|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
13
ibn Sino yosh bolani yaxshi axloqli, jismoniy sog’lom boʻlishi uchun tarbiya jarayonida shaxsiy namuna
boʻlish usuli g’oyat katta ahamiyatga ega ekanligini qayta-qayta uqtirib oʻtganlar. Ilk tarbiyachilar ta’limga
yoʻnaltirish orqali tarbiyalanayotgan shaxsni ilm sohalarini zabt etib, yuksak choʻqqilar sari harakatlanadi.
Lekin hayot biz oʻylagandek boʻlavermaydi. Ushbu jamiyatda tepalik-u pastlik, chuqurlik-u
doʻngliklardan iboratdir. Bola oʻsib rivojlanar ekan, ushbu jarayonida uning xulq-atvorida bir qancha
ijtimoiy va psixologik muammolar yuzaga kela boshlaydi. Ushbu oʻrinda esa pedagogning, jumladan,
ijtimoiy pedagogning pedagogik mahorati va psixologik roli beqiyosdir.
Xoʻsh, ijtimoiy pedagogning jamiyatimizdagi oʻrni va vazifalari nimalardan iborat? Ijtimoiy
pedagogika - shaxsning ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini oʻrganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal
qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni
qoʻllashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan rasman roʻyxatdan oʻtgan yigirma mingta kasb orasida
“ijtimoiy pedagog” kasbi ham mavjud. Oʻn besh yildan ortiq vaqt mobaynida Rossiyada ijtimoiy yordam va
aholini himoya qilish tizimini ta’minlash uchun moʻljallangan ijtimoiy oʻqituvchilar instituti (kasb sifatida)
joriy etilganiga qaramasdan, koʻplab fuqarolar bu haqida juda kam ma’lumotga ega. Bolalar uchun ijtimoiy
yordamning ichki va xorijiy tajribasini qiyosiy tahlil qilish, kattalar, xususan, aholining har qanday toifasiga
ijtimoiy yordamni olib borish. Bu oʻrinda bolaning ta’lim va tarbiyasi, rivojlanishi va muvaffaqiyatli
ijtimoiylashuvi bilan bog’liq pedagogik komponentga ega boʻlishi kerak. Natijada, bolalarga ijtimoiy yordam
koʻrsatishga qaratilgan faoliyat ijtimoiy-pedagogik boʻlib, pedagogik faoliyatning bir turi hisoblanadi.
Oʻzbekistonda esa ijtimoiy pedagogika fani rivojlanishi aynan urush yillariga toʻg’ri keladi. Chunki
ijtimoiy pedagogik qarashlarning tub ma’nosida ijtimoiy koʻmak, ijtimoiy himoya yotadi. Urush yillarida esa
yetim bolalarni asrab olish, ularni boqish, ijtimoiy himoya qilish tushunchalari nafaqat zamon talabi edi,
balki xalqimizninmg azaldan qon-qoniga singan tushunchalar sanaladi. Shomahmudovlarning 16 ta yetim
bolalarni asrab olishgani bunga misol boʻla oladi. Bundan tashqari, urush yillarida oʻzbek oilalari jami 4,5
ming nafardan ziyod yetim bolalarni asrab olishgan. Shomahmudovlar singari samarqandlik Samadovlar 13,
F.Qosimovalar esa 10 bolani parvarishlab oʻstirganlar [6]. Bu orqali haqiqiy ijtimoiy pedagogik himoyani
namoyon eta olganlar.
Ijtimoiy-pedagogik qoʻllab-quvvatlashning funksional mazmuni:
diagnostika (talabalarning shaxsini oʻrganish, oilalarni ziyorat qilish), bashoratli (oila tashxisini
hisobga olgan holda ta’lim holatini modellashtirish);
|
| |