26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/210
Sana25.01.2024
Hajmi2,85 Mb.
#145888
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   210
Bog'liq
26-11-PB

www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 113 
Jismoniy rivojlanish bu kishi organizmi shakl va funktsiyalarining o’zgarish 
jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» iborasi tor ma’noda qo’llanilganda, u 
antropometrik va biometrik ko’rsatkichlarni anglatadi (buy, gavda og’irligi, 
ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, qaddiqomatining holati) va 
boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» iborasi keng ma’noda qo’llanganda unga 
jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saqlay olish, ko’z 
bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi. Jismoniy tayyorligi bu harakat 
ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning me’yoriy ko’rsatkichidir. 
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismoniy mashq turlari 
bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan Ular 
«Bolajon» tayanch dasturida ko’rsatib berilgan. 
Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va 
sog’liqning, hayotga, mehnatga va Vatan himoyasiga har tamonlama jismoniy 
tayyorlanganlikning eng yuqori bosqichidir. «Jismoniy kamolot» o’sib boradigan 
ijtimoiy ehtiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek kishilar ehtiyojining o’sishiga 
qarab o’zgarib turadi. 
Jismoniy tarbiya bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik 
jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, ahlokiy, estetik va mehnat tarbiyasi 
amalga oshiriladi. 
Jismoniy tarbiya — madaniyatning insonni jismoniy tarbiyalash, jismoniy 
rivojlanish va jismoniy tayyorgarlik orqali jismoniy hamda intellektual jihatdan 
kamol toptirish, uning qobiliyatini va harakat faolligini takomillashtirish, sog’lom 
turmush tarzi ko’nikmalarini shakllantirish, ijtimoiy moslashtirish maqsadida 
jamiyat tomonidan yaratiladigan hamda foydalaniladigan qadriyatlar, normalar va 
bilimlar yig’indisidan iborat bo’lgan qismi; 
Jismoniy tarbiyalash — yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama etuk 
hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirish maqsadida shaxsni tarbiyalashga, 
insonning jismoniy imkoniyatlarini rivojlantirishga, uning jismoniy tarbiya va 
sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan jarayon; 



Download 2,85 Mb.
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   210




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish