|
3-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi Xo'jalik subyektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatga haq to'lash shakllari va turlari
|
bet | 1/9 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 29,7 Kb. | | #135896 |
Bog'liq 3 mavzu (2)
3-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi
Xo'jalik subyektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatga haq to'lash shakllari va turlari.
Hozirgi xo'jalik yuritish sharoitida ishlab chiqarish korxonalarining bosh vazifasi turmush farovonligini yanada ko'tarish, ijtirnoiy ishlab chiqarish, ijtimoiy o'sib borish, xalq xo'jaligini jadal rivojlantirish yo'li bilan mehnat unumdorligini oshirish, milliy daromadni o'stirishdan iborat. Mehnat va ish haqini hisoblash, hisob ishlarining aniq va tezkor ma'lumotlar talab qiluvchi eng muhim va qiyin sohalaridan biridir. Unda xodirnlar sonini o'zgartirish, ish vaqtining sarflanishi, ish haqi fondi, korxonaning har bir xodirni bilan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Mehnat va ish haqi hisobining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Ish vaqtining to'g'ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
2. Sarflangan mehnat yoki ishlab chiqilgan mahsulotni tegishli hujjatlarda o'z vaqtida va to'g'ri aks ettirish.
3. Hisoblangan ish haqini kalkulyatsiya obyektlari o'rtasida to'g'ri taqsimlash.
4. Ish haqi va mehnatga haq to'lashning ilg'or usullarini amalga oshirish.
5. Mehnatga haq to'lash fondining to'g'ri sarflanishi ustidan nazorat olib borish.
Xodirnlar bajaradigan ish turlariga ko'ra ikki guruhga bo'linadi:
1. Ishchilar.
2. Xizmatchilar.
Xizmatchilar o'z navbatida quyidagi darajalarga bo'linadi: rahbarlar, mutaxassislar va boshqalar. Ishchilar tarkibiga moddiy ne'rnatlarni yaratish, tuzatish, yuklarni ko'chirish, yo'lovchilar tashish, bevosita moddiy xizmatlar ko'rsatish bilan band bo'lgan xodirnlar kiradi.
Xizmatchilar tarkibiga esa rahbarlar, mutaxassislar va boshqa xodirnlar taalluqlidir.
Rahbarlar tarkibiga korxona va uning tarkibiy bo'linmalarida rahbarlik lavozimini egallab turgan xodirnlar (direktor, uning o'rinbosarlari, bosh muhandis, bosh iqtisodchi, bosh buxgalter, bosh texnolog) va boshqalar kiradi. Mutaxassislar tarkibiga muhandislar, iqtisodchilar va boshqa iqtisodiy hamda muhandislik-texnikaviy ishlar bilan band bo'lgan xodimlar kiradi. Boshqa xodimlar toifasiga hujjatlami tayyorlash, rasmiylashtirish ishlarini olib boruvchi, xo'jalikka xizmat qiluvchi boshqa xodimlar (kassirlar, nazoratchilar, tabe1chilar, ish yurituvchilar va hokazolar) kiradi.
Xalq xo'jaligida ishchi mehnatiga tarif tizimi asosida sarflangan mehnat miqdori va sifatiga muvofiq haq to'lanadi.
Tarif tizimi - tarif malaka ma'lumotnomasi, tarif setkasi va tarif stavkasi kabi tushunchalami o'z ichiga oladi. Korxonada ishchilaming ishlab chiqarish tavsifi tarif-malaka ma'lumotnomasida keltiriladi. Ushbu hujjat ishchilar malakasini aniqlash va ularga razryad belgilashda asos bo'lib xizmat qiladi.
Tarif setkasi - razryadlar va ularga tegishli bo'lgan koeffitsientlari ko'rsatilgan hujjatdir. Hamma korxonalarda birinchi razryadning tarif koeffitsienti 1 ga teng bo'Jib, razryad ortgan sari tarif koeffitsienti ham ortib boradi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
3-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi Xo'jalik subyektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatga haq to'lash shakllari va turlari
|