|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 110/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 128
tili darslarida ham qo`shma gap mavzusida gapning ko`rinishi yuqoridagi shaklda
bo`lishi uqtirib o`tiladi. SHu mavzuni o`qitishda Agar uchburchakda tomonlaridan
birining kvadrati uning qolgan ikki tomoni kvadratlarining yig`indisiga teng bolsa,
u holda uchubrchak to`g`ri burchakli bo`ladi yoki, Agar burchaklar vertikal bo`lsa,
u holda ular teng bo`ladi shaklidagi matematik jumlalarni tahlil qilish mumkin.
Matematika
o`qitishda
ona
tili
tushunchalaridan
foydalanish:
kelishik
qo`shimchalarini chiziqli tenglamalar bilan bog`lash mumkin.
Malumki, matematikadagi chiziqli tenglamalar haqidagi bilimlar 6 xil
ko`rinishda bo`lib, ular tegishli amallarni bajarish orqali yechiladi. Bunda chiziqli
tenglamalarni tushum, jo`nalish va chiqish kelishigi qo`shimchalari bilan bog`lab
tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Ona tili o`quv fanining morfologiya bo`limida
bog`lovchi haqida malumot beriladi: Gapning uyushiq bo`laklari va qo`shma
gapdagi sodda gaplarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladigan yordamchi
so`zlar bog`lovchi deyiladi. Bog`lovchilar vazifasiga ko`ra teng bog`lovchilar va
ergashtiruvchi bog`lovchilarga bo`linadi. Teng bog`lovchilardan matematika
bilimlar birikuvi hosil boladi. Matematik mantiq elementlari mavzusida mulohaza
yuritiladi va mantiqiy amallar o`rganiladi. Ma`lumki, Chin yoki yolg`on haqida
fikr yuritish mumkin bo`lgan har qanday darak gap mulohaza deyiladi.
Mulohazalar ustida bajariladigan mantiqiy amallar maxsus belgilar yordamida
ifodalanadi. Masalan, V dizyuksiya amali yoki bog`lovchisini, ^ - konyunksiya
amali va bog`lovchisini bildiradi.
Ona tili o`quv fanining leksikologiya bo`limida sinonim tushunchasi
o`rganiladi: Shakli har xil ammo ma`nosi bir-biriga yaqin bo`lgan so`zlar
sinonimlar deyiladi. Matematika ta`limida ham matematik sinonimlar ko`p
uchraydi. Jumladan, sonli va harfiy ifodalar orasida shakli har xil lekin manosi,
yani qiymati bir xil bolgan ifodalar mavjud. Bunday ifodalarni shartli ravishda
sinonim ifodalar deb atash mumkin.
|
| |