|
3 (79) 2021 pedagogik mahoratBog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil3 (79) 2021
PEDAGOGIK MAHORAT
11
Hikmat BOBOMIRZAYEV
pedagogika fanlari nomzodi,
dotsent
Sevara SUVONOVA
Navoiy davlat pedagogika instituti
pedagogika nazariyasi va tarixi
mutaxassisligi 2-kurs magistri
YANGI OʻZBEKISTONNI QURISHDA ZAMONAVIY OʻQITUVCHILARNING OʻRNI
Ushbu maqolada Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta’lim faoliyati
yoritilgan boʻlib, zamonaviy pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagogik mahorat malakalari, ijtimoiy
pedagogika sohasining tub mohiyati, muammoli vaziyatlarni konstruktiv tomonga hal etishda ijtimoiy
pedagog roli ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit soʻzlar: pedagogika, “El-yurt umidi jamg’armasi”, ijtimoiy pedagogika, konstruktiv, muammoli
vaziyat, ijtimoiylashuv, Shomahmudovlar, Rossiya.
В данной статье освещены реформы, осуществляемые в новом Узбекистане, в частности, в
образовательной деятельности, подготовке современных педагогических кадров, квалификации
педагогического мастерства, сущности социальной педагогики, роль социального педагога в
конструктивном решении проблемных ситуаций.
Ключевые слова: педагогика, Фонд “Эл-юрт умиди”, социальная педагогика, конструктивизм,
проблемная ситуация, социализация, Шомахмудовы, Россия.
This article highlights the reforms implemented in the new Uzbekistan, in particular, educational
activities, training of modern pedagogical personnel, qualification of pedagogical skills, the essence of
social pedagogy, the role of a social teacher in the constructive solution of problem situations.
Key words: pedagogy, “El-yurt umidi” foundation, Social pedagogy, constructivism, problematic
situation, socialization, Shomahmudovs, Russia.
Kirish. Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar aholi manfaatlari uchun xizmat qilmoqda.
Xususan, jamiyat a’zolarining huquqiy madaniyatini yuksaltirish, har bir fuqaroning jamiyatdagi oʻz oʻrni va
mavqeyiga ega boʻlish maqsadida aholining ta’lim olganlik darajasini yuksaltirish uchun qilinayotgan
islohotlar bunga misol boʻla oladi. Jumladan, ta’lim muassasalarida ajratilayotgan qabul kvotalari (sirtqi,
kechki, maxsus sirtqi, imtiyozli grantlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari uchun imtiyozlar) yoinki
bakalavr, magistratura hamda doktaranturani nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalarida oʻqish uchun “El-yurt
umidi jamg’armasi” tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, bularning barchasi, zamon talabiga javob
beruvchi raqobatbardosh boʻlgan va innovatsiyaga boy boʻlgan zamonaviy kadrlarni yetishtirishdan
iboratdir. Bu oʻrinda esa ta’lim-tarbiyaning oʻrni beqiyosdir.
Asosiy qism. Ta’lim jamiyatning oʻziga xos funksiyasidir, uning yordamida avlodlar oʻrtasidagi
munosabatlar, muayyan jamiyatning an’analarining uzluksizligi pedagogik bilimlarning mustahkamlanishi
bilan amalga oshiriladi. Pedagogika juda keng qamrovli va tarmoqlanuvchi soha boʻlib, u oʻz oʻrnida
quyidagicha tasniflanadi:
Bugungi kunda Yangi Oʻzbekistonni barpo etar ekanmiz, unga munosib yosh kadrlar faoliyatini yoʻlga
qoʻyilsa raqobatbardosh sifatli, ilmga chanqoq kadrlar bizni kelajagimizni qurishga hissa qoʻsha oladilar.
https://buxdu.uz
|
| |