• 3 (79) 2021 PEDAGOGIK MAHORAT
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Muhokamalar va natijalar. Iqtisodiyot [11] – yunoncha “ekonom” va “oykos” soʻzlari 
    birlashmasidan kelib chiqqan. “Ekonomika” qishloq xoʻjalik asoslari haqida fan degan maʼnoni anglatadi. 
    Birinchidan, “ekonomika” soʻzi ommaviy oʻzbek lugʻatiga oʻtilganda “iqtisodiyot” atamasiga oʻzgaradi. 
    Iqtisodiyot cheklanmagan ehtiyojlarni, cheklangan resurslardan samarali foydalanib boshqarishni 
    oʻrganuvchi fan.  
    Ikkinchidan, kishilar tomonidan mehnatni qoʻllagan holda inson uchun zaruriy boʻlgan neʼmatlar, 
    hayot sharoitlari va vositalarini yaratish orqali tirikchilikni taʼminlash, ehtiyojlarni qondirishda 
    foydalaniladigan xoʻjalik vositalar, obyektlar, jarayonlar majmui. Ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimot
    isteʼmol sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni qamraydi. 
    Uchinchidan, muayyan mamlakatning milliy xalq xoʻjaligi, yoki uning bir tarmogʻi (transport 
    iqtisodiyoti, qishloq xoʻjaligi iqtisodiyoti va boshqalar). 
    Toʻrtinchidan, xoʻjalikning u yoki bu tarmogʻini, mintaqa xoʻjaligini, ishlab chiqarishni tashkil etish 
    usullari va shakllarini, shuningdek, ishlab chiqarishni boshqarishni oʻrganadigan iqtisodiyot fanlari (sanoat 
    iqtisodiyoti, savdo iqtisodiyoti va boshqalar). 
    Iqtisodiyot soʻzi maʼnolari: 
    1. Qandaydir xoʻjalik sohasining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi, yo boʻlmasa umuman milliy 
    iqtisodiyot. 
    2. Ilmiy predmet - iqtisodiyot nazariyasi. 
    https://buxdu.uz


    3 (79) 2021 
     PEDAGOGIK MAHORAT 
    17 
    3. Xoʻjalik hayotining faoliyati, tashkiloti yoki strukturasi – jahon iqtisodiyoti, regional iqtisodiyot, 
    dunyo mamlakatlari iqtiodiyoti. 
    4. Ishlab chiqarish munosabatlari majmui, jamiyatning asosiy ishlab chiqarish usuli. Asosiy va eng 
    umumiy ijtimoiy-iqtisodiy tizimlari. 
    1. Bozor iqtisodiyoti (kapitalizm kabi “oʻng” iqtisodiy tizimlar asosi). 
    2. Aralash iqtisodiyot (“markazchilar” tizimi). 
    3. Loyihaviy iqtisodiyot (sotsializm kabi “soʻl” oqimlar iqtisodiyoti). 
    4. Anʼanaviy iqtisodiyot (eng qadimiy tizimlar). 
    5. Partisipativ iqtisodiyot (yangi tizim). 
    Qadimda Yunon faylasuflaridan biri Ksenofont oʻzining ilmiy ishlaridan birini “Ekonomikos” deb 
    ataydi. Bu asar orqali mamlakatida roʻy berayotgan mahsulot almashinishi hamda ishchi xalqni qishloq 
    xoʻjaligidan unumli foydalanib oʻzining moddiy ahvolini yaxshilashi borasida ilk marotaba soʻz yuritilgan. 
    Keyinchalik bu sohalar borasida rivojlanish statistika oqimini keltirib chiqargan, natijada bir necha oqimlar 
    vujudga keladi. Ulardan ayrimlari oʻrta asrlarda vujudga kelib, oʻzining yoʻnalishi bilan bir necha 
    mamlakatlarda shuhrat qozongan. 
    Merkantilizm - oqimdir bu yoʻnalish “merkante” italiyancha soʻzdan olingan boʻlib savdogar, xaridor 
    maʼnosini anglatadi. XVI asrning oshlarida paydo boʻlgan bu oqimning asoschilari taniqli italyan iqtisodchisi 
    Tomas Men va fransuz iqtisodchisi Jan Batist Kolberg oʻzlarining ilmiy va amaliy ishlarida asos soluvchilar 
    qatoridan joy olishdi. Merkantilizm tarafdorlari xalq boyligining manbasi va mamlakkat iqtisodiyotini 
    rivojlanishi bu unin savdo bilan shugʻullanishi, eksport-importning izchilligidadir deb hisoblashishgan. 
    Fizikkratizm – fransuzcha soʻzdan olingan boʻlib, hokimiyat tabiati maʼnosini beradi. Bu 
    yoʻnalishning asoschisi fransuz demokratisti Frasnua Kenedir. Uning XVII asrda Parijning kichik bir 
    nashriyotida chop etilgan “Iqtisodiy jadvallar“ kitobi orqali ushbu fiziokrat maqomida atalgan birinchi 
    insonlardan biri sanaladi. Uning kitobida keltirilishcha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini 
    rivojlanish bu aholining qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlab chiqarishiga bogʻliq deb hisoblanilgan. 
    Klassik iqtisodiyotchilar - bu oqim bizning zamonamizga oʻzaro bogʻliqligi bilan ajralib turadi. XVIII 
    asrning ikkinchi yarmi XIX asrning boshlarida Adam Smid, William Petty, David Ricardo, Jean Baptist 
    Sayning iqtisodiy ruknda ishlari ularni bevosita bu oqimni yaralishiga olib kelgan. Bu iqtisodchilarning 
    fikricha xalq boyligining manbasi va mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi oʻzaro mahsulot ishlab chiqarish, 
    raqobat faoliyatini kengaytirishi asosida yaratiladi deya hisoblashgan va oʻzlarining amaliy ishlarida buni 
    yaqqol isbotlab berishgan. Iqtisodiyot hamisha jamiyat hayotining asosini tashkil etadi. Odam yashashi 
    uchun oʻz ehtiyojlarini qondirishi kerak. Hamma ehtiyojlarni qondirish esa ishlab chiqarishni rivojlantirish 
    bilan bogʻliq. Inson sanʼat, adabiyot bilan shugʻullanishdan oldin avval ovqatlanishi, kiyinishi va yashash 
    joyiga ega boʻlishi kerak. Buning uchun zarur mahsulotlar, kiyim-kechak va boshqa tovarlar ishlab 
    chiqarishda yaratiladi. Shu tarzda kishilarning moddiy turmush darajasi, moddiy ehtiyojlarning qondirilishi 
    iqtisodiyotning holatiga, ishlab chiqarishning rivojlanishiga toʻgʻridan-toʻgʻri va bevosita bogʻliqdir. 
    Ilmiy iqtisodiyot - iqtisodiyot nazariyasi insonlar va jamiyatning koʻp maqsadlarda ishlatilishi mumkin 
    boʻlgan noyob resurslardan foydalanish usulini qanday tanlashlarini oʻrganuvchi fan. 
    Amaliy iqtisodiyot-iqtisodiyot nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniyat, nazariya, takliflarni 
    bevosita iqtisodiy tizimning alohida elementlari faoliyatiga tatbiq qilish imkoniyatlarini oʻrganadi. 
    MDH davlatlarida P.N.Podlavilchevya, P.V.Skripchenko, I.N.Smirnova, F.I. Filchenkova, 
    M.A.Pautova, 
    P.V.Skripchenkolarning 
    mavzu 
    doirasida 
    tadqiqot 
    ishlari 
    kuzatiladi. 
    Jumladan, 
    P.N.Podlavilchevya “Iqtisodiy yoʻnalishdagi oliy ta’lim muassasalari talabalarida kasbiy kompetensiyalarni 
    samarali shakllantirishning omili sifatida deduktiv metod” mavzusida oliy ta’lim muassasalari iqtisodiy 
    yoʻnalishlari talabalarining kasbiy kompetentligini deduktiv metodni qoʻllash orqali samarali 
    shakllantirishning nazariy modelini ishlab chiqish, asoslash va tajriba asosida tekshirish asosida quyidagi 
    yangiliklarni yaratgan. “Deduktiv mantiq” va “deduktiv iqtisodiy fikrlash” tushunchalari aniqlashtirilgan, 
    oliy ta’lim muassasalarida iqtisodiy fanlarni oʻqitishning samarali omili sifatida deduktiv metodning 
    mazmun va mohiyati ochilgan, deduktiv metodlarni oʻqitish asnosida iqtisodchi-menejerning kasbiy 
    kompetensiyalarini shakllantirish nazariy modeli tajriba asosida tekshirilgan va ilmiy asoslangan, oliy ta’lim 
    muassasalari talabalarining kasbiy kompetensiyalari mezonlari, koʻrsatkichlari va darajalari aniqlangan va 
    asoslangan. 
    I.N.Smirnova [6] “Boʻlajak iqtisodiyot oʻqituvchisining axborot texnologoyalaridan foydalanishda 
    kasbiy tayyorgarligini shakllantirish” mavzusida boʻlajak iqtisodiyot oʻqituvchisining axborot 
    texnologoyalaridan foydalanishda kasbiy tayyorgarligini shakllantirishga imkon beruvchi pedagogik shart- 
    sharoitlarni ochib berish, nazariy asoslash va tajriba asosida tekshirish maqsadi orqali quyidagi ilmiy 
    yangiliklarni asosladi. “Oʻqituvchining kasbiy tayyorgarligi” tushunchasi boʻlajak iqtisodiyot 
    oʻqituvchisining axborot texnologoyalaridan foydalana bilish nuqtayi nazaridan aniqlangan. Boʻlajak 
    iqtisodiyot oʻqituvchilarining axborot texnologoyalaridan foydalanishda kasbiy tayyorgarligini 
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish