Qozondan chiqayotgan bug‗
turbinaga kelib, uni aylantirgandan so‗ng
kondensatorga keladi, u erda esa bug‗ yana suvga aylantiriladi va nasos
yordamida yana qozonga qaytariladi. Toza suvdan foydalanishning bu yopiq sikli
tozalangan ichimlik suvdan tejamkorlik bilan foydalanish imkonini beradi.
Kondensator quyidagi prinsipda ishlaydi. Kondensatorning quvurchalariga
doimiy ravishda sovuq suv berib turiladi. Turbinadan chiqayotgan issiq bug‗ning
kondensator sovuq quvurchalarining ustki qismiga urilishi natijasida bug‗
kondensatsiyalanadi, ya‘ni suvga aylanadi. Kondensator uchun sovuq suv alohida
suv havzalaridan va daryolardan olinadi yoki maxsus tayyorlanadi. Bug‗ turbina
xujaligi sanab chiqilgan agregat va qurilmalardan
tashqari yana bir qancha
qurilma va xujaliklardan iborat bo‗ladi. Umuman olganda IES ning bug ‗–
turbina xujaligi turli – tuman agregatlarning kattagina texnik majmualaridan
iboratdir.
IES ning elektr xo ‗jaligining asosiy agregati bu o ‗zgaruvchan tok
mashinasi – sinxron generatordir. Turbina vali generatorning rotori bilan
mexanik boglanganligi sababli uning aylanish mexanik
energiyasi generatorda
elektr energiyaga aylanadi. Generatorda hosil qilingan o‗zgaruvchan tok elektr
energiya iste‘molchilarga uzatish uchun katta quvvatli kuchaytiruvchi
transformator urnatilgan bo‗lib, uning vazifasi
generatordan chiqayotgan
kuchlanishni ko‗paytirib, yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari
yordamidauzokmasofada joylashgan iste‘molchilarga uzatishdan iboratdir. Elektr
energiyaniuzokmasofalarga uzatishda uning kuchlanishini ko‗paytirishdan
maqsad, elektr uzatish liniyalarida sodir bo‗ladigan quvvat isroflarini
kamaytirishdir. Ma‘lumki, har qanday o‗tkazgichdan
elektr toki utganida
o‗tkazgich qiziydi, bu esa o‗tkazgichdan tok utishi natijasida hosil bo‗lgan quvvat
isrofining issiqlikka o‗zgarishidir. O‗tkazgichdagi quvvat isrofi tok qiymatining
kvadratiga va o‗tkazgichning aktiv qarshiligiga togri proporsionaldir. SHuning
uchun ham elektr uzatish liniyalarida kuchlanishning
oshishi tokning
kamayishiga olib keladi va bu esa quvvat isrofini kamaytiradi.