52
1.
Matndagi ma’lumotlarni oʻzaro integratsiya qilish orqali ma’lum xulosalar
chiqarish.
2.
Matndagi voqea-hodisalarning sabab-oqibatini tushuna olish.
3.
Oʻquvchining leksikasi uchun notanish boʻlgan soʻz va birikmalarning
ma’nosini kontekst asosida taxmin qila olish.
4.
Matndagi ayrim grammatik koʻrsatkichlarning qanday ma’no tashiyotganini
tushunish.
5.
Matn hamda tasvirlarni oʻzaro moslashtira olish.
6.
Matndagi voqea-hodisalarni oʻz hayotiy tajribasi bilan qiyoslash.
7.
Matndagi voqea-hodisalarni tanqidiy koʻrib chiqish va baholash.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish savodxonligini
tizimli ravishda
shakllantirib borish orqali yuqori darajada o‘qish savodxonligiga erishish mumkin.
Bu o‘quvchining keyingi ta’lim bosqichida o‘qishga tayyorligini ko‘rsatadi.
Bunday o‘quvchilarga badiiy va axborot matnlarining xabarlarini tushunish va
baholash uchun deyarli yordam kerak emas. Yuqori darajali o‘quvchilar
yozma
ravishda yetkazilgan yangi ma’lumotlar, fikrlar, tajribalar yordamida o‘z tajriba va
bilimlarini kengaytirish va o‘zgartirishga imkon beradigan o‘qish
komponentlarini
o‘zlashtirishga tayyor bo‘ladilar.