taʼlim va o‘rta maxsus, kasb-hunar
taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori bilan
tasdiqlangan umumiy o‘rta taʼlimining davlat taʼlim standartida
belgilab berilgan
“Umumiy taʼlimning poydevori bo‘lgan boshlang‘ich taʼlim o‘quvchilarini ongli,
to‘g‘ri va ifodali o‘qishga o‘rgatish bilan birga keng dunyoqarash, aqliy kamolotga
erishish va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish, o‘quvchilarni har
tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmog‘i lozim”[1.15] ekanligi belgilab berilgan.
Boshlang‘ich sinflarning “O‘qish savodxonligi” fanining o‘quv dasturida fanga
oid kompetensiya sifatida adabiy nutqiy kompetensiya bilan birgalikda badiiy asarni
tahlil qilish kompitensiyasini shakllantirishni ham nazarda tutadi. Badiy asarni tahlil
qilish kompetensiyasining mazmuni esa 3 va 4- sinflarda o‘qish savodxonligi
22
darslarining kattagina qismi asarni o‘qish va matn ustida ishlashga qaratiladi.
Suhbatlar, hikoya qilishlar, dastlabki o‘qishlar o‘qilgan matnlar mazmuni bilan uzviy
bog‘langan bo‘lishi, mavzuga qiziqish uyg‘otishi, o‘quvchilarni his-hayajon bilan
o‘qishga tayyorlashi va asarni to‘g‘ri tushunishga yordam berishi zarur.
Darsda o‘quvchilarning
faolligini oshiradigan, tasavvurlarini boyitadigan
usullardan foydalanish, asarlarni janr mazmunidan kelib chiqib, rollarga bo‘lib
o‘qish, qahramonlar nomidan qayta hikoya qilish, qahramonning taqdiri haqidagi
hikoyani
davom ettirish, qiziqarli mavzularda og‘zaki hikoya tuzdirish kabi ijobiy
topshiriqlardan foydalanish kabi ishlar amalga oshiriladi.
4- sinfda badiiy asarni tahlil kompetensiyasining mazmuniga dars jarayonida
keltirilgan xalq qo‘shiqlari, ertak, topishmioq, tez aytish, maqol, masal, rivoyatlar
asosida o‘rganilgan
asarlarning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata olish va
ularga baho berish, o‘qilgan asar mazmuniga doir savol va topshiriqlarga javob bera
olish va matndagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini tushuna olish va izohlay
olish, xalq og‘zaki ijodi namunalari va boshqa asarlarni bir-biridan farqlay olish
kiritilgan. Darslikka kiritilgan “Vatanimiz o‘tmishidan” nomli bo‘limning
mazmuniga kiritilgan mavzular bo‘yicha shakllantiriladigan badiiy asarni tahlil qilish
kompetensiyasining mazmuniga o‘rganilgan asarlarning nomi, mazmuni va
qahramonlarini ajrata olish va ularga baho bera olish, o‘qilgan asar mazmuniga doir
savol va topshiriqlarga javob bera olish va matndagi so‘z va so‘z birikmalarining
ma’nolarini izohlay olish kabilar kiritilgan.
O‘qish savodxonligi darslari orqali badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasini
shakllantirishda sinfdan tashqari o‘qish darslari ham keng imkoniyatga ega. Sinfdan
tashqari o‘qish o‘quv dasturi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, unda ko‘zda tutilgan
maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi.
Sinfdan tashqari o‘qish mashg‘ulotlari ikki haftada bir marta o‘tkaziladi va
o‘qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy –
adabiy asarlar mustaqil
ravishda va izchil o‘qib borilsa, o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga,
shakllantirishga xizmat qiladi.
23
Sinfdan tashqari o‘qish, tanish bo‘lmagan muallifning kitoblari, muqovasi, titul
varag‘i, kirish so‘zi, mundarijasi va rasmlariga qarab asarning taqvimiy mazmunini
aniqlash vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Bolalarga ezgulikka muhabbat,
yovuzlikka nafrat uyg‘otish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, adabiy – estetik tafakkurini
yuksaltirish o‘qish darslarining tub mohiyatini tashkil etadi.
O‘qish darslarida badiiy asar tahlili ustida ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish
orqali badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyasi shakllantiriladi. Bu esa pedagoglar
zimmasidagi mustaqil fikrlaydigan, qat’iy
hayotiy nuqtai nazarga ega, intellektual
jihatdan taraqqiy etgan, hayotiy kompetensiyalari shakllangan yosh avlodni
tarbiyalashdek dolzarb vazifani ijobiy hal qilish imkonini beradi.