• Zagotovkani cho‘zish texnologiyasi.
  • Metal va qotishmalarni presslash
  • 26-modul: Metallarni bolg‘alash Reja




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/11
    Sana23.05.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #250962
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Lecture-26

    1.2.2.1. Trubalarni cho‘zish 
     
    Trubalar ikki xil usul bilan cho‘ziladi, ya’ni quyidagi maqsadda, truba 
    qalinligini o‘zgartirib va o‘zgartirmasdan cho‘ziladi. Agar truba dornsiz cho‘zilsa, 
    uni tashqi va ichki diametri o‘zgarib, qalinligi o‘zgarmaydi. Agarda truba dorn 
    ishtirokida cho‘zilsa, uning qalinligi ham o‘zgaradi. 
    Zagotovkani cho‘zish texnologiyasi. 
    Zagotovkani cho‘zishdan oldin, yumshatilib, strukturasi yaxshilanadi. Har 
    gal buyum cho‘zilgandan so‘ng hosil bo‘lgan tirishish yumshatish yo‘li bilan 
    yo‘qotiladi.
    Cho‘zish jarayonining texnologiyasi bir necha operatsiyalardan iborat: 
    1.
    Cho‘zish uchun zagotovkani termik ishlash (yumshatish); 
    2.
    Zagotovkani qizdirish bilan uchini ingichkalash; 
    3.
    Zagotovka ustki yuzasini kislota va boshqa eritmalar bilan tozalash ( aks holda, 
    volokaning ishchi yuzasini tezda ishdan chiqaradi); 
    4.
    Zagotovkani yuzini har xil moylar bilan moylash; 
    5.
    Zagotovkani volokadan o‘tkazib, tortuvchi barabanlarga mahkamlash; 
    6.
    Zagotovkani bir yoki bir qancha cho‘zish; 
    7.
    Tirishishni yo‘qotish uchun termik ishlash. 
     
     
     
    31-rasm. Reykali cho‘zish stani 
    sxemasi 
    32- rasm. Qalinligini
    o‘zgartirmay trubani cho‘zish 
    33-rasm. Qalinligini o‘zgartirib 
    truba cho‘zish 


    Metal va qotishmalarni presslash 
    Mashinasozlikda har turli profilli sortament zarur bo‘ladi va ishlatiladi. Bu 
    buyumlarni asosan yoyish yo‘li bilan olinadi. Lekin sanoatda har turli profillarni 
    olishni yana boshqa usullari mavjud. Ulardan biri presslash operatsiyasidir. Bu 
    usulda asosan rangli metall va qotishmalardan zagotovkalar olinadi. 
    Presslash metalni instrument teshigidan matritsa ko‘zidan siqib chiqarish 
    jarayoni bo‘lib, matritsani teshigini profilini shakli har xil bo‘lishi mumkin. 
    Yumaloq, kvadrat, to‘rtburchak va xilma xil bo‘ladi. Presslash bilan po‘lat va 
    rangli metall quymalarini yoki zagotovkalarini aniq profilga keltiriladi. Presslash 
    bilan olinadigan profilni o‘lchamlari 5-250mm, ichi bo‘sh va to‘liq trubalarni olish 
    mumkin. Olinadigan trubalar diametri esa 20-400 mm. 
    1.Puanson; 
    2.Konteyner; 
    3.Matritsa; 
    4.Profil; 
    5.Matritsa ushlagich
    6.Zagotovka; 
    7.Xalqa. 
    Agar puanson aniq tezlik bilan harakat qilsa, uni presslash tezligi deb 
    aytiladi. Metalni ko‘ndalang kesimi necha marta kichraysa, metal ko‘zdan shuncha 
    marta tez chiqadi. Presslash buyumni qizdirilgan holida bajariladi. Presslash asosan 
    katta kuchga ega bo‘lgan gidravlik presslarda bajarilib, uni kuchi 8000 tonnagacha 
    yetadi. 
    Presslashning ikkita metodi bo‘lib, to‘g‘ri va teskari presslash bo‘ladi.
    To‘g‘ri metodli presslashda puasonning harakati natijasida metal 
    matritsaning ko‘zidan chiqadi. Jarayon oxirida press formada ozgina metal qoldig‘i 
    qolib, bu qoldiq metalni shakllanishida ishtirok etmaydi. Metalni ko‘zdan chiqish 
    yo‘nalishi pressni harakat yo‘nalishidek bo‘ladi. 
    35-rasm. Teskari metodli presslash 
    1.Puanson; 
    2. Konteyner;
    3. Puanson;
    4. Profil; 
    5. To‘siq; 
    6. Zagotovka. 
    12- rasm. To‘g‘ri metodli 
    presslash 
    13-
    расм. Тескари
    методли пресслаш.
    Тескари 


    To‘siq metodli presslashda matritsa pressning ichi bo‘sh puansonga 
    mustahkamlanib birgalikda harakat qiladi va qo‘ymani siqadi, bosadi va metalni 
    matritsa ko‘zidan chiqaradi. Metalning matritsadan chiqishi yo‘nalishi puason 
    harakati yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda bo‘ladi. Bu usulda faqat metalning 
    ko‘zdan chiqishi uchun qarshilik bo‘ladi, xolos.
    To‘g‘ri metodli presslashda yuqoridagi qarshilikdan tashqari quymani 
    konteyner yuzasi orasida hosil bo‘lgan ishqalanish kuchi ham mavjud. Shuning 
    uchun kuch 20-30 % katta bo‘ladi. 
    To‘g‘ri va teskari presslashda ham anchagina chiqindi chiqadi. To‘g‘ri 
    metodli presslashda quymani 12-15 % (25%)i, teskari metodli presslashda esa 5-6 
    % (12%) i chiqindiga chiqadi. 
    Teskari usulli presslash metodi hamma joylarda ishlatiladi, chunki 
    puansonni konstruksiyasi juda ham murakkabdir. 
    Presslash vaqtida metalni qizdirishga va kuyindiga e’tibor beriladi, chunki 
    kuyindi matritsani ishini yomonlashtiradi. 
    Presslash yo‘li bilan ko‘proq rangli metallardan trubalar, har xil 
    o‘lchamlardagi zagotovkalar olinadi. 

    Download 0,75 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,75 Mb.
    Pdf ko'rish