|
5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha
|
bet | 3/13 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 0,89 Mb. | | #125115 |
Bog'liq 5-MA\'RUZA-1Hisoblash. Ma’lumki, rux plastinkasi o’z tuzi eritmasiga tushirilsa rux eriy boshlaydi, ya’ni oksidlanadi (anod).
E0 = -0,76 v. Ikkinchi - Ag plastinka o’z tuzi eritmasiga tushirilganda eritmadagi Ag ionlari plastinkaga o’tira boshlaydi va bu musbat zaryadlanadi (katod), ikkala plastinka o’zaro tashqi zanjir vositasida tutashtirilganda Ag+ kumush ionlari qaytariladi.
Umuman rux - kumush galvanik elementi ishlaganda reaksiyalar quyidagicha boradi: Zn0 - 2e → Zn2 va Ag++ e → Ag0
Har qanday galvanik element uchun e.yu.k quyidagi formula bilan hisoblanadi: E.yu.k. = Ekatod - Eanod = Eoksidlovchi - Eqaytaruvchi dan kelib chiqib, rux va kumushning standart oksidlanish potensiallarini bilgan holda Nernst formulasidan foydalanib, har ikkala elektrodning potensialini hisoblaymiz.
va
kelib chiqadi. Bulardan foydalanib galvanik elementning e.yu.k. ni topish mumkin:
E.yu.k. = 0,682 - (-0,819) = 0,682 + 0,819 = 1,501 = 1,50 v. ekanligini ko’rish mumkin.
Bunday galvanik element (konsentrlangan element, batareya) quruq element deyiladi (3-rasm).
Batareya rux stakan (idish) g’ovak to’siq bilan ajratilib, ichiga quruq NH4Cl va ZnCl2 -elektrolitlari pasta holida joylashtirilgan. O’rtasida grafit va MnO2 aralashmasidan yasalgan markaziy elektrod tushirilgan.
Batareya ishlaganda quyidagi reaksiyalar borib:
Zn0 - 2e → Zn2 (manfiy qutb). MnO2 NH4 + 2e →
Mn(OH)2 NH3 (musbat qutb) potensiallar ayirmasi 1,48 v bo’lgan e.yu.k. hosil qiladi.
Mavzu:Elektroliz jarayonlari. Faradey qonunlari
Elektrolit eritmalarida boradigan elektrokimyoviy jarayonlardan yana biri - bu elektroliz jarayonidir. O’zi boruvchi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari galvanik elementlar, ya’ni elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi elektrokimyoviy uskunalar yaratishda qo’llaniladi. Ikkinchi tomondan elektr toki yordamida o’zi bormaydigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini ham amalga oshirsa bo’ladi, bunga misol qilib suyuqlantirilgan kaliy xloridni u tarkib topgan elementlarga ajralishini ko’rsatish mumkin:
2KCl(suyuqlantirilgan) ® 2K(s) + Cl2(g)
katodda anodda
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha
|