Mehnat ta'tilini hisoblash va to'lash hisobi




Download 29,7 Kb.
bet7/9
Sana12.01.2024
Hajmi29,7 Kb.
#135896
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 mavzu (2)

Mehnat ta'tilini hisoblash va to'lash hisobi.
Ta’tillarning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan taqvim bo‘yicha ish kunlari bilan hisoblab chiqariladi. Ta’til davriga to‘g‘ri kelib qolgan va ishlanmaydigan kunlar deb hisoblanadigan bayram kunlari ta’til muddatini belgilashda hisobga olinmaydi. Yillik ta’tilning umumiy muddatini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar yillik asosiy ta’tilga (shu jumladan uzaytirilgan ta’tilga ham) qo‘shib jamlanadi. Barcha hollarda qonun hujjatlari bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning umumiy muddati qirq sakkiz ish kunidan oshib ketishi mumkin emas. Ishlangan vaqtga mutanosib ravishda hisoblab chiqarilgan ta’til muddati, har bir to‘liq ta’til miqdorini o‘n ikkiga bo‘lib, so‘ng to‘liq ishlangan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda o‘n besh taqvimiy kunga teng va undan ko‘p bo‘lgan kunlar bir oy deb yaxlitlanadi, o‘n besh taqvimiy kundan kami esa chiqarib tashlanadi. Xodim mehnat ta’tilida bo‘lganda tarif stavkalari, lavozim maoshlari miqdorlari oshgan hollarda mehnatga haq to‘lashning yangi shartlaridagi korxonaning ishlagan kunlariga to‘g‘ri kelgan ish kunlarining amaldagi soni uchun to‘lovlar qayta hisoblanadi. O‘rindoshlik asosida ishlovchi ishchilarga mehnat ta’tili asosiy ish joyidagi ta’til bilan bir vaqtda, o‘rindoshlik asosida ishlagan ish vaqtiga mutanosib ravishda ta’til vaqtiga haq to‘lash bilan beriladi. O‘zR MKning 285-moddasi, xodimlarga vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasini quyidagi hollarda to‘lashni nazarda tutadi: - kasal bo‘lish (jaroxatlanish) tufayli mehnat qobiliyatini yo‘qotganda; - sanatoriy-kurortlarda davolanganda; - kasallangan oila a’zosini parvarishlash zarur bo‘lganda; - karantin e’lon qilinganda; - sil yoki kasb kasalligi tufayli vaqtinchalik boshqa ishga o‘tkazganda; - protez-ortopediya korxonasi statsionariga joylashtirilgan holda protez qilinganda. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi mehnatda mayib bo‘lgan va kasb kasalligiga chalinganda ish haqining to‘liq miqdorida, boshqa hollarda esa, xodiqiyining davlat ijtimoiy sug‘urtasi badallarini to‘lagan muddatiga (umumiy ish stajiga), qaramog‘idagi voyaga yetmagan bolalarining soni va boshqa holatlarga qarab, ish haqining oltmish foizidan yuz foizigacha miqdorda to‘lanadi. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasining eng kam miqdori qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqi miqdoridan oz bo‘lmasligi va nafaqa hisoblab chiqariladigan ish haqi miqdoridan ortib ketmasligi lozim.

Download 29,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 29,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat ta'tilini hisoblash va to'lash hisobi

Download 29,7 Kb.