|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 87
fan dasturida berilgan bilim va ko’nikmalar majmuasining majburiy quyi chegarasi
mavjud. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari “Informatika va axborot
texnologiyalari” fanining takomillashgan o’quv dasturi pedagogika fanlari doktori,
professor A.A.Abduqodirov, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent R.R.
Boqiev, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent M.E.Mamarajabovlar tomonidan
takomillashtirilgan DTS asosida o’rta umumta’lim maktablaridagi «Informatika»
va oliy ta’limdagi «Informatika va axborot texnologiyalari» fanlari bilan uzviy
bog’liq ravishda tuzilgan bo’lib, dastur o’rta maxsus ma’lumotli mutaxassislarga
axborot texnologiyalari bo’yicha har bir kasb egasi uchun zarur bo’lgan kasbga
yo’naltirilgan to’liq va mukammal bilim, ko’nikma va malakalarni, ya’ni
kompetentsiyasini shakllantirilishini ta’minlaydi.
Axborot texnologiyasi deganda inson hayotining barcha jabhalarida
axborotlarni to’plash, yig’ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash va uzatish jarayonlari
tushuniladi. Axborotni qayta ishlash jarayonlarini keng kompyuterlashtirish
zamonaviy axborot texnologiyasining mazmunini tashkil qiladi. Shuning uchun
kompyuter va uning periferiyasi barcha zamonaviy axborot texnologiyalarining
markazida turadi va ularning texnik ta’minotini tashkil qiladi. Bu asnoda dasturiy
ta’minot, axborot ta’minot, tashkiliy ta’minot va boshqalarni keltirish mumkin.
Keltirilgan to’rt ta’minot turlarini mujassam mavjudligi axborotni qayta ishlash
bo’yicha axborot ta’minot vazifalarini bajarish imkoniyatini beradi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» fanini o’qitishning bosh maqsadi
o’quvchilarga informatika va axborot texnologiyalarini o’rta umumta’lim
maktablarida olgan bilimlariga tayangan holda ularning amaliy jihatlari haqida
chuqurroq va kengroq bilim berish, zamonaviy kompyuterlarning dasturiy
ta’minoti, shu jumladan, amaliy va xizmat ko’rsatuvchi dasturlar bilan ishlash
malakasini hosil qilish, axborot–kommunikastiya texnologiyalaridan keyingi
faoliyatlarida unumli foydalana olish ko’niкma va malakalarini shakllantirishdan
iborat. Bu kasb-hunar kollejlari o’quvchilariga:
axborot texnologiyalari usul va vositalaridan o’qish davomida va kelajakdagi
kasbiy faoliyatida foydalana olish;
|
| |