26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/210
Sana25.01.2024
Hajmi2,85 Mb.
#145888
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210
Bog'liq
26-11-PB

www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 120 
suyuqlanmaydi. Polimerlar haydalmaydi, kam eruvchan,.ularning eritmalari katta 
qovushqoqlikka ega. Polimerlar mexanik jihatdan yuqori mustahkamligi bilan 
ajralib turadi. Bularning barchasi polimerlar tuzilishining o‘ziga xosligi bilan 
izohlanadi. 
Moddani suyuqlantirish uchun qizdirib, uning molekulalari orasidagi 
tortishish kuchini engish kerak. YMBlarda makromolekulalar bir-biri bilan ko‘p 
sonli bog‘lar orqali tortilib turadi va bu tortishish kuchlarini engish ko‘p energiya 
sarf qilish kerak bo‘ladi. Polimerlanish darajasi ayni polimer molekulalari uchun 
doimiy kattalik bo‘lmagani bois molekulaning massasi har xil, shuning uchun 
qizdirilganda, avval kichik massali molekulalarning harakatchanligi ortadi, uzoq 
vaqt qizdirishdan so‘ng katta makromolekulalar ham harakatchanlikka ega bo‘lib 
boradi. SHu sababli YMBlar aniq suyuqlanish temperaturasiga ega emas. Haydash 
uchun kuchli qizdirish kerak, shundagina polimer makromolekulalari uchuvchan 
holga kelishi mumkin, lekin kuchli qizdirishda polimer molekulalari parchalanib 
ketadi, haydash esa mumkin bo‘lmay qoladi. 
Ko‘p polimerlarning kam eruvchanligi erituvchining kichik molekulalari 
makromolekulalarni ajrata olmasligi bilan izohlanadi. 
YMBlarni mexanik mustahkamligi malekulalararo kuchning kattaligi 
bilan izohlanadi. 
Hozirgi paytda polimerlardan tayyorlangan buyumlar xalq xo‘jaligining 
deyarli barcha sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Biz tabiiy kauchukdan 
tayyorlangan rezina buyumlarni, paxta tolasidan to‘qilgan kiyim-kechaklarni, 
sintetik yo‘l bilan olingan polietilendan yasalgan har xil buyumlarni juda yaxshi 
bilamiz. 
Polimerlar ishlatilishi: 
1. Mashinasozlikda 
2. Radioelektronikada 
3. Kemasozlikda 
4. Qurilishda 
5. Elektrotexnikada 



Download 2,85 Mb.
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   210




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish