Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisoblashishlar




Download 29,7 Kb.
bet6/9
Sana12.01.2024
Hajmi29,7 Kb.
#135896
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3 mavzu (2)
6-synp. Gadymy dunya taryhy (2017, A.Sagdullayew, W.Kostetskiy), vocabulary 3-unit, 3-test, OILANING IJTIMOIY MAQOMI, Noan’anaviy tarbiyaviy scat mashg‘uIotlarini tashkil etish usullari. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar kontseptsiyasi., dt topshiriq 1, 1685612798, XONA RAQAMLARI, Kitob 5340 uzsmart.uz, Дилшод Субанов, Muzaffarov Mirzohid, ZLpSPs0LvEXAAN2bzkmsuwTKY5p08I71rfULx2Io, Emperik va nazariy bilishni qiyoslang., ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА № 2 ARDUINO, 1- mavzu Lokal va global kompyuter tarmoqlari Tatmoqlar haqida
Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisoblashishlar.
Ijtimoiy soliq to‘lovi ajratmalar miqdori O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadi. 2004 yildan boshlab O‘zR VMning 2003 yil 25 dekabrdagi 567-sonli "O‘zbekiston Respublikasining 2004 yilgi davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida"gi Qaroriga muvofiq mehnatga haq to‘lash fondidan Pensiya jamg‘armasiga, Davlat bandlikka ko‘maklashish fondiga va Kasaba uyushmasi federatsiyasi Kengashiga ajratmalar yagona ijtimoiy to‘lovga birlashtirildi. Fuqarolarning ish haqidan byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy sug‘urta badallari 2019 yildan boshlab bekor qilindi. "Yagona ijtimoiy to‘lovni hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasiga majburiy badallar va ajratmalarni hisoblash, to‘lash va taqsimlash to‘g‘risida"gi Nizomga va 21-son BHMSga muvofiq ijtimoiy soliq bo‘yicha hisoblashishlar hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi: - ijtimoiy soliq to‘lovlar 6520 - "Davlatning maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar" hisobvarag‘ida aks ettiriladi; - tegishli pensiyalar va nafaqalarning e’lon qilingan summalari 4890-“Boshqa debitorlarning qarzlari” hisobvarag‘ida aks ettiriladi. 6520 - hisobvaraqning kreditida korxonaning davlatning maqsadli fondlariga ajratmalar bo‘yicha qarzlari ishlab chiqarish xarajatlari, davr xarajatlari yoki sug‘urta to‘lovlarining boshqa manbalari hisobi yuritiladigan hisobvaraqlar bilan korrespondensiyada, debetida esa mavjud qarzlarni to‘lashlar, pul mablag‘lari hisobi hisobvaraqlari bilan korrespondensiyada aks ettiriladi. Xodimlarga pensiya va nafaqalar berish 6710 - "Xodimlar bilan ish haqi bo‘yicha hisob-kitoblar" hisobvarag‘ining debetida pul mablag‘lari hisobi hisobvarag‘i bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.
Majburiy ijtimoiy jamg‘armalarga ajratmalarini to‘lovchilar bo‘lib hisoblangan yuridik va jismoniy shaxslar, ularning to‘g‘ri hisoblanganligi, o‘z vaqtida to‘lanishi, jumladan yollanib ishlovchi fuqarolarning majburiy ajratmalarini soliq qonunchiligiga mosligi uchun javobgar bo‘ladilar. Soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,045 foizdan 0,06 foizgacha miqdorida penya hisoblab chiqariladi, to‘lov kuni ham shunga kiradi. Tadbirkorlik sub’ekti tomonidan ortiqcha to‘langan summalarga teng bo‘lgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Penya miqdori tadbirkorlik sub’ektining tegishli soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlari summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Penya to‘lash tadbirkorlik sub’ektini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi.

Download 29,7 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 29,7 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yagona ijtimoiy to'lov bo'yicha hisoblashishlar

Download 29,7 Kb.