• 8.2.Rasm. GESning ishlash prinsipi
  • Rasm. Suv turbinalarini ishga tushirishning turli yo„llari




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/11
    Sana22.02.2024
    Hajmi1,31 Mb.
    #160534
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    3-ma\'ruza

    8.1.Rasm. Suv turbinalarini ishga tushirishning turli yo„llari
    2
     
     
    GES larda elektr energiya hosil qilish quyidagi sodda texnologik sxema 
    buyicha amalga oshiriladi. Gidroenergetik resurs bulmish suv turbinaning 
    parraklarini aylantirib, mexanik energiyani yuzaga keltiradi va bu mexanik 
    energiya o‗zgaruvchan tok generatorida elektr energiyaga o‗zgaradi. Generatorda 
    hosil qilingan elektr energiya kuchaytiruvshi transformator yordamida elektr 
    uzatish liniyalari orqali iste‘molchilarga o‗zatiladi. 


    Gidroelektr stantsiya quriladigan joyda suvning potensial energiyasini 
    jamlash maqsadida gidrotexnik qurilma – tugon quriladi. Bu tugon daryoning 
    o‗zanini tusadi va hosil qilingan sun‘iy suv omborida suvning ko‗payishiga va 
    bosim kushining oshishiga olib keladi. GES larda hosil qilinadigan elektr 
    energiyaning miqdori turbinadan o‗tayotgan ma‘lum bosimli suv miqdoriga va 
    suv energiyasini elektr energiyaga o‗zgartirishda foydalaniladigan barcha 
    qurilmalarning foydali ish koeffitsientlariga (FIK) bog‗liqdir. 
    Gidroelektr stansiyalarning FIK yuqori bo‗lib, elektr stansiyalar ichida FIK 
    eng yuqorisidir. Gidroelektr stansiyalarning urtacha FIK = 93 % ni tashkil etadi. 
    Issiqlik elektr stansiyalarida esa bu kursatkich 40 % dan oshmaydi. Gidroelektr 
    stansiyalarda boshqa elektr stansiyalardagiga nisbatan quvvatini rostlash oson 
    amalga oshiriladi. Bu elektr stansiyalarni ishga tushirish, tuxtatish, quvvatini 
    rostlash jarayonida turbinaga kelayotgan suvning tezligini o‗zgartirishning hojati 
    yo‗q va ishlashining ishonshlilik darajasi juda yuqori. CHuning ushun ham 
    quvvatini roctlashning tezkorligi va arzon elektr energiya manbai sifatida GES 
    lar goyat ahamiyatlidir.
    8.2.Rasm. GESning ishlash prinsipi 
     
    Gidroelektr stansiyalari – GESlar eng keng tarqalgan elektr stansiyalari bo‗lib, 
    suv oqimidagi energiyani elektr energiyasiga aylantirib beruvchi inshootlar va 
    jihozlar majmuidir. Ular ko‗pincha daryolarda, to‗g‗on va suv omborlarida 
    quriladi. Elektr energiya ishlab chiqarish samaradorligi ikki omilga bog‗liq: GES 
    butun yil mobaynida suv bilan uzluksiz ta‘minlanishi va nishablikda joylashishi 
    zarur. 
    GESlarning bir qancha qulay va noqulay tomonlari bor. Masalan, ishlab 
    chiqarilayotgan elektr energiyasining tannarxi arzon, boshqa elektr stansiyalariga 
    qaraganda ekologik zarari kamroq. Noqulay jihati – suv omborlari juda katta 
    maydonni egallaydi, GES qurilishi nisbatan ko‗p mablag‗ talab qiladi. Biroq har 
    qanday elektr stansiyasidan yagona ustunlik jihati bor – GESlar qayta tiklanuvchi 
    manba bilan ishlaydi. Masalan, issiqlik elektr stansiyalarining manbasi (ko‗mir, 
    yoqilg‗i) bir kun kelib tugashi mumkin. Lekin GESlarda sarflanayotgan suv tabiiy 
    ravishda har yili qayta to‗planadi. 
    GESlarning ishlash tarzi juda oson. Gidrotexnik jihozlar suvni ma‘lum 
    bosimda jo‗natib turadi. Bu suv maxsus quvurlardagi parraklarga kelib uriladi va 
    generatorlarni harakatga keltiradi. Natijada elektr energiyasi paydo bo‗ladi. 


    Suv bosimi to‗g‗on yordamida suv sathini ko‗tarish orqali yoki maxsus 
    nishablik-kanallar vositasida (derivatsion usulda) hosil qilinadi. Ayrim paytlarda 
    har ikki usuldan bir paytning o‗zida foydalanish mumkin. 
    So‗nggi hisob-kitoblarga qaraganda, gidroenergetika jahonda ishlab 
    chiqarilayotgan elektr energiyaning 63 foizini etkazib beradi. Aholi jon boshiga 
    hisoblaganda, elektr energiyasi ishlab chiqarish bo‗yicha Norvegiya, Islandiya va 
    Kanada yuqori o‗rinlarni egallaydi. Ularning safiga Xitoy ham qo‗shilyapti. 
    CHunki bu mamlakatda 2000 yildan e‘tiboran keng ko‗lamda GES qurilishi 
    boshlandi. Hozir Xitoy dunyodagi kichik gidroelektr stansiyalarining deyarli 
    yarmiga egalik qiladi. 
    O‗zbekistonda elektrlashtirish ishlari XX asrning ikkinchi choragidan 
    boshlangan. Hozirda CHirchiq, CHorvoq, Farhod, Bo‗zsuv, Solor, Samarqand, 
    To‗palang GES kabi bir qancha elektr stansiyalari bor. 
    Dunyodagi eng yirik GES Xitoyning YAnzы daryosidagi 1997 yilda 
    qurilishi boshlangan va 2011 yilda qurib bitkazilgan quvvati 700 MVt dan 
    bo‗lgan 26 ta agregatli, umumiy quvvati 22,4 GVt ni tashkil etuvchi ―Uch g‗or‖ 
    GES hisoblanadi. 

    Download 1,31 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Rasm. Suv turbinalarini ishga tushirishning turli yo„llari

    Download 1,31 Mb.
    Pdf ko'rish