|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilКлючевые слова: экономика, экономическое образование, навыки, практические навыки,
интеллектуальные навыки, производство, совместные предприятия, финансы, банковское дело,
рыночная экономика, капитализм, обмен, распределение, потребление, традиционная экономика,
экономика участия, меркантилизм, физиократизм, компетенция, экономика знаний, национальная
экономика, дедуктивная логика, информационные технологии, модернизация, инновации.
This article defines the concept of economics by well-known economists at different times and
discusses its historical significance, with special emphasis on the content of economic education.
Key words: economics, economic education, skills, practical skills, intellectual skills, production, joint
ventures, finance, banking, market economy, capitalism, exchange, distribution, consumption, traditional
economy, participatory economy, mercantilism, physiocratism, competence , knowledge economy, national
economy, deductive logic, information technology, modernization, innovation.
Kirish. Jamiyat rivojining ustuni iqtisodiy-ijtimoiy tafakkur mahsulidir. Bunda har bir shaxs iqtisodiy
ongining taraqqiyoti va koʻlamdorligi yuksak ahamiyat kasb etadi. Jumladan, tafakkurning shakllanish
bosqichi bilim, koʻnikma va malakaning egallanishi bilan baholanadi. Ta’lim jarayonida iqtisodiy ong ta’lim
turlarining barcha bosqichlarida dastur va standartlarda belgilangan bilim, koʻnikma, malaka va
kompetensiya shakllantirish orqali tashkil qilinadi.
Asosiy qism. “Iqtisodiyot” soʻzining oʻzagini “iqtisod” soʻzi tashkil etadi. Iqtisod soʻzining oʻzbek
tilidagi lug’aviy ma’nosi “sarf-xarajatlarda tejamkorlik” demakdir. Mashhur ma’rifatparvar vatandoshimiz
Abdulla Avloniy iqtisodga shunday ta’rif beradi: “Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini
bilmoqqa aytilur. Mol qadrini biluvchi kishilar oʻrinsiz yerga bir tiyin sarf qilmas, oʻrni kelganda soʻmni
ayamas”[1]. Inson yaratilibdiki, mehnatini yengillashtirish, hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojlarini
toʻlaroq qondirishga harakat qiladi. Mehnat qilishning oʻzi ham tirikchilik oʻtkazishga qaratilgan. Demak,
inson dunyoga kelibdiki tirikchilik harakatida boʻladi, desak xato qilmaymiz. Insonning mehnat unumi
qancha yuqori boʻlsa, yashash uchun ne’matlar shuncha koʻp yaratiladi. Ana shuning uchun ham
ajdodlarimizning diqqat-e’tibori qanday qilib hayot kechirish uchun zarur ne’matlarni koʻpaytirish yoʻllarini
topishga qaratilgan. Eng aqlli, zukkolar oʻz davriga, sharoitiga mos ravishda eng maqbul yoʻllarni topishgan
va undan foydalanishni tavsiya etishgan. Ulardan koʻplarining nomi tarixda qolgan.
Iqtisod - jamiyatning hamma a’zolari uchun faravon hayot yaratish usul va vositalarni oʻrganadigan va
amalda qoʻllaydigan soha. Iqtisodiyotning yagona maqsadi esa jamiyatning har bir a’zosi uchun yaxshi
turmush tarzini yaratish. Ana shu asosiy maqsaddan boshqa ikkilamchi maqsadlar kelib chiqadi: iqtisodiy
rivojlanishni ta’minlash, ishlab chiqarishni rivojlantirish, barchani ish bilan ta’minlash nazarda tutiladi.
Jumladan, “iqtisodiyot” soʻzi odatda ikki va hatto uch ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, iqtisodiyot – bu
xoʻjalik yuritish, inson tomonidan yaratilgan turli ne’matlardan foydalanib hayot kechirish, insonlar hayotini
ta’minlash va yaxshilash tizimi. Ikkinchidan, iqtisodiyot – bu resurslar va jamiyat a’zolari tomonidan
yaratilgan tovar va xizmatlarning firma va uy xoʻjaliklari orasidagi uzluksiz doiraviy harakati. Uchinchidan,
iqtisodiyot – bu fan, turli-tuman cheklangan resurslardan foydalanib, jamiyat ehtiyojlarini qondirish bilan
bog’liq boʻlgan, xoʻjalik yuritish jarayonida odamlar oʻrtasida vujudga keladigan munosabatlar haqidagi
bilimlar majmui.
Shu oʻrinda “iqtisodiy koʻnikma” tushunchasiga va uning mohiyatiga e’tibor qaratamiz. Koʻnikma
[16] - insonning ilgari tajribalari asosida muayyan faoliyat yoki harakatni amalga oshirish qobilyatidir.
Koʻnikmalar amaliy faoliyatga, bilimlarni amalda qoʻllay olishga oid faoliyatning tarkibiy qismidir.
https://buxdu.uz
|
| |