|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
12
Bunday kadrlarni yetishtirishni uzluksiz talimning boshlang’ich boʻg’inlaridan boshlamoq darkor. Shu
oʻrinda yurtboshimiz ham ta’kidlab oʻtganlaridek: “Biz koʻzi yonib turgan iste’dodli yoshlarga sharoit
yaratmasak, hech qachon maqsadga erisha olmaymiz. Agar olingan bilim puxta boʻlsagina diplom oʻz
kuchini koʻrsatadi. Buning uchun yoshlarga maktabda sifatli ta’lim berish lozim. Yangi Oʻzbekiston ostonasi
maktabdan boshlanadi [1],– degan edi davlatimiz rahbari. Shunday ekan maktab ta’limining sifat darajasi
ta’lim-tarbiya berayotgan yetuk pedagoglar zimmasidadir.
Jamiyatni tashkil etishda pedagogika fani, xususan, ijtimoiy pedagogika yoshlarni mustaqil hayotga
yaxshi va sifatli tayyorlash zarurati, ijtimoiy taraqqiyot, ijtimoiy jamiyatda yuksalishni ta’minlaydi. Ijtimoiy
pedagogika, oʻz navbatida, shaxsga qaratilgan. U insonning ehtiyojlari, bilimlari uchun mas’uldir, Uni
jamiyatning ijtimoiy birligi sifatida namoyon boʻlishiga hissa qoʻshadi. Buning uchun esa ijtimoiy pedagog,
tom ma’noda, pedagogik mahoratni puxta egallagan, shuningdek, yuzaga kelgan muammoli vaziyatlarni
konstruktiv tomonga hal qilmog’i lozim. Haqiqiy pedagogik malaka, pedagogik texnikani toʻliq oʻzlashtirish
uchun esa mukammal egallangan bilim asqatadi.
Bugungi kunda ijtimoiy pedagogik faoliyat sohasi har bir qatlamda mavjud. Xususan, maktablarda
faoliyat olib borayotgan ijtimoiy pedagogning asosiy vazifasi - bu oilani, ta’lim muassasasini, bolani
tarbiyalashda turli ijtimoiy institutlarning oʻzaro hamkorligini ta’minlash, uni murakkab zamonaviy
sharoitlarga moslashishga yordam berishdir. Buning uchun esa pedagogning oʻzi ham zamon talabiga javob
bermog’i lozim.
Zamonaviy oʻqituvchi guruhdagi oʻquv jarayoni tashkilotchisidir. Oʻqituvchi oʻquvchilar uchun oʻquv
jarayonida, qoʻshimcha darslarda va, shu bilan birga, darsdan tashqari hollarda ham kerakli maslahatlar
berishda bilimlar manbaidir. Koʻpchilik oʻqituvchilar oʻz vazifasini bajarib, tarbiya jarayoni tashkilotchilari
boʻlib hisoblanadilar. Zamonaviy oʻqituvchi ijtimoiy psixolog boʻlmasligi mumkin emas. Shuning uchun
ham oʻquvchilar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni yoʻlga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy- psixologik
mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarur.
Oʻqituvchi pedagog jamoa a’zosi sifatida pedagogik faoliyatini uyushtirishda bevosita ishtirok etib,
turli fan oʻqituvchilari va guruh murabbiylarining metodik birlashmalarida ishlaydi, topshiriqlarni bajaradi.
Har bir oʻqituvchi oʻquvchilarning ota-onalari va jamoatchilik oldida ma’ruzalar oʻqib, suhbatlar olib borar
ekan, demak, u pedagogik bilimlar targ‘ibotchisi hamdir.
Ma’lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan biri.
Jamiyat tomonidan qoʻyiladigan talablaridan eng muhimi oʻqituvchining shaxsi va uning kasbi bilan
bog‘liq xislatlariga qaratilgan. Oʻqituvchining eng muhim xislatlari quyidagilardan iborat:
- oʻqituvchining oʻz Vataniga sodiqligi, bolalarni sevishi, ularni insonparvarlik ruhida tarbiyalash
istagi, oʻz yurti, ona tili, oʻz xalqining tarixi va uning madaniyatini sevishi, davlatining mustaqilligi
g‘oyasida yashashidan iboratligi;
- ijtimoiy javobgarlikni yuksak darajada his etishi;
- oliyjanobligi, aqlli, farosati, ma’naviy pokligi ma’naviyat va ma’rifat boʻyicha yuksak maqsadlarni
bolalarga singdirib borishi;
- oʻzini qoʻlga ola bilishi, sabr-toqatli, bardam, matonatliligidir. Bugungi kunda ijtimoiy pedagog
lavozimi ikki turdagi muassasalarda - ta’lim va yoshlar ishlari qoʻmitalarida rasman qabul qilindi. Yoshlar
ishlari boʻyicha qoʻmitalar tizimida “ijtimoiy pedagog” lavozimi 8 turdagi muassasalarning shtat jadvaliga
kiritildi: kasbga yoʻnaltirish markazlari, bolalar ijodiyoti uylari, yoshlar turar joylari, oʻsmirlar uchun dam
olish uylari, hovli bolalar klublari ta’lim yoshlar markazlari, bandlik markazlari, bolalar va yoshlar mehnat
birjalari. Ta’lim sohasida ushbu lavozim 6 turdagi ta’lim muassasalarining shtat jadvaliga kiritildi, ularning
tarmog’i faol rivojlanmoqda:
❖ maktabgacha ta’lim muassasalari;
❖ umumiy ta’lim muassasalari;
❖ umumta’lim maktablari;
❖ umumta’lim maktablari - internatlar;
❖ yetim bolalar va ota-ona qaramog’idan mahrum boʻlgan bolalar uchun ta’lim muassasalari.
Maktabda ta’lim jarayonini ijtimoiy-pedagogik qoʻllab-quvvatlashning maqsadi: ijtimoiy pedagog
oʻquvchilar va ularning oilalariga yordam berish, maktab negizida bolaning ijtimoiylashuvi muammolarini
hal qilishdan iborat.
Shaxsning qadri uning jamiyatda tutgan oʻrni bilan belgilanib, koʻp jihatdan uning tarbiyasiga bog’liq
boʻladi, tabiiyki, bolaning ilk tarbiyachisi ota-ona hisoblanadi. Bolalarni oila muhitida tarbiyalash davomida
ularga hayot toʻg’risida, yaxshi va yomon xulqlar, odamlarning jamiyat oldidagi burchlari haqidagi dastlabki
tasavvurlarni berishi lozim. Bolalarning oiladagi an’ana va mavjud ijobiy odatlarni oʻzlashtirishi hamda asta-
sekinlik bilan hayot tajribalarni orttirishi tarbiyada beqiyos ahamiyatga ega. Xususan, ulug’ hakim Abu Ali
https://buxdu.uz
|
| |