Kalibrlashda kalibrlanayotgan uchastka qalinligi bir necha kichrayadi, uzunligi
diametri esa kattalashadi.
Hajmli kalibrlash bilan perimetri o‘lchamlari aniq yuzalari toza bo‘lgan
pokovkalar olinadi. Bunda kalibrlash natijasida ozgina ortiqcha metal – kuyishi,
arayish sifatida oqib, kesimga chiqadi. Natijada, og‘irligi aniq pokovka olinadi.
Kalibrlash uchun qo‘yim 0.3-0.6 mm o‘rtasida bo‘ladi. Hajmli kalibrni issiq va
sovuq holda bajariladi. Kalibrlash operatsiyalari kalibrlovchi presslarda bajariladi.
Pokovkalarni to‘g‘rilash. Pokovkalarni to‘g‘rilash bosim ostida ishlash
operatsiyasini turi bo‘lib, bunda pokovkada hosil bo‘lgan qiyshiqlik, egrilik
to‘g‘rilanadi.
Shtamplangan pokovkalar quyidagi hollarda egilishi, qiyshayishi mumkin.
1. Pokovka shtampda qisilib kelganda;
2. Ko‘plab pokovkalar ustma ust terilganda;
Pokovkalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda extiyotsizlik qilinganda;
Arayishni qirqishda;
Pokovka pardasini teshishda va h.k.
To‘g‘rilash friksion bolg‘alash mashinasi yoki gidravlik presslarda tekis
doska bilan bajariladi.