• Ключевое слово
  • 3 (79) 2021 pedagogik mahorat




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/344
    Sana07.12.2023
    Hajmi3,37 Mb.
    #113345
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   344
    Bog'liq
    Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

    Kalit so‘z: ilg‘or xorijiy tajribalar, PIRLS dasturi, savodxonlik, baholash mezoni. 
    В данной статье речь идёт о совершенствовании системы оценивания, основанной на 
    международных критериях и требованиях передового зарубежного опыта, формирования знаний, 
    умений и навыков учащихся, изучении мирового опыта оценки знаний учащихся начальных классов 
    Сиф, применении программы PIRLS. 
    Ключевое слово: передовой зарубежный опыт, программа PIRLS, грамотность, критерии 
    оценивания. 
    This article deals with the improvement of the system of assessment of advanced foreign experience in 
    the formation of knowledge, skills and abilities of young people on the basis of international criteria and 
    requirements, mainly the study and application of world experience in assessing the knowledge of primary 
    school students. 
    Keywords: Advanced foreign experience, PIRLS program, literacy, evaluation criteria. 
     
    Barcha sohalar kabi pedagogika yo‘nalishida ham katta o‘zgarishlarni ko‘rishimiz mumkin. Rivojlanib 
    borayotgan zamonda yoshlarning fikr mulohazalari, ijodiy g‘oyalari, tashabbuskorligini, ijodkorligini har 
    tomonlama qo‘llab- quvvatlash borish zarur. Ta’limning eng muhim masalalardan hisoblanadi. Buning 
    uchun ilmiy tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik, xalqaro tajribalarni o‘rganish, tegishli yo‘nalishdagi 
    xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, mavjud tizimni har tomonlama qiyosiy tahlil 
    qilish muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan 
    hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
    strategiyasi asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu 
    islohotlarning muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyodagi rivojlangan, zamonaviy davlatlar qatoridan 
    munosib o‘rin egallashi, avvalo, ilm- fan va ta’lim- tarbiya sohasining rivoji bilan, bu borada bizning dunyo 
    miqyosida raqobatbardosh bo‘la olishimiz bilan uzviy bog‘liq.
    Xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish orqali ta’lim sifati va samaradorligini oshirish xalqaro standartlar 
    talablarning joriy etilishi muhim ahamiyatga ega. Bu borada amaliy ishlar xalq ta’limi tizimida ta’lim 
    sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to‘g‘risida hukumat qarorining qabul 
    qilinishi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan 
    hamkorlik aloqalarining yo‘lga qo‘yilishini misol keltirishimiz mumkin. 1958- yildan buyon ushbu tashkilot 
    ta’lim sohasiga oid ko‘plab mavzular bo‘yicha o‘ttizdan ortiq qiyosiy tadqiqotlarni o‘tkazdi. Shundan 
    matematika va tabiiy fanlar (TIMSS), o‘qish (PIRLS), kompyuter va axborot texnologiyalari bo‘yicha 
    savodxonlik (ISILS), fuqarolik va fuqarolik ta’limi (ISSS)kabi yo‘nalishlarda umumiy o‘rta ta’lim 
    maktablari o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalari, umuman olganda ta’lim olish jarayonida erishgan 
    yutuqlari, natijalarini baholash yo‘lga qo‘yilgan. Eng asosiysi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning o‘qish 
    savodxonligini baholash mezoni bo‘lgan PIRLS tadqiqoti bo‘lib, PIRLS dasturi 2001- yilda ta’lim sohasidagi 
    yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Xalqaro baholash dasturi PIRLS 
    dunyoning turli mamlakatlari milliy ta’lim tizimida o‘qish savodxonligi bo‘yicha amalga oshirilayotgan 
    ishlar va natijalarni qiyoslashga yo‘naltirilgan. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016- yillarda o‘tkazilgan. 
    Boshlang‘ich sinflarda o‘qish savodxonligi – jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan 
    qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo‘llay olish qobiliyatidir. Ushbu nuqtayi 
    nazar o‘quvchilarning o‘qishdan olingan ma’lumotlardan foydalanish qobiliyatiga tobora ko‘proq e’tibor 
    qaratadigan zamonaviy jamiyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Asosiy e’tibor tushunishni namoyon 
    qilishdan o‘zlashtirilgan ma’lumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qo‘llay olish 
    qobiliyatlarini namoyon qilishga qaratilgan. Hozirgi vaqtda PIRLS ta’rifiga ko‘ra, o‘qish savodxonligi 
    jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va 
    ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma’no hosil qila olish qobiliyati hamdir.
    https://buxdu.uz



    Download 3,37 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   344




    Download 3,37 Mb.
    Pdf ko'rish