|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 109/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 127
- ta`lim texnologiyalariga asoslangan fanlararo aloqa modellarini ishlab chiqish
bugungi kunning dolzarb masalalaridandir.
Ma`lumki, predmetlararo aloqadorlik o`rganilayotgan obektni har tomonlama
chuqur o`rganishni ta`minlaydi va u pedagogikada uzviylik, predmetlararo
aloqadorlik, o`zaro aloqadorlik va integrativ aloqadorlik darajalarida talqin etiladi.
Uzviylik o`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni asta-sekinlik bilan
kengayib, chuqurlashib,murakaablashib borishini ko`zda tutadi.
Predmetlararo aloqadorlik o`zini mohiyatiga ko`ra keng tushuncha bo`lib,
o`rganilayotgan obektning turli jihatlari, xususiyatarini har tomonlama ochib
berilishini nazarda tutadi. O`zaro aloqadorlik mohiyatiga ko`ra ikki o`quv
predmetlari aloqadorliklarini, yani birinchi o`quv predmeti bo`yicha o`zlashtirilgan
bilim va ish harakat usullarini ikkinchisida qo`llashni va aksincha qo`llanilishini
ifodalaydi.
Integrativ aloqadorlik nisbatan yuqori darajali aloqadorlik bolib, avval zikr
etilganlaridan o`quv dasturiga maqsadga muvofiq kiritiganligi bilan farq qiladi va
albatta uni ta`minlashni talab etadi. Natijada obekt haqida tizimli, mukammal
bilim, ish-harakat usullari shakllanishiga imkon yaratadi.
Matematika va ona tili. Davlat ta`lim standartlarida o`quv fanlari orasidagi
aloqadorlik, matematika fanining boshqa o`quv fanlarini o`rganishga ta`siri qayd
etilib, Matematika o`qitishda o`quvchilarning mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirish
ijtimoiy-gumanitar yo`nalishdagi fanlarni o`rganishga ijobiy tasir ko`rsatishi
uqtirilgan. Tajribalarimiz matematika va ona tili o`quv fanlari tushunchalaridan
o`zaro bog`liq holda foydalanish ijobiy natijalar berishini ko`rsatmoqda.
Maktabda matematika va ona tili darslari o`rtasidagi predmetlararo aloqani
o`rnatish uchun potensial imkoniyatlar mavjud. Jumladan matematika darslarida
o`quvchilarning til madaniyatini oshirishga doir ishlar amalga oshirilishi, ona tili
darslarida matematik mavzulardagi mashqlarga o`rin berilishi fanlararo uzviylikni
ta`minlashda katta imkoniyatlar yaratadi. Masalan, matematika darslarida
Agar ....bo`lsa, u xolda.... shaklidagi jumlalarni quyi sinflardayoq qo`llay
boshlanadi va uni mantiqiy hosil bo`lishlik simvoli bilan belgilab ko`rsatiladi. Ona
|
| |