|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
26
O‘qish savodxonligining bu ko‘rinishi konstruktiv va interaktiv jarayon sifatida ko‘plab o‘qish
nazariyalarini aks ettiradi. O‘quvchining matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchi va matn orasidagi muloqot
orqali o‘quvchi ma’noni yaratadi. O‘quvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi bo‘lib, ma’no yaratadi, matn
ustida mushohada yuritadi va samarali o‘qish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qo‘llaydi. Har bir matn
turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda o‘quvchiga matnni sharhlashga yordam beradi. Har qanday
matn turli shaklga ega bo‘lishi mumkin. Bular an’anaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar,
shuningdek, raqamli ko‘rinishdagi yozma shakllarni ham o‘z ichiga oladi. PIRLS yosh o‘quvchilarning
sinfda va sinfdan tashqari o‘qishining ikkita keng qamrovli maqsadiga qaratilgan. Bular:
1. Badiiy tajribalar orttirish;
2. Ma’lumot olish va ulardan foydalanish.
Bundan tashqari, PIRLS o‘qish maqsadlarining har birida to‘rtta keng tushunish jarayonini
birlashtiradi. Bular:
1. Diqqatni jamlash va aniq ko‘rsatilgan ma’lumotlarni topish;
2. To‘g‘ridan- to‘g‘ri xulosalar chiqarish;
3. G‘oyalar va axborotlarni talqin qilish va uyg‘unlashtirish;
4. Kontent va matn elementlarini baholash va tanqid qilish.
Butun dunyo bo‘ylab o‘qish savodxonligining rivoji odamlarning nima sababdan o‘qishlari bilan
bevosita bog‘liq. Umuman olganda, bu sabablar zavqlanish va shaxsiy qiziqish uchun o‘qishni yoki ta’lim va
jamiyat hayotida munosib ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. Ko‘pgina yosh o‘quvchilarning dastlabki
mutolaasi aksariyat hollarda hikoya ( masalan, hikoya to‘plamlari yoki rasmli kitoblar) yoki o‘quvchilarga
atrofdagi dunyo haqida ma’lumot beradigan va savollarga javob beradigan ma’lumotli matnlardan iborat
bo‘ladi. PIRLSda ishlatiladigan badiiy matnlarning asosiy shakli – bu badiiy to‘qimaga asoslangan
hikoyalardir. PIRLSda har bir matn parchasi yoki matn yuzasidan beriladigan savollar to‘rtta tushunish
jarayonini baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
O‘quvchilar matndan ma’no hosil qilar ekan, ular aniq tushuntirilmagan g‘oyalar yoki ma’lumotlarga
nisbatan tushuntirishlar beradi. Xulosalash o‘quvchilarga matndan tashqariga chiqishga imkon beradi.
Ko‘pgina hollarda muallif matnni o‘quvchining aniq yoki bevosita xulosa chiqarishi uchun yaratadi.
O‘quvchilar oddiy xulosalar bilan bir qatorda, matndagi g‘oyalar va axborotlarni talqin qilishda va
uyg‘unlashtirishda aniq yoki umumiy ma’nolarga e’tibor berishlari yoki tafsilotlarni umumiy mavzular va
g‘oyalar bilan bog‘lashi mumkin. To‘liq javob berish uchun o‘quvchidan barcha matnni yoki hech
bo‘lmaganda uning muhim qismlarini, shuningdek, matndan tashqaridagi fikrlarni yoki axborotni tushunish
talab qilinadi.
O‘quvchilardan matnni baholash va tanqidiy tahlil qilishda quyidagilar talab qilinadi:
1. Matnda berilgan ma’lumotlarning aniq va to‘liqligini baholash.
2. Tasvirlangan voqeani haqiqatan sodir etilishi ehtimolini baholash.
3. Insonlarning o‘ylari, bajaradigan ishlarini o‘zgartirishda muallifning fikrlari qanchalik aniqligini
baholash.
4. Matn sarlavhasi asosiy mazmunni qanchalik yoritib berishini baholash.
5. Metafora yoki nutq ohangi kabi til xususiyatlari ta’sirini tasvirlash.
6. Muallifning asosiy mavzuga oid qarashlarini aniqlash.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, o‘qish savodxonligi o‘quvchilarning ilmiy va shaxsiy
muvaffaqiyatini o‘sishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, shuningdek PIRLS ta’lim sohasida olib
borilayotgan siyosatning muvaffaqiyatga ta’sirini baholash uchun qimmatli vosita hisoblanadi. Bu o‘z
navbatida O‘zbeksitonning ta’lim tizimini xalqaro standartlar asosida tahlil qilish hamda kamchiliklarni
bartaraf qilish uchun zamin yaratadi.
|
| |