• Bodring tuzlash
  • t tuzlangan mahsulot olish uchun zarur xom ashyo va ziravorlar miqdori




    Download 21.53 Kb.
    bet2/4
    Sana30.05.2023
    Hajmi21.53 Kb.
    #67500
    1   2   3   4
    Bog'liq
    29-amaliy ish-1
    Xosmas integral Aniq integral taqribiy hisoblash 2022 12 10 , so`rovnoma usti, bayonnoma seminar, 1- lobga material, 1403345369 44898, 1111111111, намунавий усимликшунослик2019, QL tarmoq xavfsizligi, uyushiq gaplar, Falsafa 2 (1), BahodirXXX, Документ Microsoft Word (2), Toshkent chirchiq davlat pedagogika universiteti, 5 Lecture
    1 t tuzlangan mahsulot olish uchun zarur xom ashyo va ziravorlar miqdori

    Tuzlana-digan mahsulot

    Xom ashyo

    Tuz, %

    Ukrop, kg

    Xren ildizi, kg

    Garmdori (yangi yoki quritilgani), kg

    Sarimsoq, kg

    Yestragon, kg

    Olcha yoki qorag’at
    bargi, kg

    Ko’katlar aralash-masi, kg

    Sabzi, %

    Dafna bargi, kg

    Bodring

    1067

    7-9

    30

    5

    1/0,2

    3

    5

    10

    2

    -

    -

    Pomidor

    1060

    6-8

    20

    -

    1/0,2

    -

    4

    10

    5

    -

    -

    Karam

    1200

    2,5

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    -

    3

    0,3

    1 tonna tuzlangan karam tayyor bo’lishi uchun quyidagi xom ashyo kerak bo’ladi: yangi uzilgan karam - 1,086 kg, sabzi - 30 kg, osh tuzi - 20 kg. Achish vaqtidagi tabiiy kamayish 12%, 1 t tuzlangan karam uchun 100 litrli bochkadan 11 dona kerak bo’ladi.


    Agarda tuzlash jarayonida texnologik ishlar noto’g’ri bajarilgan bo’lsa, u holda karam o’z sifatini yo’qota boshlaydi. Masalan, qorayadi, achib ketishi yoki shilimshiq moddalar paydo bo’lishi va hakazo. Bularning hammasiga quyidagilar sabab bo’lishi mumkin: sho’r suv oqib ketishi, yuvilmagan, iflos bochkalar, parafin qavatini yorilishi (masalan beton chanlarda) iflos tuz ishlatilishi, oq zararli ko’pikni va chirindini olib tashlamaslik yoki haroratni ko’tarilib ketishi.
    Tayyor bo’lgan tuzlangan karam quyidagi sifat ko’rsatkichlariga ega bo’lishi kerak.
    1. Tuz miqdori - 1,2-2%
    2. Sut kislota miqdori - 0,7-1,5%
    3. Ranggi - bug’doy rang sarg’ish.
    4. Ta’mi - mazali, taxirsiz, hidi-tuzlangan karam hidiga ega
    5. Sharbati - oz loyqalangan, tiniq emas, 12% oqib tushishi kerak.
    Bodring tuzlash
    Yaxshi tuzlangan bodring mahsulotini tayyorlash uchun yuqori sifatli navlardan olish kerak. Ular asosan kech pishar, shakar miqdori ularda ko’p va katta kichikligi mayda va bir xil bo’lishi kerak. Yezilgan, chirigan va pishmaganlarni ajratib katta-kichiklik bo’yicha bodringlar quyidagilarga bo’linadi:
    Shirin bodring - 12 sm
    Mayda bodringlar - 9-12 sm
    Undan ham kichkina bodringlar - kornishon deb yuritiladi, ulardan eng yuqori sifatli tuzlangan bodring mahsuloti olinadi.
    Bodringni terimdan keyin darrov tuzlash kerak, chunki ularda shakar miqdori yo’qoladi, bu esa sut kislotasini kamayishiga olib keladi.
    Tuzlashdan oldin bodring mevalari yuviladi. Tuzlash uchun shisha, emallangan 10, 20, 30 litrli idishlar ishlatsa bo’ladi. Ammo tuzlash uchun dub bochkalar eng yaxshi idish hisoblanadi, chunki ular ho’llanganda taxatalari zich shishib, uning ichidan sho’r suv - namakob oqib ketmaydi.
    Idishlarni tayyorlash. Yog’och bochkalarni bir necha kun mobaynida suvda ushlab turish lozim bo’ladi, keyin ularni qaynoq suvda yuvish, bug’da va kaustik sodali suvda (0,4-0,6%) chayib olinadi. Undan keyin yana sovuq suvda chayib, oltingugurt bilan dudlanadi (1 m3 hajmga 40-50 gr). Yana sovuq suvda chayiladi, ayrim vaqtlarda bochkani ichki tomoni suyuq parafin bilan qoplanadi.
    Bodring tuzlashda har xil miqdorda ziravor ishlatish mumkin, ya’ni tuzlash resepti har xil bo’ladi. Asosan 100 kg bodring, 3 kg yangi ukrop, 0,5 kg estragon o’ti, 0,5 kg xren bargi, 300 g maydalangan sarimsoq, 50-70 g quritilgan achchiq garmdori, 100 g xren ildizi, 1,5 g qorag’at bargi, petrushka, selderey va boshqa ko’katlar solinadi (13-jadvalga qaralsin). Ziravorlar bodring taxlanayotganda uch qismga bo’lib solinadi (ya’ni tagiga, ustiga va eng ustiga). Ziravor va bodringlar taxlanib bo’lgandan keyin, namakob solinadi. Namakob quvvati bodringning katta kichikligiga va saqlash sharoitiga qarab aniqlanadi. Mayda bodringlar uchun 6-7%, o’rtacha bodringlarga 7-8% va yirik bodringlar bo’lsa 8-9% konsentrasiyali sho’r suv ishlatiladi.
    Agarda bochkaning qaeridandir suv oqayotgan bo’lsa u holda, boshqa butun bochkaga bodring, ziravor va sho’r suv olib quyiladi.
    Bodring tuzlash mavsumi sentyabr-oktyabr oyida bo’lgan kunlarda havo harorati 20-250 dan pasaymaydi. Shuning uchun 1-2 kundan keyin sho’r suvda 0,3-0,4% sut kislotasi yig’iladi. Shundan keyin bu idishlarni mahsuloti bilan salqin joyga qo’yish kerak.
    Tuzlangan bodringni achish davrida uning og’irligi 4-7% ga kamayib ketadi, bu esa saqlanish sharoiti, idishni katta kichikligi va bodringni naviga bog’liq bo’ladi. Tayyor bo’lgan mahsulotning sifat ko’rsatkichlari quyidagicha bo’ladi:
    Sho’r suvda tuz miqdori - 3,5%
    Kislota miqdori - 0,6-1,4%
    To’g’ri tuzlangan bodring albatta chaynalganda karsillashi kerak. Bodringni kamayishi va buzilishi asosan sho’r suvni oqib ketishi, haroratning ko’tarilishi va mog’or paydo bo’lishidan kelib chiqadi.
    Bodring mevalarining qorayishi bochka taxtalarini, qorag’at barglari, olcha, dub taxtasini temir bilan reaksiyaga kirishi va ayrim mikrobiologik jarayonlar natijasida kelib chiqishi mumkin. Lekin eng ko’p holatda asosan harorat ko’tarilib sut kislotasini normadan ortiq paydo bo’lishi natijasida buzilish kelib chiqadi.
    Idishlarni tepa tomonidan sho’r suvning qaymoq tutib, mog’or paydo bo’lishi, boshqa mikroblarni ham rivojlanishiga olib keladi. Shuning uchun bu mog’orni tezda olib tashlash kerak.

    Download 21.53 Kb.
    1   2   3   4




    Download 21.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    t tuzlangan mahsulot olish uchun zarur xom ashyo va ziravorlar miqdori

    Download 21.53 Kb.