Foydalanilgan adabiyotlar
1
Xalqaro
tadqiqotlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qish
savodxonligini baholash (Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, metodistlar va soha
mutaxassislari uchun metodik qo‘llanma). Ta’lim inspeksiyasi huzuridagi Ta’lim
sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi.
Toshkent, 2019-yil, 92 bet.
2. Марасулова У. Умумтаълим мактабларида ўқувчиларнинг адабий-
назарий тушунчаларини шакллантириш ва такомиллаштириш. Пед.фан.номз.
дисс. –Т.: 2007. – Б 25-26.
4
. Qosimova K., Matchonov S., G‘ulomova X., Yо‘ldosheva SH., Sariyev SH.
Ona tili о‘qitish metodikasi. – T.: Noshir, 2009. – 424 b.
53
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI MA’NAVIY BARKAMOL
INSON RUHIDA TARBIYALASHDA ERTAKLARDAN FOYDALANISH
Ro‘ziqulova Marg‘uba Sobirjonovna.
Hasanova Xursheda Xibimovna
Samarqand tuman 31-maktab o‘qituvchilari
Annotatsiya.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ma’naviy barkamol
inson
ruhida tarbiyalashda ertaklardan foydalanish imkoniyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
boshlang‘ich ta’lim, hamkorlik, muammolar, maqol, topishmoq,
ertaklarni yechimi, integratsiyalangan bilim, vatan, inson e’tiqodi.
Mamlakatimizda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsad
qilingan va bu amalga oshirilayotgan ekan, bu jarayonda yoshlarning o‘rni va ro‘li
alohida ahamiyatga ega. Zero, yoshlar bizning kelajagimiz, avlodlardan meros qolgan
muqaddas zaminni yuksaltirish, ilg‘or davlatlar darajasiga ko‘tarish ularning bilimi,
istedodi, jasorati, ma’naviy barkamolligiga bog‘liq.
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim insonning bilim va tarbiya olishida poydevor
vazufani o‘taydi. Boshlang‘ich siniflardagi ona tili ta’limi sohasining asosiy maqsadi
bolalarning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda og‘zaki va yozma nutqini
hamda tafakkurini o‘stirish, ularni shaxs sifstida shakillantira borishni amalga
oshirish, ularda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni o‘stirish, faollik, mustaqillik,
mehnatsevarlik, qiyinchiliklarni yenga olish qobilyatlarini o‘stirish hisoblanadi.
Xalq tomonidan yaratilgan og‘zaki badiiy adabiyotga folklor deyiladi.
“Folklor” asli inglizcha so‘z bo‘lib, “Folk”-xalq, “Lore”-donolik so‘zlaridan
yasalgan bo‘lib, “Xalq donoligi”, “Xalq donishmandligi” ma’nolarini anglatadi.
O‘zbek xalq og‘zaki ijodi xilma-xil janrlardan tarkib topgan og‘zaki so‘z
san’ati bo‘lib, o‘bek xalqining dunyoqarashi, badiiy zavqi ijodiy salohiyati, orzu va
intilishlarini aks ettiradi. Xalq og‘zaki ijodi ertak, doston afsona, rivoyat, qo‘shiq,
lapar, masal, maqol, topishmoq, latifa va naqllarni o‘z ichiga oladi. Xalq og‘zaki ijodi
54
materiallarida ijtimoiy hodisalar, kurashlar vatanni dushmandan mudofaa qilish,
xalqning orzu-umidlari, urf-odatlari, rasm-rusmlari, marosimlari va boshqa
turmush hodisalari ifodalanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quv dasturlari o‘qish darslari oldiga o‘quvchilarni yaxshi
o‘qish sifatlariga ega etishdek murakkab vazifani qo‘yadi. Bunday vazifalarni
to‘laroq amalgam oshirishda xalq og‘zaki ijodi materiallari katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilar tabiatan maqol, topishmoq va ertaklarni sevadilar, ularni zo‘r qiziqish
bilan o‘qib o‘rganadilar. Bundan tashqari xalq og‘zaki ijodi qadimdan tarbiya manbai
hisoblangan.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari eng avvalo ertaklar bilan tanishadilar.
Ma’lumki, ertaklar xalq og‘zaki ijodiyotining eng qadimiy ommaviy va keng
tarqalgan jannrlardan biridir.Ertak atamasi Mahmud Qoshg‘ariyning XI asrda
yozilgan ”Devonu lug‘atit turk” asarida ”etuk” shaklida uchraydi va biror voqeani
og‘zaki tarzda hikoya qilish ma’nosini bildiradi. Hozirgai folkloristik atama sifatida
ertak so‘zi qabul etilgan bo‘lsa-da, Surxondaryo, Samarqand, Farg‘ona ob’ektlarida
matal deb yuritiladi. Ertaklar xalq og‘aki ijodining epik turiga kiradi. Uning o‘ziga
xos xususiyati-voqeabandligi, biron voqeani mukammal hikoya
tarzida bayon
qilinishidir. Ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g‘aroyib, jozibali qilib aks ettiradi.
Ertak ijrochiligining xarakterli belgilaridan biri shundaki, hikoya qilinayotgan
voqea va hodisalar aytuvchi va tinglovchi tomonidan ”Bo‘lgan voqea” deb emas,
balki, ”Muqarrar bo‘lmagan hodisalar” deb tushuniladi. Shuning uchun ham
ertaklarda voqea va hodisalarda bo‘lib o‘tgan o‘rni va zamoni nooaniq umumiy
tarzda ifodalanadi. Bundan tashqari, ertaklarning zamon va makon e’tibori bilan
yuzaga kelgan o‘rni ham turlicha. Ularning tili va uslubi farq qiladi. U yoki bu ertak
qaysi turga taalluqli ekanini aniqlash uchun diqqat-e’tibor bilan mazmunini va asosiy
vazifasini belgilash lozim bo‘ladi. Masalan: sehrli ertaklar hamda hayvonlar haqidagi
ertaklar bilan ishqiy-sarguzasht tipidagi yoki hajviy ertaklarning mustaqil janr sifatida
tashkil topishi ham turli davrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham har xil davrda
yaratilgan va turli xil jamiyat qatlamlari tizimini o‘zida saqlagan ”Kenja Botir”,”Ur
55
to‘qmoq”, ”Chol bilan kampir”, ”Bo‘ri bilan tulki” kabi ertaklarning syujet tarkibi,
xarakteri, obrazlar sistemasi, turli va hikoya qilishi uslubiga o‘xshash va farqli
tomonlar mavjud. Negaki, ertak o‘zining taraqqiyoti davomida ba’zi motiv obrazlarni
yo‘qotishi, yangi-yangi belgilarni qabul qilishi mumkin, ba’zan esa an’anaviy
elementlar yangicha talqin etilgan bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim o‘quv dasturidan o‘rin olgan vatan mavzusidagi asarlar
o‘quvchilarni mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy madaniy - ma’rifiy hayoti va
xalqimizning bunyodkorlik yo‘lidagi olib borayotgan ishlari bilan tanishtirishga
yordam beradi. Dasturning vatanga, inson e’tiqodi va ma’naviyatiga bag‘ishlangan
mavzularini o‘rganish o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tuyg‘ularni tarbiyalashda
alohida o‘rin tutadi.
Istiqlol tufayli erishgan yutuqlarimiz haqidagi asarlar milliy g‘urur
tuyg‘ularini tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu jihatdan boshlang‘ich sinflarda
o‘quvchilar “O‘qish va nutq o‘stirish” dasturi asosida tuzilgan “O‘qish kitobi”
darsliklari orqali ko‘plab xalq og‘zaki ijodi asarlaridan namunalar bilan tanishadilar.
Bu asarlarni o‘qib-o‘rganish orqali o‘quvchilarda ijodkorlik faoliyati shakllanib
boradi.
|