69-rasm. Tekislikda kalibrlash
70-rasm. Hajmli kalibrlash
71-rasm. Pokovkani to‘g‘rilash
Pokovkalarni termik ishlash.
Shtamplangan pokovkani arayish va pardadan
tozalangandan so‘ng termik ishlanadi. Termik ishlashdan maqsad:
Pokovkada mavjud bo‘lgan ichki kuchlanishdan xolis qilish;
Pokovkada materialni stanoklarda ishqalanish xususiyatini yaxshilash;
Pokovka materialini strukturasini detal xususiyatidek qilish.
Po‘lat pokovkalarda bajariladigan asosiy termik ishlash operatsiyalariga
yumshatish, normallash, bo‘shatish bilan normallash, yuqori temperaturada
bo‘shatish bilan toblash kiradi. Shundan so‘ng termik ishlangan pokovkalarni
oksidlangan yuzalari tozalanadi. Ma’lumki, termik ishlash uchun pokovka
qandaydir temperaturagacha qizdiriladi. Qizdirish natijasida pokovka yuzalarida
kuyindi hosil bo‘ladi.
Pokovka yuzida hosil bo‘lgan kuyindi uch xil usul bilan tozalanadi.
Droblar yordamida, H2SO4 va HCI eritmasida va barabanli mashinalarda
tozalanadi. Agar pokovka og‘irligi 160-1250 kg bo‘lsa drob bilan, og‘irligi 50 kg
bo‘lgan pokovkalar barabanlarda (barabanga diametri 10-30 mmli sharlar solinadi)
tozalanadi.
Po‘lat pokovkalar ko‘prok 60-90 0 S li 20 % li sulfat kislotasi eritmasidagi
vannalarda bir necha vaqt ushlab turiladi va so‘ng suvda yuviladi. Nikelli po‘lat
pokovkalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmada ishlanadi.
Alyuminiy qotishmalaridan olingan pokovkalar avval ishqorli eritmada
ishlanib, so‘ng azot kislotasi eritmasida ishlanadi.
72-rasm Pokovkalarni aylanuvchi
barabanlarda tozalash
73-rasm
Pokovkalarni
drob
yordamida tozalash
|