www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 118
Polimerlarning
makromolekulalari zanjirli tuzilishga ega bo‘lib,
takrorlanuvchi
struktura birliklaridan, yani struktura zvenolaridan tashkil topgan.
Agar makromolekulaning struktura zveno bitta monomerdan hosil bo‘lgan bo‘lsa
monomerli (elementar) zvenoga ega polimer hisoblanadi. Masalan, polietilen (-
CH
2
- ) zvenodan tashkil topgan bo‘lib, elementar zvenoga (-CH
2
-CH
2
-) struktura
muofiq keladi. Elementar zvenoning o‘zaro bog‘lanishi natijasida polimer
makromolekula zanjiri (asosiy zanjir) hosil bo‘ladi,
bu zanjirda joylashgan
o‘rinbosarlar esa yon zanjir hisoblanadi. Elementar zvenolarning bir xilda
takrorlanishidan hosil bo‘lgan polimerlar –regulyar polimerlar deb ataladi.
Polimerlarning makromolekulalari orasidagi tasir natijasida blok va payvand
polimerlar hosil qilinadi.Blok polimerlar makromolekulalar
zanjirining boshi va
oxirgi qismlarining o‘zaro bog‘lanishidan hosil qilinadi. Payvand polimerlarda esa
birinchi
polimer
makromolekulasining
yon
qismiga
ikkinchi
polimer
makromolekulasi birikishi (tikilishi)dan hosil bo‘ladi.
Yuqori molekulyar birikmalar va polimerlar kimyoviy tabiatiga ko‘ra
organik va anorganik guruhlarga bo‘linadi. YUqori molekulyar birikmalar
tarkibida (ugleroddan va N, O, S va galogenlardan tashqari) boshqa atomlar va
atomlar guruhi bo‘lsa, ular elementorganik polimerlar deb ataladi.
Yuqori molekulyar birikmalarda asosiy kimyoviy bog‘lanish
kovalent
bog‘lanish hisoblanadi. Uning hosil bo‘lishi almashinish yoki donor – akseptor
mexanizmida sodir bo‘ladi. donor akseptorli mexanizmda koordinatsion polimerlar
hosil bo‘ladi.
Kelib chiqishiga ko‘ra yuqori molekulyar birikmalar yana ikkita katta
guruhga bo‘linadi. Bular tabiiy yoki biopolimerlar (oqsillar, polisaxaridlar, nuklein
kislotalar) va sintetik polimerlarga (polietilen, polixlorvinil, fenolformaldegid va
b).
Makromolekulasida tuzilish fragmentlarining joylashishiga ko‘ra
yuqori
molekulyar birikmalarni uch turga bo‘lish mumkin.
-chiziqli makromolekulalar ochiq zanjirli tuzilishga ega (tabiiy kauchuk) yoki bir
chiziqqa tortilgan takrorlanuvchi xalqalardan (selluloza) iborat bo‘ladi;