|
Xodimning boshqa operatsiyalar bo'yicha qarzi hisobi
|
bet | 5/9 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 29,7 Kb. | | #135896 |
Bog'liq 3 mavzu (2)Xodimning boshqa operatsiyalar bo'yicha qarzi hisobi
Odatda, korxonalarda ishchilaming yil davomida mehnat ta'tiliga chiqish oralig'i bir tekis kecbmaydi, ya'ni yilning qish oylariga qaraganda yozda mehnat ta'tiliga chiqish ko'proq bo'ladi. Ishlab chiqarilgan mahsulot tannarxini to'g'ri belgilash uchun ishchilaming mehnat ta'tili vaqtida to"lanadigan ish haqining hisob-kitobi buxgalteriya schyotlarida aks ettiriladi. Ishchilarga mehnat ta'tiliga to'lanadigan ish haqini tannarxga yil davomida bir tekis o'tkazishni ta'minlash uchun har oyda ma'lum mablag' zaxira qilib boriladi. Korxonaning kelgusi davr to'lovlari sifatida tavsiflanuvchi ushbu zaxira summasi ishchilarga har oyda amalda hisoblangan ish haqiga nisbatan ma'lum foiz miqdorida tashkil qilinadi va schyotlarda quyidagicha aks ettiriladi: D-t201O-«Asosiy ishlab chiqarish» schyoti. K-t2310-«Yordamchi ishlab chiqarish» schyoti. 8910-«Kelgusida qilinadigan xarajat va to'lovlar zaxirasi» schyotining krediti bo'yicha qoldiq foydalanilmagan zaxira summasini ko'rsatadi. ba'zan ishchilarga mehnat ta'tili vaqtiga haqiqatdan hisobl~gan ish haqi foydalanilmagan zaxira summasidan oshib ketib, 8910- schyot debet tomonida qoldiq hosil bo'lishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga zaxira tashkil etilganida buxgalteriyada quyidagilar qayd qilinadi: D-t Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlari. K-t 891O-«Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari rezervi». Ishchilarga mehnat ta'tili uchun ish haqi hisoblanganida quyidagicha provodka beriladi: O-t 891O-«Kelgusi davr xarajatlari va to'lovlari rezervi». K-t 671O-«Xodimlar bilan ish haqi bo'yicha hisoblashishlar». Bunday hollarda ushbu schyot debet tomonining qoldig'i balans tuzilgan vaqtda 3100-«Kelgusi davr xarajatlari hisobi» schyoti qoldig'iga qo'shilib balansda aks ettiriladi.
Jismoniy shaxslar daromadlari tarkibi, ulami soliqqa tortish va mehnat haqidan boshqa ushlab qolinadigan summalar hisobi.
Daromad solig‘i hisoblangan ish haqining butun sonidan hisoblab topiladi. Jismoniy shaxslarning ish haqisi va boshqa daromadlaridan ushlangan daromad solig‘i summasi korxona tomonidan byudjetga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazib berilishi kerak. Fuqoralarning daromadlaridan davlat byudjeti foydasiga ushlangan soliq summalarini hisobga olish uchun 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)» passiv schyoti qo‘llaniladi. Bu schyotning kredit qoldig‘i korxonaning byudjetdan bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi, debet oboroti – byudjetga o‘tkazib berilgan summani ko‘rsatadi; kredit oboroti – ishchi va xizmatchilarning ish haqlaridan ushlangan soliq summasini ko‘rsatadi
O‘zR Soliq kodeksining 55-moddasiga muvofiq 2019 yilda jismoniy shaxslarning ish haqlari, mukofot pullari va boshqa daromadlari summalaridan 12% daromad solig‘i undiriladi.
Ijro varaqalari bo‘yicha ushlanmalar. Ijro varaqalari aliment summalarini ushlash va o‘tkazib berish uchun asos bo‘lib hisoblanadi. Olingan ijro varaqalarini buxgalteriyada maxsus jurnal yoki kartochkada ro‘yxatga oladi. Xodimlarning arizasiga muvofiq alimentlar quyidagi hollarda ushlanadi: agar ushlanmalarning umumiy summasi 50% dan oshsa, shuningdek agar sud qarori bilan boshqa onadan bo‘lgan bolalar foydasiga, mehnatga layoqatsiz ota-onalar foydasiga, xotini (xotinlari) foydasiga. Ijro varaqalari bo‘yicha olib boriladigan hisob-kitoblar hisobi 6990 «Boshqa majburiyatlar» schyotining 1-«Ijro hujjatlari bo‘yicha tashkilot va shaxslar bilan hisob - kitoblar» analitik schyotida yuritiladi. Aliment hisobot oyi bo‘yicha hisoblangan ish haqi, vaqtinchalik ish qobiliyatini yo‘qotgan davrida hisoblangan nafaqa summasidan soliqlar ushlangandan keyin, shuningdek hisoblangan pensiya va stipendiya summasidan ushlanadi. Bu vaqtda quyidagicha provodka beriladi: D-t 6710-«Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar» K-t 6990-«Boshqa majburiyatlar». Ish haqi, pensiya va stipendiyalar to‘lash uchun belgilangan uch kunlik muddat ichida aliment summalari to‘lanishi yoki aliment oluvchilar hisobidan pochta orqali o‘tkazib berilishi kerak. Bunda 6990- schyoti debetlanib 5010- schyoti kreditlanadi.
|
| |