• Debet 4210 « Ish haqi bo‗yicha berilgan avanslar ― Kredit 5010 «Kassa»
  • Debet 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‗naklar» Kredit 5010 «Kassa»
  • Xodimlarga berilgan avanslar hisobi




    Download 29,7 Kb.
    bet4/9
    Sana12.01.2024
    Hajmi29,7 Kb.
    #135896
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    3 mavzu (2)

    Xodimlarga berilgan avanslar hisobi.
    Korxonalar o‗zlarining xodimlariga turli maqsadlarda bo‗nak tariqasida mablag‗larni berishlari mumkin, masalan ish haqi bo‗yicha, qiladigan safari bo‗yicha, tayyorlov maqsadida va boshqa maqsadlarda. Bunday debitorlik qarzlari bo‗yicha hisobkitoblarning hisobi 21-son BXMS ga muvofiq quyidagi schyotlarda olib boriladi:
    4210 “Ish haqi bo„yicha berilgan bo„naklar” – bu aktiv schyot korxonaning o‗z xodimlariga ish haqi bo‗yicha hisobot davri ichida bergan mablag‗larining holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan. Xodimlarga ish haqi bo‗yicha bo‗naklar kassadan to‗lov qaydnomalari asosida beriladi. Umumiy berilgan bo‗nak summasiga to‗lov qaydnomalari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
    Debet 4210 « Ish haqi bo‗yicha berilgan avanslar
    Kredit 5010 «Kassa»
    Berilgan bo‗naklar oy oxirida xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e‘tiborga olinadi va jami hisoblangan ish haqidan ushlab qolinadi, ya‘ni:
    Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‗yicha hisob-kitoblar»
    Kredit 4210 « Ish haqi bo’yicha berilgan bo’naklar ― Xodimlarga ish haqi bo’yicha berilgan bo’naklarning analitik hisobi har bir xodim bo’yicha olib boriladi
    4220 «Xizmat safarlari uchun berilgan bo„naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‗z xodimlariga xizmat safarlari bo‗yicha hisobot davri ichida bergan mablag‗larining holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan. Xodimlarga xizmat safarlari bo‗yichabo‗naklar korxona rahbarining xizmat safari to‗g‗risidagi buyrug‗i, xizmat safari uchun ketadigan sarf-harajatlarning dastlabki hisob-kitoblari asosida hisoblanadi va kassadan to‗lov qaydnomalari yoki chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‗nak summalariga kassa hujjatlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
    Debet 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‗naklar»
    Kredit 5010 «Kassa»
    Berilgan bo‗naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e‘tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‗nak hisobotiga asosan yopiladi, ya‘ni:
    Debet 6970 «Hisobdor shaxslarga qarzlar» yoki 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 «Ma‘muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010- 1090 «Materiallar schyotlari» va boshqalar
    Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‗naklar» Agar berilgan bo‗nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‗nak hisoboti summasidan ko‗p bo‗lgan bo‗lsa, u holda ortiqcha berilgan summa korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi, ya‘ni:
    Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‗yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa»
    Kredit 4220 « Xizmat safarlari uchun berilgan bo‗naklar» Xodimlarga xizmat safarlari uchun berilgan bo‗naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‗yicha olib boriladi. Chet elga xizmat safariga yuborilayotgan shaxslarga avanslar chet el valyutasida beriladi. Bunday avanslar summasini bankdan olinishi va berilishi maxsus Tartibga asosan amalga oshiriladi va hisobga olinadi.
    4230 «Umumxo„jalik harajatlari uchun berilgan bo„naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‗z xodimlariga umumxo‗jalik harajatlari uchun hisobot davri ichida bergan mablag‗larining holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan. Bunday bo‗naklar, odatda, mayda xo‗jalik buyumlarini naqd sotib olish va uchun xo‗jalik ishlari bo‗yicha moddiy javobgar bo‗lgan shaxslarga beriladi. Xodimlarga umumxo‗jalik maqsadlaridagi bo‗naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‗nak summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
    Debet 4230 «Umumxo‗jalik harajatlari uchun berilgan bo‗naklar»
    Kredit 5010 «Kassa» Berilgan bo‗naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e‘tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‗nak hisobotiga asosan yopiladi, ya‘ni:
    Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 «Ma‘muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari» va boshqalar
    Kredit 4230 «Umumxo‗jalik harajatlari uchun berilgan bo‗naklar» Agar berilgan bo‗nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‗nak hisoboti summasidan ko‗p bo‗lgan bo‗lsa, u holda ortiqcha berilgan summa korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi, ya‘ni:
    Debet 6710 «Xodimlar bilan ish haqi bo‗yicha hisob-kitoblar», 5010 «Kassa»
    Kredit 4230 ― Umumxo‗jalik harajatlari uchun berilgan bo‗naklar» Xodimlarga umumxo‗jalik harajatlari uchun berilgan bo‗naklarning analitik hisobi har bir xodim bo‗yicha olib boriladi
    4290 « Xodimlarga berilgan boshqa bo„naklar» - bu aktiv schyot korxonaning o‗z xodimlariga yuqoridagi schyotlarda aks ettirilmagan maqsadlar uchun hisobot davri ichida bergan mablag‗larining holati va harakatini aks ettirishga mo‗ljallangan. Bunday avanslar bo‗lib, masalan, qishloq xo‗jalik mahsulotlari va mollarini bozorlardan sotib olish, ish joylari korxonaning ma‘muriy binosidan uzoq joylarda joylashgan xodimlarning ish haqlarini tarqatish , telefon-telegraf harajatlarini to‗lash uchun berilgan bo‗naklar hisoblanadi. Xodimlarga bunday bo‗naklar kassadan chiqim kassa orderlari asosida beriladi. Berilgan bo‗nak summalariga chiqim kassa orderlari asosida quyidagi buxgalteriya yozuvlari qilinadi:
    Debet 4290 «Xodimlarga berilgan boshqa avanslar »
    Kredit 5010 «Kassa»
    Berilgan bo‗naklar xodimlar bilan yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirishda e‘tiborga olinadi va xodimning tasdiqlangan bo‗nak hisobotiga asosan yopiladi, ya‘ni:
    Debet 2010 «Asosiy ishlab chiqarish», 2310 «Yordamchi ishlab chiqarish», 9420 «Ma‘muriy–boshqaruv harajatlari» , 1010-1090 «Materiallar schyotlari»,1100 «boquvdagi va o‗stirishdagi mollar», 6710 « Xodimlar bilan ish haqi bo‗yicha hisobkitoblar» va boshqalar
    Kredit 4240 «Xodimlarga berilgan boshqa bo‗naklar » Agar berilgan bo‗nak summasi xodimning tasdiqlangan bo‗nak hisoboti summasidan ko‗p bo‗lgan bo‗lsa, u holda ortiqcha berilgan summalar yuqorida keltirilgan tartibga o‗xshab korxona kassasiga qaytariladi yoki xodimning ish haqidan ushlab qolinadi Xodimlarga berilgan avanslarning analitik hisobi ushbu schyot bo‗yicha ham har bir xodim bo‗yicha olib boriladi

    Download 29,7 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 29,7 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xodimlarga berilgan avanslar hisobi

    Download 29,7 Kb.