|
402-guruh talabasi allaberdiyev Shaxboz Bahrom o‘g‘lining
|
bet | 2/11 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 188,27 Kb. | | #242363 |
Bog'liq Shaxbozbek kurs ishiKurs ishining maqsadi. Ta'lim menejmentini o'qitishda dasturlashgan ta'limdan foydalanishning imkoniyatlari ustida kichik ilmiy izlanish olib borish.
Kurs ishining vazifalari:
Ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning ahamiyatini o’rganish;
Dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasining kirib kelishi haqida tushuncha berish;
Dasturlashtirilgan ta'lim texnologiyasini ishlab chiqish jarayoni va uning bosqichlarini o’rganish;
Ta’lim menejmentini o’qitishda dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyasining ahamiyatini o’rganish.
Kurs ishining predmeti. Ta'lim menejmentini o'qitishda dasturlashgan ta'limdan foydalanishning imkoniyatlarini o’rganishning metod va vositalari.
Kurs ishining obyekti. Ta’lim menejmentini o’qitishda pedagogik jarayonlar, pedagogik texnologiyalar xususida ilmiy tadqiqotlar.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 bob, rejalar, xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
I BOB O’QITISH TEXNOLOGIYALARINING TA’LIM JARAYONIDAGI O’RNI. DASTURLASHTIRILGAN TA’LIM TEXNOLOGIYASI
1.1 Ta`lim jarayonida pedagogik texnologiyalarning ahamiyati
Hozirgi zamon o`qituvchisining asosiy fazilatlaridan biri - o`z kasbiga sadoqatliligi, g`oyaviy e`tiqodliligi, iymonliligi, bolajonliligi, o`z fanini mukammal bilishi va sevishi kabi xislatlari orqali boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Chunki, ta`lim muassasasida ta`lim - tarbiya ishining yuqori saviyada olib borilishi o`qituvchiga va uning kasbiy tayyorgarligiga bog`liq. O`qituvchi shaxsiga qo`yiladigan muhim talablardan biri pedagog o`zi o`qitayotgan predmetni chuqur bilishi bilan birga, uning o`qitish metodikasini o`zlashtirib olgan bo`lishi zarur. O`qitayotgan predmetning nazariyasini chuqur bilishi, uni qiziqarli qilib o`quvchilarga yetkaza olishi o`quvchilarning shu fanga bo`lgan qiziqishini oshiradi va o`qituvchining obro`yini ko`taradi. Pedagogik faoliyat, hayotda yuzaga keladigan har qanday vaziyatda kasbiyshaxsiy o'sishga olib keladigan holatni yaratish, o'qituvchiga xos kreativlik, ijodkorlik, kashfiyotchilik xususiyatlarini saqlashga intilish ham zamon bilan hamnafaslikni anglatadi. Uzluksiz ta'lim jarayonida o'qituvchiga xos bo'lgan yuqoridagi xususiyatlarni inobatga olish kutilgan natijani beradi. Shu bilan birga, ta'kidlash lozimki, bugun nafaqat o'qituvchining kasbiy mahoratini tashqi omillar ta'sirida takomillashtirish, balki uning o'zini rivojlantirish uchun sharoit va motivatsiya yaratish, ichki intilishlariga asoslanish muhim bo'lmoqda. O`qitish usuli-bilish faoliyatini maxsus shaklda tashkil etish demakdir. Interaktiv o`qitish usuli ta`lim jarayonining oldindan belgilangan aniq maqsadi bo`lishini, ular bo`laklarga ajratilishini taqozo etadi. Shunday maqsadlardan biri-ta`lim sharoitini qulay va yoqimli bo`lishini ta`minlashdir. Talabalar darsda to`la o`zlashtirish imkoniyati borligini hamda mazkur masalaning o`zlashtirish usulini, mazkur masalani ishlashga intelektual salohiyati yetarli ekanligini his qilishi alohida ahamiyatga ega. Shunday yoqimli psixologik iqlimda ta`lim jarayoni mahsulli faoliyatga aylanadi. Interaktiv o`qitish metodini qo`llash jarayonida o`quvchilarning barchasi bilish jarayonida faol qatnashadilar, ular o`zlari bilgan, esga tushirgan, o`ylagan ma`lumotlariga tayanishlari, ulardan bilish jarayonida foydalanishlari mumkinligini tushunadilar va shunga moslashadilar. Birgalikdagi aqliy bilish, izlanish faoliyatida har bir o`quvchi shaxsan ishtirok etib, unga o`z hissasini qo`shadi. Bilimlari, g`oyalari, qarashlari, nuqtai nazarlari, faoliyat ko`rsatish usullari bilan o`quvchilar o`zaro fikr, tajriba almashadilar. O`zaro fikrlashish, tajriba almashish jarayoni samimiy, sidqidildan o`zaro qo`llab-quvvatlashdek iliq ruhiy iqlimda bo`lib o`tsa, bu holat nafaqat yangi bilim olishni ta`minlaydi, balki bilish faoliyatini oshiradi, faollashtiradi, ularni bilish jarayonidagi hamkorligini mustahkamlaydi.
Darslardagi interaktiv faoliyat 5 ta asosiy elementlardan tashkil topadi.
1. Ijobiy-samimiy o`zaro bog`liqlik.
2. Guruh ichida shaxsiy mas`uliyatlilik.
3. Bir-biriga ta`sir etuvchi o`zaro faoliyat.
4. Hamkorlikda ishlash malakasi.
5. Guruhda ishlash. Interaktiv metod bir kishining fikri, chiqishlarini boshqalarnikidan ustun qo`yishni ta`qiqlaydi.
Barcha o`qituvchilardan talabalarning har birini o`ziga xos qarashi, fikri, xulosasi borligini hisobga olishni, hurmat qilishni talab etadi. Interaktiv o`qitish metodi sinfda sheriklik atmosferasini yaratish uchun aniq imkoniyatlarga ega. U yaxshi dars o`tishning tayyor retsepti bo`lmasdan, mazkur o`qitish metodiga asoslangan ta`lim texnologiyasi, o`qituvchi va o`quvchilarni ijodiy muallifdoshi tartibida ishlashga o`rgatadi. Natijada o`quvchi hayotning, ishlab chiqarishning har qanday o`zgarishlariga ko`ra o`zini standart bo`lmagan xulosa va qarorlarini ishlab chiqish, qabul qilish malakasini egallaydi. Pedagogik jarayonda ta`lim-tarbiya ishining muvaffaqiyati o`qituvchining kasbiy mahoratini takomillashtirib borishiga ko`p jihatdan bog`liqdir. Kasbiy mahoratni takomillashtirish o`qituvchi shaxsiga xos bo`lgan bir qancha sifatlarni - uning aql-zakovati, irodasi, hissiyotlari, xarakteriga xos ijobiy xususiyatlarni yuzaga kelishiga yordam beradi. Bu xususiyatlar tufayli qobiliyatli va mahoratli o`qituvchi muvaffaqiyatli ishlaydi va oz mehnat sarflab katta natijaga erishadi. Masalan, "keys-stadi"ni takrorlash umumlashtirish darslarida yoki muammoli vaziyatlar ko'p ushrashadigan mavzularda, "Insert" texnikasini o'tilgan mavzuni mustahkamlash uchun uyga vazifa sifatida, "FSMU", "Nima uchun", "Venn diyagrammasi", "Qiyosiy taxlil", "Klasster", "Auktsion" texnologiyalarini mavzu o'rtasida qo'llash mumkin. Bu texnologiyalarni o'qituvchi albatta o'z fani mavzulariga moslashtirib o'rni-o'rnida foydalanadi. Ta’lim menejmenti fanida "Personalni to’g’ri boshqarish" mavzusi bo'yicha keys-stadi mustaqil ish uchun topshiriq sifatida berilsa maqsadga muvofiq. Ta'lim tizimida yangi pedagogik texnologiyalarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat: - samimiy do'stona munosabat, ijodiy muhitni yuzaga keltirish; - o'quvchilarning shaxsiy ijodiy imkoniyatlarini, sifatlarini ochirish; - o'quvchilarni passiv tinglovchidan aktiv ishtirokchi darajasiga ko'tarish - mustaqil izlanishga va mantiqiy fikrlashga o'rgatish; - guruhlarda o'zini namoyon eta olish, bir-birlarini tinglash qobiliyatlarini tarbiyalash; - o'quvchilarning o'z g'oyalari, fikrlarini yozma ximoya qilish imkoniyatlarini rivojlantirish; - jamoaviy va mustaqil ishlashga, o'quv va hayotiy faoliyatlarida uchraydigan turli holat va vaziyatlardan chiqish, vaziyatni to'g'ri baholash, ularning fikrlash qobiliyati va nutq faoliyatini shakllantirish; - aniq bir mavzu rejasi yuzasidan aniq bir tushuncha xosil qilishiga o'rgatish; - yaxshi insoniy fazilatlarni shakllantirish; ooilaviy hayotga ruhiy, ma'naviy tayyorlash, mas'uliyatni his qilishga o'rgatish.
Pedagogik texnologiya, o’quv materialining to’la o’zlashtirish kafolatini beradi, ya‘ni har bir talaba o’quv fani dasturini kamida 80% ni o’zlashtiradi.1
Pedagogika o’quv jarayonida yuqori natijaga erishish yo’llarini doimo izlab kelgan va o’z vosita, usul va shakllarini hamma vaqt takomillashtirib kelgan. Ko’zlangan maqsadga erishish imkoniyatini beruvchi, qandaydir usul, yoki usullar majmuasini topish ilinjida bo’ldi. Buning natijasida turli metodikalar yaratildi. Pedagogik tajriba toraishi bilan yangi va samaraliroq metodlar yaratilmoqda. Ammo, yangi uslubiyotlarni yaratish borasidagi amaliy ishlar natijasi, o’sib borayotgan talablarga hamma vaqt ham javob bermaydi. O’qitishdagi doimiylik, rejalashtirilgan natijalarga erishish kafolati kabi muammolar o’z yechimini ko`tardi. O’quv maqsadlarning noaniq qo’yilishi, shu bilan bog’liq o’qitishdan kutilgan natijalarga erishishning noaniqligi, an‘anaviy o’quv jarayonini tashkil etishning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida, oliy ta‘lim muassasasi, o’qitishdan kutiladigan natija yo’qligidek, ortiqcha daxmazaga yo’l qo’ya olmaydi. O’qitish natijasi aniq va maqsadga erishiladigan bo’lishi lozim, aks holda, tayyorlangan mutaxassislarga ehtiyoj ham noaniq bo’ladi va ular talab qilib olinmaydi. An‘anaviy o’quv jarayoniga tayangan oliy ta‘lim muassasasi, hozirgi zamon ishlab chiqarish va boshqa sohalarning aniq talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashga qodir bo’lmaydi. Shuning uchun, o’quv jarayonini takomillashtirish, talabalar qiziqishini oshirish, o’qitish natijalarini kafolatlanishning eng samarali yo’llarini izlash ishlari uzluksiz davom ettirilmoqda. O’qitish sifatini oshirish, ob‘ektiv zaruriyatga aylanganligi tufayli, alohida o’qitish uslublaridan pedagogik texnologiyaga o’tish muammosining dolzarbligi ortib bormoqda. O’quv jarayonini birinchi marta ushbu tarzda talqin etilishi Ya.A.Komenskiyning pedagogikasida uchraydi.
O’qitish texnologiyasining asosiy elementlari - darslik tamoyili, guruh bilan ishlash tamoyili, o’qitishning predmetligi, o’quv materialini bayon etishning umumtartibi – aynan Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab chiqilgan edi, bu esa, uning pedagogik tizimining sanoatlashgan jamiyatdagi ommaviy, so’ngra umumiy ta‘lim ehtiyoji uchun uzoq yillar xizmat qilishini ta‘minlaydi.
Pedagogik texnologiyaning afzalligi ham, ahamiyati ham shu bilan belgilanadi. Bu ommaviy o’qitish sharoitida, talabalarni to’la o’zlashtirishini ta‘minlovchi yagona to’g’ri yo’ldir.
Pedagogik texnologiya – bu o’quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo’lib, ommaviy ta‘lim sharoitida o’qitishning zaruriy sifatini ta‘minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob beradi.2
Pedagogik texnologiya asosida tashkil etilgan o’quv jarayoni jadallashgan ilmiy-texnika taraqqiyot talablariga javob berishi bilan tavsiflanadi.
Jamiyatni barcha sohalarini axborotlashtirish bilan bogʻliq omillar, maktab o‘quvchilarini yetarli darajada tayyorlash zarurati va zamonaviy kompyuterlardan samarali foydalanish bilan bogʻliq muammolarni hal qilish lozimligi uqtirilmoqda. Ko‘p hollarda interfaol multimediali texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning faolligini oshirishga, ta’limning sifat va samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarishni ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Interfaol didaktik-dasturiy va multimediali texnologiyalar asosida ta’lim samaradorligini oshirish quyidagi didaktik tamoyillarni qo‘llab-quvvatlashga bogʻliq
|
| |