• T-12 shakli
  • Mehnat va ish haqining sintetik hamda analitik hisobi.
  • 3-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi Xo'jalik subyektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatga haq to'lash shakllari va turlari




    Download 29,7 Kb.
    bet3/9
    Sana12.01.2024
    Hajmi29,7 Kb.
    #135896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3 mavzu (2)

    T-l shakli - «Ishga qabul qilish to'g'risida buyruq». Unda xodirnning kasbi, mansab va ish haqi ko'rsatilib, kadrlar bo'limida bir nusxada to'lg'aziladi va mehnat daftarchasiga qayd qilinadi.
    T-2 shakli - «Xodimning shaxsiy varaqasi». Kadrlar bo'limi tomonidan har bir xodirnga ayrim to'ldiriladi va xodirn tomonidan imzo bilan tasdiqlanib keyingi o'zgarishlar kiritilib boriladi.
    T-3 shakli - «Boshqa ishga o'tkazilganligi to'g'risida buyruq». Xodimlar korxona ichida boshqa ishga o'tkazilganda ikki nusxada to'lg'azib 1 nusxasi kadrlar bo'limida, 2-nusxasi buxgalteriyada saqlanadi.
    T-6 shakli - «Ta'til berish to'g'risida yozuv». Har yilda va boshqa sabablar bilan ta'tilga chiqarishda qo'llaniladi va buxgalteriyaga ta'til haqini hisoblashga asos bo'ladi. Agarda haq to'lanmaydigan ta'tilga chiqarilsa, buxgalteriya tomonidan xodimga haq hisoblanmaydi.
    T-8 shakli - «Mehnat shartnomasi tugatilganligi to'g'risida buyruq». Bu buyruq xodimlar ishdan bo'shatilganda bir nusxada yozilib, unga asosan kadrlar bo'limi mehnat daftarchasiga ko'chiradi va buxgalteriya hisob-kitob qiladi.
    T-12 shakli - «Ish vaqtidan foydalanishni hisobga olish va ish haqi hisoblash tabeli». Bu xodirnlaming ishga kelishini be1gilaydi va shunga asosan ish haqi hisoblanadi.
    T-13 shakli - «Ish vaqtini hisoblash tabeli». Bunda faqat xodimlaming ishga kelishi belgilanib boriladi. Bulaming hammasi mas'ul shaxslar tomonidan imzolanib, buxgalteriyaga topshiriladi
    Mehnat va ish haqining sintetik hamda analitik hisobi.
    Ish haqi va ishlab chiqarish hisobi bo'yicha ishlab chiqarish sexiari, bo'linmalarida rasmiylashtirilgan boshlang'ich hujjatlar belgilangan muddatga buxgalteriyaga topshiriladi va ular qayta ishlangandan so'ng xodimlar toifalari va tabel raqamlari bo'yicha guruhlanadi. Guruhlangan hujjatlardagi ma'lumotlar ishchi yoki xodirnning ish haqini hisoblash shaxsiy varaqasiga yozib boriladi. Keyinchalik o'sha varaqdagi ma'lumotlardan ish haqini hisoblash vedomostida foydalaniladi. Bu vedomostda ishchi va xizmatchilarga ish haqi va undan ushlab qolinadigan summalar aks ettiriladi. Vedomost har bir sex bo'linmalaridagi xodimlaming toifalari bo'yicha alohida tuziladi.
    Hisobot oyining birinchi yannida ish haqining ma'lum qismi bo'nak tariqasida beriladi. Ish haqini hisoblash vedomostida ishchi va xizmatchilar ishlab chiqarilgan mahsulot soni, sifati, ishchining ishlagan vaqtiga qarab hisoblangan ish haqi, ushlab qolingan soliqlar hamda berilishi lozim bo'lgan ish haqi miqdori ko'rsatiladi. Ayrim korxonalarda esa aksincha, ish haqini hisoblash vedomosti bilan to'lov vedomosti alohida hisob registrlarida hisoblanib, bunday vaqtJarda to'lov vedomostidan ish haqi to'lashda foydalaniladi. Ish haqini hisoblash - to'lov vedomosti korxonalarida avvaldan tayyorlanib qo'yiladi. Buning uchun ish haqini hisoblash byurosi operatorlari vedomostida xodimlaming ismi-shariflarini, razryadlarini, tabel raqamlarini va boshqa ma'lumotlarni qayd qiladi.
    Hisobot oyi tugashi bilan ish haqi hujjatlar asosida hisoblanib, vedomostga yoziladi.
    Korxona ro'yxatidagi va ro'yxatda bo'lmagan xodimlarga mehnat haqi hisoblash, mehnat haqining harnma turlari - mukofot, yordam puli, ishlaydigan pensiy~ oluvchilarga hisoblangan pensiya, aktsiya va boshqa qimmatbaho qog'ozlar bo'yicha daromadlami to'lash passiv 6710- «Xodimlar bilan mehnat haqi yuzasidan hisoblashishl3.[) schotida hisobga olinadi.
    Schyotning kreditida hisoblangan mehnat haqi, kasallik varaqalari bo'yicha nafaqalar, pensiyalar, ta'til summalari, debetida esa qonunda be1gilangan tartibda ish haqidan ushlab qolishlar va mehnat haqining kassadan berilishi aks ettiriladi.
    6700-schyotning kredit operatsiyalari lO-jumal orderda, debetli operatsiyalar 7-vedomostda aks ettiriladi. Kreditli oy oxiridagi qoldiq summasi korxonaning ishchi va xizmatchilariga bo'lgan qarzini bildiradi.

    Download 29,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 29,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-mavzu Mehnat va ish haqi hisobi Xo'jalik subyektining shaxsiy tarkibi, uning turkumlanishi, mehnatga haq to'lash shakllari va turlari

    Download 29,7 Kb.