9.4. Rasm. Bug„ qozonli issiqlik elektr stansiyalari. Steam power plant.
9.5. Rasm. Ko„mirda ishlaydigan issiqlik elektr stansiyasi.
Coal power plant. Source: Fotosearch.
Mahalliy sharoitlarda qo‗llanadigan ko‗chma elektr stansiyalari (dvijoklar)
benzin yordamida elektr energiyasi hosil qiladi.
GES – gidroelektrstantsiyasi, suv harakatining
mexanik energiyasini elektr
energiyaga aylantiradi.
GAES – gidroakkumlaydigan elektr stantsiyasi, oldindan sun`iy
havzalarida yig‘ilgan suvning harakati mexanik energiyasini
elektr energiyaga
aylantiradi;
Suv energiyasidan foydalanish. Er yuzasining to‗rtdan uch qismi suv bilan
qoplangan bo‗lib, faqat to‗rtdan bir qismigina quruqlikdan iboratdir.
SHuning
uchun ham insoniyat o‗zining taraqqiyoti davomida har doim suvdan unumli
foydalanishga intilib kelgan. Insonlarning suv
energiyasidan foydalanishi
avvalambor uning mexanik energiyasidan foydalanish bilan cheklangan.
Masalan, suv tegirmonlari parraklarini suv oqimi kuchi yordamida aylantirilib
tegirmon toshlari harakatlantirilib don boshoqlari
maydalanilib un holiga
keltirilgan va h. k. Nihoyat suv mexanizmlarining tadrijiy davomi bo‗lgan suv
turbinalari ixtiro qilinganidan so‗ng, suvning kinetik energiyasini elektr
energiyaga o‗zgartiruvchi gidroelektr stansiyalar haydo
buldi va bu stansiyalar
dunyoning deyarli barcha toglik va togoldi xududlarida eng arzon elektr energiya
manbai sifatida keng qo‗llanilmoqda.
Suvning qanday turdagi potensial energiyasidan foydalanib elektr energiya
olishiga qarab gidroenergetik qurilmalar uch turga bo‗linadi:
– daryolarga tugonlar qurilib suv sathi ko‗tariladi
va hosil qilingan suv
omborlarda yigilgan suvning potensial energiyasidan foydalanib, elektr energiya
hosil qiluvchi gidroelektr stansiyalar (GES);
– okean va dengizlarda sodir bo‗lib turadigan kuchli tulqinlar ta‘sirida
qalqib kutarilib, kurfazlarda yigiladigan ko‗p
miqdordagi suvlarning hamda
shuningdek bahorgi toshqinlar vaqtida daryo chetlarida yigilib qoladigan
suvlarning potensial energiyalarini elektr energiyaga o‗zgartiruvchi
toshqin
gidroelektr stansiyalar;
– sun‘iy suv omborlar va kullarga nasoslar yordamida yigilgan suvlarning
potensial energiyasini elektr energiyaga o‗zgartiruvchi gidroakkumulyatorli
gidroelektr stansiyalar (AGES).