• Oddiy ishbay
  • vaqtbay
  • Bajarilgan ish hajmi va ish haqini hujjatlada rasmiylashtirish.
  • 3-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi Xo'jalik subyektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatga haq to'lash shakllari va turlari




    Download 29,7 Kb.
    bet2/9
    Sana12.01.2024
    Hajmi29,7 Kb.
    #135896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3 mavzu (2)

    Tarif stavkasi - ishchining razryadiga muvofiq unga ma'lum vaqt birligi (kun, soat) uchun to'lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda, tarif stavkasi l-razryad uchun belgilanib, qolgan razryadlar tarif koeffitsientiga ko'paytirish yo'li bilan aniqlanadi. Ish haqi ikki shakldan iborat:
    1. Ishbay.
    2. Vaqtbay.
    Amalda ishbay ish haqi shaklining oddiy, mukofot va akkord tizimlari qo'lIaniladi.
    Oddiy ishbay - ishlab chiqarilgan mahsulot sonini ishbay narxiga ko'paytirish yo'li bilan ish haqi aniqlanadi.
    Ishbay mukofot shaklida ishchi asosiy ish haqidan tashqari ma'lum ishlab chiqarish yutuqlariga erishganligi uchun mukofot oladi. Ishbay ish haqining shu tizimi amalda keng qo’llaniladi.
    Ishbay akkord shaklida ish haqi summasi ishlab chiqarilishi lozim bo'lgan ish uchun belgilanadi. Ishbay akkord tizirni asosan, ma'muriy ishlami hamda ayrim buyurtmalami bajarishda qo'llaniladi.
    Ish haqining vaqtbay shaklida mehnatga haq xodimning isblagan vaqti va malakasiga qarab to'lanadi. Amalda vaqtbay ish haqining oddiy va mukofot shakllanda qo'llaniladi.
    Oddiy vaqtbay shaklida muhandis texnik xodimlar, xizmatchilar amaldagi isblagan vaqtiga qarab belgilangan maosh asosida haq olishadi. Vaqtida ish haqi ishchilar mehnatiga haq ulaming ishlagan vaqti va tarif stavkalari asosida aniqlanadi.
    Vaqtbay mukofot shaklida asosiy ish haqidan tashqari mukofot to'lanadi. Rahbar, muhandis-texnik xodimlar, xizmatchilar mehnati uchun oylik belgilangan oklad asosida to'lanadi. Hisobot oyidagi hamma ish kunini to'liq ishlagan bu toifadagi xodimlar mehnati oylik okladi miqdorida to'lanadi. Agar xodim hamma ish kunida to'liq ishlamagan bo'lsa, u holda uning mehnatiga haq ishlagan vaqti va oylik oklad asosida hisoblanadi.
    Ish haqi o'z tarkibiga ko'ra ikkiga bo'linadi:
    1. Asosiy ish haqi.
    2. QO'shimcha ish haqi.
    Bajarilgan ish hajmi va ish haqini hujjatlada rasmiylashtirish.
    Xodimlarning ishga kelishi va sarflanishi ish vaqtini to'g'ri hisobga olish, mehnat intizomini mustahkmlashda muhim ahamiyatga ega. Ish kunining necha soat davom etishi korxona ma'muriyati tomonidan kasaba uyusbmasi bilan kelishilgan holda belgilanadi. Sarflangan vaqt hisobi tabel asosida yuritiladi. Har bir xodimga tabel raqami biriktiriladi va u mehnat haqi bo'yicha rasmiylashtirilgan barcha hujjatlarda ko'rsatib boriladi.
    Hisob davri boshlanishi oldidan o'tgan oydagi tabeldan xodimning ismi sharifi ko'chirib yoziladi va ishga chiqish, ish vaqtining sarflanishi shartli belgilar yordamida hisobga olib boriladi. Ishga chiqish va ish vaqtidan foydalanish hisobi tabelda ikki usulda amalga oshiriladi:
    1. Barcha ishga chiqqan, kechikkan, biror sababga ko'ra ishga chiqmaganlar to'liq ro'yxatga olib boriladi.
    2. Tabelda faqat kechikkaniar, ishga chiqmaganlai- ro'yxatga olinadi.
    Har bir xodirnning ishlagan vaqti tabelda hisobot oyining birinchi yarmiga va oy oxiriga ko'ra, ya'ni ikki marta hisoblab chiqiladi. Tabel bo'lim yoki sex boshlig'i tomonidan imzolanadi, so'ngra tabelchi tomonidan buxgalteriyaga ish haqini hisoblash uchun topshiriladi.
    Mehnat va ish haqini hisoblash bo'yicha rasmiylashtiriladigan boshlang'ich hujjatJar belgilangan muddatga buxgalteriyaning ish haqini hisoblash bo'limiga topshiriladi. U buxgalteriya xodirnlari tomonidan tekshiriladi, so'ngra qayta ishlash uchun mashina hisoblash byurosiga yoki mashina hisoblash stansiyalariga yuboriladi.
    Boshlang'ich hujjatlarni qayta ishlash deyilganda ishchining bajargan ishini ishbay narxiga ko'paytirish yo'li bilan ish haqini hisoblash tushuniladi
    Qayta ishlangan hujjatlar, ishchilaming tabel raqamlari buxgalteriyada sexlar bo'yicha guruhlanadi va ishchining ish haqi uning shaxsiy schyoti yoki varaqalariga yozib boriladi.
    Ish haqi va boshqa hisob ishlari hisoblash mashinalari yordamida bajarilgan korxonalarda qayta ishlangan boshlang'ich hujjatJardagi ma'lumotlar asosida quyidagilar tuziladi:
    1. Hisoblash vedomosti.
    2. Hisoblangan ish haqini ishlab chiqarish schyotlari va xarajat moddalari o'rtasida taqsimlash vedomosti.
    3. Ish haqi sarfi bo'yicha me'yordan chetga chiqish vedomosti va boshqalar.
    6710-«Mehnatga haq to'lash bo'yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» schyotining analitik hisobi har bir xodim bo'yicha ayrim ochilgan shaxsiy schyotda yuritiladi va kategoriyalari hamda ishlagan joylari yuzasidan guruhlashtirilib boriladi. Mehnatga haq to'lash bo'yicha quyidagi dastlabki hujjatJar to'lg'aziladi:

    Download 29,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 29,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi Xo'jalik subyektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatga haq to'lash shakllari va turlari

    Download 29,7 Kb.