|
Mehnat ta'tili rezervlari va to'lovlarini tashkil etish
|
bet | 8/9 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 29,7 Kb. | | #135896 |
Bog'liq 3 mavzu (2)Mehnat ta'tili rezervlari va to'lovlarini tashkil etish
Ta’til uchun rezerv tashkil etilganda DT xarajat hisobvaraqlari KT 8910, ta’til haqi hisoblanganda DT 8910 KT 6710
Ta’til uchun rezerv tashkil etilmaganda hisoblangan ta’til puli bir yo’la xarajat hisobvaraqlariga olib boriladi. Xo’jaliklarda xodimlarning asosiy va qo’shimcha mehnat haqlari va boshqa haqlar (ro’yhatda bo’lmaganlar, tarif uchun qo’shimcha va boshqa) mehnat haqi fondini tashkil etadi. Mehnat haqi fondining tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
– Mehnatga haq to’lash shakllari va tizimlariga muvofiq hisoblangan mehnat haqi.
– Mehnat haqi hisobiga berilgan mahsulot qiymati.
– Tarif stavkalari va maoshlariga qo’shimchalar.
– Mukofotlar.
– Xo’jaliklar shtatida bo’lmagan hodimlar mehnat haqi.
– Ta’til bo’yicha mehnat haqi va boshqalar.
Ishlab chiqarish rejasining bajarilishiga muvofiq mehnat haqi fondi ustidan doimiy nazorat bevosita korxona xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Bu ish va xizmat normalarini, maosh va rastsenkalarni, ustamalarni, mukofotlarni to’g’ri va asosli foydalanishi va boshqalar quyidagi nazoratlarda ko’rinadi. Ish haqi fondi nazoratini yuqori tashkilotlar ularga topshiriladigan hisobot va boshqa ma’lumotlar orqali nazorat qiladi. Korxona rahbari va bosh buxgalteri mehnat haqi fondidan ishlab chiqarish hajmiga mutanosib foydalanishni ta’minlashga ma’sul hisoblanadi. Shuning bilan birga ular xodimlarga mehnat haqini o’z vaqtida to’lanishini ham ta’minlashi lozim. Bu bo’yicha Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 19 martida “Ish haqi o’z vaqtida to’lanishiga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi qarorini ham ahamiyati katta. Shu kabi O’zbekiston Respublikasi xo’jalik protsessual Kodeksining 241 moddalariga ko’ra xo’jalik yurituvchi subyektlarga ish haqi va unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlarni to’lash uchun pul mablag’lari berishni banklarning mansabdor shaxslari, boshqa xizmatchilari tomonidan asossiz ravishda kechiktirganlik uchun EKIX-ning 7- barobaridan 10-barobarigacha jarima solish belgilangan.
|
| |