ham kattaroq bo‗ladi. Bug‗ pogonalar orasidan o‗tayotganida o‗z energiyasini
ularga o‗zatadi.
Issiqlik elektr stansiyalarining turlari.
Hozirgi
paytda issiqlik elektr
stansiyalarining uch turi mavjuddir. Birinchi turdagi IES larga bug‗
turbinali
issiqlik elektr stansiyalari kiradi. Bu IES larda suv bug‗i energiya tashuvchi
vazifasini bajaradi. Ikkinchi turdagi IES larga gaz turbinali
issiqlik stansiyalari
kiradi. Bunday stansiyalarda energiya tashuvchi sifatida gazning havo bilan
aralashmasi qo‗llaniladi. Organik yoqilgi yonganida ajralib chiqqan gaz
qizdirilgan havo bilan aralashtiriladi. Gaz va havoning
aralashmasi issiqlik
energiyasini tashuvchi vazifasini bajaradi. Bu aralashmaning temperaturasi 750 –
770
0
S gacha qizigan bo‗ladi. Gaz va havoning aralashmasi turbinaga o‗zatilib,
issiqlik energiyasi aylanuvchi mexanik energiyaga o‗zgartiriladi. Bunday IES
birinchi turdagi issiqlik elektr stansiyalariga nisbatan ihsham (bug‗ qozoni yo`q),
turbinaning tezligi juda yuqori,
tez ishga tushiriladi, tuxtatish va quvvatini
rostlash oson. Hozircha bunday IES larning quvvati 150 MVt dan oshmaydi,
ya‘ni bug‗ turbinali stansiyalarning quvvatidan 5- 8 barobar kamdir. Gaz turbinali
stansiyalarning asosiy xususiyatlaridan biri yoqilg‗ining yuqori sifatli bo‗lishi
shartligidir.
Uchinchi turga kiruvchi issiqlik elektr stansiyalari, bu bug‗ va gaz
turbinalari o‗zaro birlashtirilgan IES lardir. Bunday elektr stansiyalarda energiya
tashuvchi vazifasini bug‗
va gaz bajaradi, bug‗ qozonidagi issiqlik energiya
asosan bug‗ hosil qilish uchun sarf bo‗ladi. Ammo yoqilg‗ining yonishi natijasida
gaz ham ajralib chiqadi. Bu gaz ma‘lum qayta ishlovdan so‗ng gaz turbinasiga
yuboriladi.
Bunday IES lar faqat suyuq yoki gazsimon yoqilgilardagina ishlaydi. Bu IES
lar istiqbolli stansiyalar bo‗lib, hozircha ularning quvvati 250
MVt dan
oshmaydi.
IES larda yoqilg‗idan unumli foydalanish. Agar issiqlik elektr stansiyalarida
issiqlik energiyasining elektr energiyasiga o‗zgarish jarayonini kuzatadigan
bo‗lsak, u holda issiqlik energiyasining bor yo`gi 40% gacha qismigina elektr
energiyaga
aylanadi, xolos. Agar O‗zbekistondagi IES larda yoqilgi sifatida
kimyo sanoati uchun bebaho xomash‘yo bo‗lgan tabiiy gaz qullanilayotganligini
hisobga oladigan bo‗lsak va bu esa o‗z navbatida bu elektr stansiyalarda ishlab
chikarilayotgan elektr energiya tannarxini oshirib yuborayotganligini anglash
mumkin. Hozirda barcha IES larda tabiiy gaz o‗rniga Ko‗mirdan foydalanishning
istiqbolli rejalari ishlab chiqarilgan va amalga oshirilmoqda.