|
3-mavzu: Nutqiy kompetensiya va lingvistik kompetensiyalarni dts da qo’yiladigan talablar. Reja
|
bet | 11/17 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 58,59 Kb. | | #151040 |
Bog'liq 3-mavzu1. Savоllarga javоb bеrish:
1) So`zda qaysi qism eng asоsiysi hisоblanadi? Nima uchun?
2) So`z yasоvchi qo`shimcha qanday vazifani bajaradi? Misоl bilan isbоtlang.
3) So`zda fоrma yasоvchi nima uchun хizmat qiladi? Isbоtlang.
2. Ikki so`zning ma’nоsi va tarkibini taqqоslash. Buning uchun o`quvchilar o`zak va so`z yasоvchi qo`shimchalarning sеmantik rоlini qanchalik tushunganini aniqlashga imkоn bеradigan so`zlar tanlanadi. (ishladi va bоshladi, paхtakоr va paхtazоr).
3. So`zlarni taqqоslab, o`zakdоsh yoki o`zakdоsh emasligini isbоtlash (tuz, tuzdоn, tuzli, tuzsiz, tuzladi) qaysi qism ularni o`zakdоsh qilyapti? Qaysi qism har хil ma’nоli so`z hоsil qilyapti? Savоllariga javоb bеrish.
4. Bоg`bоn, o`rоq, bоg`ni, ishchidan so`zlarini tarkibiga ko`ra tahlil qilish:
1) O`zak va so`z yasоvchi qo`shimchadan.
2) O`zak va fоrma yasоvchi qo`shimchadan.
3) O`zak va so`z yasоvchi, fоrma yasоvchi qo`shimchalardan tuzilgan so`zlar tanlash.
4) Tayanch so`zlar asоsida o`qituvchi tavsiya etgan mavzuga оid kichik hikоya tuzish.
Boshlang`ich sinflarda so`z tarkibini o`rganish o`quvchilarning lug`at boyligini o`stirish omili hisoblanadi.
Ona tilini o’rgatishning lingvistik asoslari. Maktabda o‘quv predmeti sifatida tilni o‘rganish tizimi tilning barcha tomonlarini, yani fonetikasi, leksikasi, so‘z yaslishi va grammatikasi (morfologiya va sintaksis)ning o‘zaro ichki bog‘lanishlariga asoslanadi.
Tilning barcha tomonlari o‘zaro bog‘lanishining ko‘p qirraliligi va murakkabligi, ularning dialektik birligi, avvalo, uning aloqa vositasidagi vazifasida namoyon bo‘ladi. Aloqa vositaligi tilning muhim xususiyati, asosidir. Bu vazifani tilning har bir qismi boshqa qismlar bilan o‘zaro bog‘lanishda bajaradi. Har bir so‘zga xos bo‘lgan tovush shakli kishilarga aloqa uchun imkoniyat yaratadi. Ammo so‘zning tovush qurilishi, shakli mazmunsiz aqlga to‘g‘ri kelmaganidek, o‘zicha yashamaydi. Istalgan tovushlar yig‘indisi emas, balki ma’lum ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisigina aloqa maqsadiga xizmat qilishi mumkin.
Ma’lumki, ma’no bildiradigan tovushlar yig‘indisi so‘zdir. Tilning lug‘at boyligi, leksikasi fikr ifodalash uchun xizmat qiladigan o‘ziga xos qurilish materialidir.
Tilning lug‘ati qanchalik boy bo‘lsa ham grammatikasiz u o‘lik hisoblanadi. Tilnnng lug‘at boyligi o‘z-o‘zichaaloqa vazifasini bajarmaydi. Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug‘at boyligidagi so‘zlar bir-biri bilan grammatik jihatdan o‘zaro bog‘lanib, gap tuziladi. Mana shu tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi.
Tilning har bir tomonining xususiyati undagi til birliklarining o‘ziga xosligida namoyon bo‘ladi. Fonetika uchun bunday til birligi nutq tovushlari, fonemalar; leksikologiya uchun ma’nosi va qo‘llanishi nuqtai nazardan so‘z; grammatika uchun so‘z shakllari, shuningdek, so‘z birikmasi va gap; so‘z yasalishi uchun morfema, tuzilishi va yasalishi jihatdan so‘z hisoblanadi.
So‘z, so‘z birikmasi va gap grammatik tomondan ko‘pgina xususiyatlarga ega. So‘zning o‘z morfemik qurilishi, o‘zining so‘z yasalish turi, biror grammatik kategoriyasi (shaxs, son, egalik, kelishik va boshq.), ma’lum sintaktik vazifasi bor. So‘z birikmasi ham so‘z kabi so‘z o‘zgarishi (ko‘proq ergash so‘z o‘zgaradi) shakllariga ega. Gap o‘z qurilishiga ko‘ra so‘zdan sifat jihatdan farqlanadi: so‘z o‘zi alohida kelganda mustaqil ma’no anglatmaydigan morfemalardan tuziladi, gapni tashkil etuvchi qismlar esa gapdan tashqarida ham mustaqil leksik ma’no bildiradi, gap tarkibida esa uning ma’nosi yana oydinlashadi. Gap va so‘z birikmasi “qurilish materiali” sifatida xilma-xil tuzilgan so‘zdan foydalanadi. Gap uchun qator sintaktik xususiyatlar, shuningdek, tugallangan ohang ham xarakterlidir.
Fonetika, leksikologiya bilan ham, grammatika bilan ham bog‘lanadi. Tovushlar, fonemalar, bo‘g‘inlar tilda alohida emas, balki ma’lum leksik ma’no bildiradigan so‘z tarkibida yashaydi. Fonetikaning sintaksis bilan bog‘lanishi, xususan, har bir gapda ma’lum ohangda bo‘lishida ko‘rinadi. Grammatik va semantik jihatdan bog‘langan so‘zlar majmuasi ma’lum ohangga ega bo‘lsagina gap hisoblanadi. Bunda gapning mazmuni so‘zlovchining gapda ifodalangan ohangiga bog‘liq bo‘ladi. Shunday qilib, ohang gapda so‘z tartibi, yordamchi so‘zlardan foydalanish, so‘z o‘zgartishlar bilan birga gap tuzish usullaridan biri sifatida xizmat qiladi.
Leksikologiya so‘z yasalishi bilan jips bog‘lanadi: birinchidan, tilning lug‘at tarkibi, asosan, tilda mavjud bo‘lgan so‘zlardan yangi so‘zlar yasalishi hisobiga to‘ldirilib, boyib boradi; ikkinchidan, yasalgan so‘zlarning leksik ma’nosi yasama negizning moddiy ma’nosiga asoslanadi.
Morfologiya leksikologiya va so‘z yasalishi bilan jips bog‘langan. Morfologiya,asosan, so‘zning grammatik xususiyatlarini o‘rganadi. So‘zning grammatik ma’nosi doimo leksik ma’nosi bilan birga namoyon bo‘ladi, har bir so‘z, bir tomondan, shu so‘zga tegishli bo‘lgan ma’lum o‘ziga xos leksik-grammatik guruhningbelgilarini bildiradi, ikkinchi tomondan, u so‘zning o‘z leksik ma’nosi bo‘ladi. So‘zdagi mana shu umumiy birlik morfologiyada, leksikadan ajralmagan holda, leksika zaminida o‘rganiladi.
So‘z uchun muqarrar morfemik tarkibi xarakterli bo‘lib, bunga so‘zning leksik ma’nosi va qator grammatik belgilari bog‘liq bo‘ladi. Yangi so‘z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik shakllanadi va o‘zining leksik ma’nosiga ega bo‘ladi. Har bir so‘z turkumida so‘z yasalishining xarakterli xususiyatlarn mavjud. So‘zning morfemik tarkibi va yangi so‘z yasalish usullari tilshunoslik fanining so‘z yasalishi bo‘limida, grammatika va leksikologiyadan ajratilmagan holda o‘rganiladi.
Morfologiya va sintaksis har tomonlama o‘zaro bog‘lanadi.
Morfologiyada, asosan, so‘zlarning grammatik ma’nosi va uni ifodalash shakllari o‘rganiladi; sintaksisda so‘zlarni o‘zaro bog‘lanib so‘z birikmasi va gap hosil qilish usullari, shuningdek, gap turlari, ularning mazmuni va ishlatilishi o‘rganiladi. So‘z morfologiyada ham, sintaksisda ham o‘rganiladi, ammo o‘rganish ob’ekti har xil bo‘ladi. Sintaksisning o‘rganish ob’ekti gapdir; unda so‘z gap yoki so‘z birikmasida boshqa so‘zlar bilan ma’no va grammatik jihatdan bog‘langan holda o‘rganiladi. Morfologiyada so‘z gapdan tashqarida ham o‘rganilishi mumkin; so‘zga muayyan leksik-grammatik guruhga kiradigan so‘zlar bilan o‘zaro munosabati nuqtai nazaridan qaraladi. Morfologiya va sintaksisda so‘zga bunday har xil yondashish ularning bir-biriga bog‘liqligini inkor etmaydi, aksincha, ular so‘z va gapning o‘zida yashaydi. So‘zlar so‘z o‘zgarish tizimiga ega bo‘lgani tufayli gaplar aloqa vazifasinibajaradi. Shakl yasalishi va so‘zyasalishimorfologiyada o‘rganiladi, ammo gapda tatbiq etiladi, so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish qoidalarini o‘rganish esa sintaksis sohasiga taalluqlidir.So‘z birikmasi tarkibidagi so‘zlarning o‘zaro bog‘lanish usulini aniqlashda shu so‘z birikmasiga kirgan so‘z turkumining morfologik xususiyatlari hisobga olinadi. Bular morfologiya va sintaksisda bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganiladigan til hodisalarining ayrimlaridir.Bu aniq misollar morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo qilsa ham, grammatikaning mustaqil bo‘limi ekanini ta’kidlash uchun etarli.
Keltirilgan fikrlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga predmetlararo ichki bog‘lanishni hisobga olgan holda ona tilini o‘rgatish metodikasini belgilaydi.
1. Tilning barcha (leksik, fonetik, so‘z yasash, grammatik) tomonlari o‘zaro bog‘liqligini va ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olib, o‘quvchilar tilni ongli o‘zlashtirishlari uchun tilning har bir tomoni xususiyatlarini va ular o‘rtasidagi bog‘lanishni o‘zlashtirishlari zarur. 1-4-sinflarda ona tilini o‘rganish tizimi fonetika, leksikologiya, so‘z yasalishi va grammatikaning o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini hisobga olgan holda tuziladi. Bu hol dastur materiallarini o‘rganish tartibini belgilashda ham, ta’lim mazmunini (dastur bo‘limlari o‘rtasidagi uzviy bog‘lanishni) aniqlashda ham hisobga olinadi.
2. Tilning barcha jihatlarining bir-biriga ta’siri uning aloqa quroli vazifasida namoyon bo‘ladi. Tilning asosiy birligi sifatida aloqa maqsadida so‘zni to‘g‘ri talaffuz qilish yoki yozish, shu tilda so‘zlashuvchi barcha kishilarga bir xilda tushunarli bo‘lishi, gapda grammatik jihatdan to‘g‘ri tuzilishi kerak.
Shularni hisobga olib, kichik yoshdagi o‘quvchilar tilning talaffuzi, grafik, leksik, so‘z yasalishi va grammatik tomonlarining o‘zaro bog‘lanishi mohiyatini tushunishlari uchun dastur materialini o‘rganishda tilning aloqa vazifasi etakchi ekani nazarda tutiladi, ya’ni kishilar bilan aloqa jarayonida tilning barcha tomonlari birgalikda foydalanilishi hisobga olinadi. Shu maqsadda tilning fonetik tomonini o‘rganishda so‘zning ma’no va talaffuz jihatdan birlik hosil qilishini, tovushning so‘z ma’nosini farqlashdagi o‘rnini tushuntirishga katta ahamiyat qaratiladi.
“So‘z” mavzusi o‘tilayotganda o‘quvchilar tomonidan so‘zning talaffuzi, leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi, nutqda ishlatilishi va yozilishini yaxlit tushunishga asosiy diqqat qaratiladi. Bunda o‘qituvchi so‘zning nom bo‘lib xizmat qilishini ham, morfemik tarkibi va leksik ma’nosining bir-biriga ta’sirini ham o‘quvchilarning tushunib olishlariga erishishi lozim.
“Gap” mavzusini o‘rganish vaqtida esa ishning asosiy yo‘nalishi nutqda gapning til birligi sifatidagi vazifasini tushuntirish va o‘quvchilarda og‘zaki va yozma nutqlarida gapdan oson foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish hisoblanadi.
Maktabda tilning barcha tomonlarini bir-biri bilan bog‘liq holda o‘rganish ona tilini o‘rgatishning etakchi metodik tamoyili hisoblanadi. Buni amalga oshirish til o‘suvchan, bir-biriga o‘zaro ta’sir etadigan tomonlari mavjud bo‘lgan murakkab hodisa ekanini tushuntirishda ilmiy asos hisoblanadi.
Ona tili kursida beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va yozma nutqda tovushlarni ifodalash usullari haqidagi (fonetik va grafik); so‘zlarning o‘zgarishi va gapda so‘zlarning bog‘lanishi haqidagi (grammatik, ya’ni morfologik va sintaktik); so‘zning morfemik tarkibi va so‘z yasalish usullari haqidagi (so‘z yasalishiga doir); so‘zlarning leksik-semantik guruhi haqidagi (leksikologik); o‘zbek tilining to‘g‘ri yozuv tamoyillari va tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi (orfografik va punktuastion) bilimlar tashkil etadi. Bu bilimlar, birinchidan, grammatik, fonetik, so‘z yasalishiga oid tushunchalarda, ikkinchidan, grafik, orfografik, punktuastion qoidalarda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, o‘zbek tili kursi fonetik, grafik, morfologik, sintaktik va boshqa ko‘nikma va malakalarni ham o‘z ichiga oladi.
Tilni o‘rganish jarayonida o‘quvchilarda boshqa ko‘pgina o‘quv predmetlari uchun umumiy bo‘lgan ko‘nikmalar (predmetlararo ko‘nikmalar)ni hosil qilish ustida ham ish olib boriladi. Pedagogikada bunday predmetlararo ko‘nikmalarga analiz, sintez, abstraktlashtirish (til hodisalarini fikran tasavvur etish), umumlashtirish, guruhlash, taqqoslash kabilar kiradi. Ushbu ko‘nikmalarni o‘quvchilarda shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash ularning o‘quv faoliyatini faollashtirishga, bilimlarini muvaffaqiyatli egallashlariga imkoniyat yaratadi. Ona tili kursidan hosil qilinadigan maxsus ko‘nikmalar bilan predmetlararo ko‘nikmalar, bir-biridan ajratilmagan holda o‘quv-tarbiyaviy jarayonda shakllantiriladi.
|
| |