PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
18 
shakllantirishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlar aniqlashtirilgan va asoslangan. Oʻqituvchilik 
faoliyatida boʻlajak iqtisodiyot oʻqituvchilarining axborot texnologoyalaridan foydalanishda kasbiy 
tayyorgarligini shakllantirishning mezonlari aniqlangan. 
F.I.Filchenkova [7] oliy ta’lim muassasalarida boʻlajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini 
shakllantirishni oliy ta’lim muassasalarida boʻlajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirish 
modelini ishlab chiqish va tajriba asosida tekshirish maqsadi orqali quyidagicha ilmiy yangiliklarni asosladi. 
Iqtisodchining kasbiy kompetentligining ta’rifi berildi. Iqtisodchining kasbiy kompetentligi - mutaxassisning 
jamlangan 
xarakteristikasi 
boʻlib, 
moliyaviy-iqtisodiy, 
axborot-tahliliy, 
boshqaruv-tashkiliy 
kompetensiyalarni oʻz ichiga oladi va kasbiy faoliyatni amalga oshirishda sifatni ta’minlaydi. Tizimning 
barcha qirralarini oʻzgartiruvchi ta’lim jarayonini texnologik tashkil etish asosida oliy ta’lim muassasalarida 
boʻlajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini shakllantirishning modeli ishlab chiqildi. Matematik 
fanlarni oʻqitish jarayonida boʻlajak iqtisodchilarning kasbiy kompetentligini shaklantirishning pedagogik 
shart-sharoitlari ajratildi: 
- pedagogning kompetentligi; 
- talabaning bilim olishga tayyorgarligi; 
- oʻqitish mazmunining moduliga asoslangan oʻquv jarayonini uslubiy ta’minlash va fanlararo 
konseptual integratsiya; 
- oʻquv fanlarining mazmunida kasbiy yoʻnalganlikni hisobga oluvchi umumiy matematik fanlar 
siklini oʻqitish jarayonini texnologik tashkil etish.
A.M. Pautova [3] “Iqtisod mutaxassisliklari talabalarining kommunikativ kompetentligini 
rivojlantirish” mavzusini boʻlajak iqtisodiyot yoʻnalishlari mutaxassislari kommunikativ kompetentligini 
ta’minlovchi pedagogik texnologiyaning mazmuni va tuzilishini ochib berish va asoslash hamda oliy ta’lim 
muassasalari ta’lim jarayonida tajriba asosida tekshirish maqsadida quyidagi ilmiy yangilikni asosladi. 
“Iqtisodiyot mutaxassisliklari talabalarning kommunikativ kompetenligi” tushunchasi aniqlashtirildi. Bu 
shaxslararo va kommunikativ mahoratlarni namoyish qilish qobiliyati, boʻlajak kasbiy faoliyati bilan 
bogʻlangan, OTMda ish yuzasidan va shaxslararo muloqotlar jarayonida namoyon boʻluvchi va zamonaviy 
iqtisodiy ta’lim tendensiyalari hisobidan shakllanuvchi qimmatli noyob xislat. Bu tushuncha motivatsion 
mazmunli kasbiy va baholovchi asosiy komponentlarini oʻz ichiga oladi, boʻlajak iqtisodchi mutaxassislarga 
kommunikativ kompetentligi rivojlanishini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlar majmuasi ochib berildi 
va asoslandi. Mashg’ulotlar kompleksini ishlatish orqali kommunikativ kompetentlikni rivojlanirish 
zaruriyati nazariy va tajriba asnosida asoslandi, iqtisodiyot mutaxassisliklari talabalarining kommunikativ 
kompetenligini rivojlantirishni amalga oshirish pedagogik texnologiyasi OTM dagi ta’lim asosida qurilgan 
va tajriba sinovdan oʻtkazildi, quyidagilarni oʻz ichiga oluvchi mezonlar tizimini ishlab chiqdi: motivatsion, 
mazmunli, kasbiy va baholovchi kompetentlar, kommunikativ bilimlar va mahoratlar (past, oʻrtacha 
darajadan past, oʻrtacha va oʻrtacha qiymatdan yuqori darajalar) boʻyicha aniqlanadi. Har bir mezon 
boʻyicha sifat - miqdor baholarining me’yoriy na’munalari ishlab chiqiladi. 
Ushbu maqolaning maqsadi iqtisodiyot uchun kasbiy tayyorgarlikning ayrim nazariy qoidalarini 
rivojlantirish va uni innovatsion asosda takomillashtirish boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir. 
Jumladan, tadqiqotda quyidagi vazifalar qoʻyildi va hal qilindi: iqtisodiyot uchun kasbiy tayyorgarlikning 
mohiyati, konseptual apparati, prinsiplari va rolini aniqlashtirish, bilimlar iqtisodiyotini shakllantirish 
modelini nazariy asoslash, bilimlar iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorgarligini rivojlantirishdagi muammolarni 
aniqlash, iqtisodiyot uchun kadrlar tayyorgarligini rivojlantirish tendensiyalarini, uning kasbiy ta’lim 
darajalaridagi muvozanatini oʻrganish, bilimlar iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorgarligini modernizatsiya 
qilish shartlari va yoʻnalishlarini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar toʻplamini ishlab chiqish, bilimlar 
iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorgarligi sifatini oshirish modelini asoslash, yosh mutaxassislarning 
raqobatbardoshligi omillarini baholash usullarini ishlab chiqish, asoslash va sinovdan oʻtkazish. 
Maqsadi pedagogika kolleji oʻquvchi-yoshlarida bilim va koʻnikmalarni rivojlantirishning mazmuni
shakll va usullarini ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslash, oʻquvchi-yoshlarda iqtisodiy bilim va 
koʻnikmalarni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan ilmiy-metodik tavsiyalar yaratish. Ilmiy yangiligi - pedagogika 
kolleji oʻquvchi-yoshlarida iqtisodiy bilim va koʻnikmalarni rivojlantirish muammosi ilmiy pedagogik 
jihatdan tahlil etilgan. Iqtisodiy tarbiyaga doir xalq pedagogikasi manbalari, Sharq mutafakkirlarining ilgor 
g’oyalari aniqlandi, pedagogika kolleji oʻquvchi-yoshlarining iqtisodiy bilim va koʻnikmalarini 
rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari yoritildi, pedagogika kolleji oʻquvchi-yoshlarida iqtisodiy bilim va 
malakalarini rivojlantirish mazmuni samarali shakl va metod vositalari aniqlandi, uning oʻziga xos tasnifi 
berildi, oʻquvchi-yoshlarda iqtisodiy bilim va koʻnikmalarini rivojlantirishning samaradorligini oshirishga 
xizmat qiluvchi ilmiy-uslubiy tavsiyalar berildi. 
A.Sh.Saipnazarov [10] akademik litseylar matematika kursida oʻquvchilarning iqtisodiy koʻnikma va 
malakalarini rivojlantirish kitobi. Maqsadi iqtisodiy yoʻnalishdagi akademik litseylarda matematika oʻqitish 
https://buxdu.uz



Download 3,37 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish