|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 114
Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning kasbiy yo’nalganligidir
(aktyor, uchuvchi, kosmonavt…va boshqalarning jismoniy tayyorgarligidir). U
konkret kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari,
vositalari, o’tkazish metodikasining o’ziga xosligi bilan xarakterlanadi. Jismoniy
ta’lim jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko’nikma va malakalarini
egallashdan iborat bir turi. Jismoniy mashqlar harakatlar, harakat faoliyatlari,
harakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy
tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» iborasi
harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalaydi. Sport bu
musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng
yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy-
tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy
va ma’naviy boyliklari majmuasidir. Moddiy boyliklarga sport inshootlari
(stadionlar, sport zallari, basseynlar, tennes kortlari…), jismoniy tarbiya jihozlari,
maxsus kiyim, poyabzal… kiradi, shuningdek kishilarning jismoniy kamolot
darajasi ham kiradi. Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya haqidagi fan va
san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rang-tasvir, grafika, muzika …) mansub.
Jismoniy harakat ijtimoiy harakatning o’z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini
oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan maxsus
turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy madaniyat va
sportni rivojlantirish sohasidagi maqsadga yo’naltirilgan faoliyatini ko’zda tutadi.
Jismoniy rivojlanish- inson organizmining asta-sekinlik bilan tabiiy sharoitda
shakillanishi- tashqi ko’rinishi va harakat faoliyatining o’zgarishi jarayonidir.
Rivojlanishning o’sib borishida uchta fazani ajratish mumkin: rivojlanish
darajasining ko’tarilishi, nisbatan barqarorligi va inson jismoniy imkoniyatlarining
asta-sekin pasayishi. eng jo’shqin rivojlanish maktabgacha va kichik maktab
yoshiga to’g’ri keladi hamda maktabda ta’lim olishning barcha davrlari mobaynida
davom etadi.
|
| |