iste‘molchilarga o‗zatiladi (1– rasm). Qozon, turbina
va generatorlar IES ning
asosiy texnologik qurilmalaridir. YOqilg‗ining 4 yonishi natijasida hosil bo‗lgan
issiqlik energiyasi qozonda 1 suv bug‗i energiyasiga 5 o‗zgartiriladi. Turbinada 2
suv bug‗i energiyasi aylanuvchi mexanik energiyaga o‗zgaradi. Generator 3
aylanuvchi mexanik energiyani elektr energiyaga o‗zgartiradi. Issiqlik energiyasi
bug‗ ko‗rinishida iste‘molchilarning hojatlarini qondirish maqsadida turbinadan
yoki bulmasam qozonning o‗zidan olinishi mumkin.
1
Qozon – bu bug‗ generatori. Qozonda yoqilgi sifatida
turli organik yoqilgi
turlari ishlatilishi mumkin. YOqilgi yonganida undan yonish energiyasi ajralib
chiqadi. Agar yoqilgi Ko‗mir bo‗lsa, u holda yoqilishidan
oldin kukun holiga
keltirilib so‗ngra yoqiladi va bu Ko‗mirning tuliq yonishini ta‘minlaydi.
Zamonaviy qozonlar – bug‗ generatorlari – balandligi besh qavatli imoratga teng
keladigan murakkab texnik inshoatdir. YOqilg‗ining yonish temperaturasi 2000
0
S gacha etadi va bu o‗z navbatida bug‗ qozonlarini yasash uchun ishlatiladigan
metall alohida issiqlika chidamli bo‗lishi kerakligini bildiradi. Bir bug‗ qozonida
soatiga 4000 tonna suv bug‗i ishlab chiqarish mumkin. Bug‗ qozonida
yoqilg‗ining tuliq yonishini ta‘minlash uchun hamda yoqilg‗ining
yonishidan
hosil bo‗ladigan kul, gaz va boshqa zaharli moddalarning atrof – muhitga
tarqalishini oldini olish maqsadida ko‗plab qurilma va jihozlar qo‗llaniladi.
Qozonlarning quvvati, o‗lchamlari va texnik ko‗rsatkichlari
tobora oshib
bormoqda.
Bug‗ turbinasi – issiqlik energiyasini iste‘mol qilib va uni aylanuvchi
mexanik energiyaga o‗zgartiruvchi motordir. Konstruktiv jihatdan bug‗ turbinasi
ishchi kurakchalari joylashtirilgan bir necha disklardan tashkil topgan bo‗ladi.
Disklarning o‗lchamlari har xil bo‗ladi. Xar bir navbatdagi pogona (disk)
diametri oldingi pogonadagiga nisbatan katta bo‗ladi
va kurakchaning yuzasi