26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/210
Sana25.01.2024
Hajmi2,85 Mb.
#145888
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   210
Bog'liq
26-11-PB

www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 110 
qilishga, nojo'ya xatti-harakatlardan o'zini tiyishga, hulq-atvor qoidalarini 
o'zlashtirishga harakat qiladi. U o'zini eplay boshlaydi, o'z kuchiga yarasha mehnat 
qila oladi, masalan, bolalar bog'chasida navbatchilik vazifasini bemalol uddalaydi, 
jamoada yashashga ko'nika boshlaydi. Bolaning turmush tajribasi tobora ortadi, 
ko'p narsalarning nomini va ulardan qanday foydalanishni biladi. Xotirasi va 
tasavvurlari o'sib, ko'pgina she'r va hikoyalami yoddan bilib oladi. Bolaning nutqi 
ma'lum darajada o'sgan bo'ladi, u o'z o'rtoqlari va kattalar bilan erkin suhbat qila 
oladi. Yetti yoshli bolalarning his-tuyg'ulari ancha o'sadi. Xayrixohlik, rahmdillik, 
o'rtoqlik kabi xis-tuyg'ular mustaxkamlana boshlaydi. Bu davrda bolada turli 
harakatlar mustahkamlanadi, u qaychi,igna, qalam kabi qurollardan foydalanish 
malakasini egallay boshlaydi. Biroq bu davrda ham bolada hali beixtiyor aktivlik 
ancha ustun turadi. Shu sababli bolani qiziqtiradigan yoki unga kuchli ta'sir 
qiladigan narsalar uning diqqatini jalb qiladi. Bu yoshda ham o'yin judda katta rol 
o'ynaydi. O'yin jarayonida bola o'zini idora qilishga, o'z harakatlarini o'yin 
qoidaiariga bo'ysundirishga, javobgarlikka, jamoa manfaatini ustun qo'yishga 
odatlanadi. Bu xislatlar keyinchaliko'qish mehnatiga o'tish uchun zarur bo'lgan 
xislatlardir. O'yin jarayonida bolaning aql-idrokr, zehn va boshqa psixik 
xususiyatlari o'sadi. Bular o'z navbatida, bolaning maktabda o'qishi uchun 
psixologik zamin tayyorlaydi. Bunday zaminni tayyorlash va mustahkamlashda
albatta oilada hamda bolalar bog'chasida olib boriladigan ta'lim-tarbiya ishlari hal 
qiluvchi ahamiyatga egadir. Yetti yoshga to'lib, maktabga chiqqan bolalarning 
psixik jihatdan bundan keyingi o'sishi maktabda hamda oilada olib boriladigan 
ta'lim-tarbiya ishi jarayonida amalga oshiriladi. Ta'limga psixologik tayyorlik 
deganda bolaning ob'ektiv va sub'ektiv jihatdan maktab talabiga munosibligi 
nazarda tutiladi. U maktab ta'limiga awal psixologik jihatdan tayyorlanadi. 
Binobarin, uning psixikasi bilim olishga yetarli darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi 
bola idrokining o'tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o'zining qiziquvchanligi, 
dilkashligi, xayrixohligi, ishonuvchanligi, tafakkurining yaqqolligi bilan boshqa 
yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta'limiga tayyorlanayotgan bolada 
diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo'ladi. Bola diqqatining 



Download 2,85 Mb.
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   210




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish