|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
16
Koʻnikma faoliyatning maqsadi va sharoitlariga mutanosib ravishda harakatni muvaffaqiyatli bajarish
usullaridir. U hamisha bilimlarga asoslanadi, mahorat (malaka)ning negizi hisoblanadi. Koʻnikma mazmunan
amaliy (jismoniy) va aqliy, shaklan oddiy va murakkab turlarga ajratiladi. Amaliy koʻnikmalar mehnat
faoliyatini amalga oshirishga, aqliy koʻnikmalar bilim olishga, uni oʻzlashtirishga yoʻnaltirilgan boʻladi.
Koʻnikmalarni bilim bilan adashtirmaslik lozim, chunki bilimlar voqelik toʻgri aks ettirilgan hukm
(mulohaza)larda ifodalanadi. Koʻnikmalar esa koʻproq aqliy va jismoniy harakatlarda mujassamlashadi.
Iqtisodiy tarbiya orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiy tarbiya oʻquvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish,
ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xoʻjaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni
asrash, koʻpaytirish, savdo – sotiq muhosabatlarini toʻg’ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish koʻnikma
va malakalarni shakllantirishdan iborat boʻlib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi.
Iqtisodiyot [13] – cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, insonlar uchun zarur boʻlgan
hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va yetkazib berishga qaratilgan va chambarchas bog’liqlikda amal
qiladigan faoliyatlar birligidir.
M. Mahkamova, I.Mastayeva hamda N.Yuldashevalar “Iqtisodiyot odatda samaradorlik, tejamkorlik
omillardan oqilona foydalanish” [9] kabi tushunchalar bilan qoʻshilib ular uyg’unligida qabul qilinadi deb
keltirishadi.
Shuningdek, D. Tojiboyeva [14]: “Iqtisodiyot har qanday jamiyatning asosi, rivojlanib borish shart-
sharoiti, chunki hayot, eng avvalo, tiriklik ne’matlari ishlab chiqarishni obyektiv zarur qilib qoʻyadi”, deydi.
Insonlar hayot kechirishlari uchun oʻz ehtiyojlarini qondirishlari shart. Jamiyat bor ekan, ishlab chiqarish,
ishlab chiqarilgan ne’matlarni ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol qilish mavjud va bu jarayon uzluksiz
tarzda bir-biriga bog’liq holda yuz beradi.
Jumladan, M.Yoʻldoshev, Sh.Mamatqulov, F.Yoʻldoshev [15]lar iqtisod soʻziga ta’riflaganlarida
quyidagi fikrni keltirib oʻtishadi. “Iqtisod” soʻzi tor ma’noda inson yaratgan barcha ne’matlarni, tabiatdagi
barcha boyliklarni, insonning mehnatini tejab-tergab ishlatish ma’nosini ifodalaydi. Keng ma’noda
iqtisodiyot deb atalgan holda, u, insonning tirikchiligini oʻtkazishga qaratilgan xoʻjalik faoliyati boʻlib, bu
faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanib, yaratilgan mahsulotlar iste’mol qilinishi bilan yakunlanadi.
Sh.R.Qobilov [12] esa iqtisodiyotni turli-tuman iqtisodiy faoliyatlarni, ishlab chiqarishning muayyan
usulini hamda infratuzilmaviy muassasalarini yaxlit qilib birlashtiruvchi iqtisodiy tizim, deb keltiradi.
T.T.Joʻrayev [8] ham iqtisodiyot soʻziga ta’rif berar ekan, iqtisodiyot – bu iqtisodiy ne’matlar va
vositalarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, xoʻjalik yuritish
shakllari, ularni tartibga soluvchi mexanizmlar va infratuzilmaviy muassasalarning ma’lum darajada tartibga
solingan tizimidir, deb ta’kidlaydi.
B.Y.Hodiyev, Sh.Sh.Shodmonov qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xoʻjaligi doirasida
roʻy bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot -
uy xoʻjaligi va uni yuritish qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida “iqtisod” tejamkorlik ma’nosida
tushunilgan, chunki, islom diniga oid adabiyotlarda tejamkorlikka alohida e’tibor berilgan. Hozirgi davrda
iqtisodiyot tushunchasi faqat uy, individual xoʻjalik yuritish yoki tejamkorlik ma’nosi bilan cheklanmaydi.
Balki iqtisodiyot – mulkchilikning turli shakllariga asoslangan xoʻjaliklardan, xoʻjaliklararo, davlatlararo
birlashmalar, korporatsiyalar, konserinlar, qoʻshma korxonalar, moliya va bank tizimlaridan, davlatlar
oʻrtasidagi turli iqtisodiy munosabatlardan iborat oʻta murakkab iqtisodiy tizimni anglatadi.
|
| |