|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 105/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 123
Plastmassa tarkibiga kiruvchi polimer (smola) barcha komponentlami bog‘lab
turadi. Plastmassalaming xossalari ularni tashkil etadigan polimerlarga ham
bog‘liq. Buyum tayyorlashda polimer bilan bog‘liq o‘zgarishlarga qarab,
plastmassalar ikkiga: termoreaktiv va termoplastik plastmassalarga bo‘linadi:
• Termoplastik plastmassalar - chiziqli polimerlar (polietilen, polipropilen,
polivinilxlorid, polistirol va b.) asosida olinadi, ular yuqori harorat va
bosimda plastiklik va oquvchanlik xususiyatiga, sovuganda yana qattiq
holatga ega bo‘lib qoladi.
• Termoreaktiv plastmassalar - quyi molekular polimerlardan olinadi. Ular
buyum shakllantirilayotganda kimyoviy reaksiyalar natijasida fazoviy-
tikilgan (to‘r strukturasi) suyuqlanmaydigan va erimaydigan materiallardir
(fenolformaldegid plastmassalar).
Polietilen olish misolida mahsulotga olinish usullari qanday ta’sir etishini
ko‘rib chiqamiz. Polietilenni ikki usulda: yuqori bosimda (150-300 mPa, 200-
280°C) va quyi bosimda (0,2-2,5 mPa, 80-100°C) olish mumkin. 1-jadvalda
bu ikki usulda olingan polietilenning ba’zi xossalari keltirilgan.
1-jadval
Xossalar
Polietilen
Yuqori bosimda
Quyi bosimda
Molekular massa
60000-500000
80000-800000
Kristallanish darajasi, % 50-65
75-90
Zichligi, kg/m
910-930
950-970
Suyuqlanish darajasi, °C 105-108
120-130
Yuqori bosimda olingan polietilen qat’iy chiziqli tuzilishga ega emas. Uning
molekulalarida tarmoqlanishlar yuzaga keladi va kristallik darajasi quyi bosim
polietilennikidan kichikroq.
Sun’iy va sintetik tolalar. Hozirgi vaqtga kelib, kimyoviy usullar yordamida
olinadigan kimyoviy tolalardan foydalanish keng tus olib bormoqda. Tabiiy
|
| |