• Gibbs energiyasi.
  • Bu metallarning kuchlanish qatoridan iborat bo’lib, aktivlik qatori deb ataladi




    Download 0,89 Mb.
    bet2/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #125115
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    5-MA\'RUZA-1
    Maqola va uing turlari, NUTQ MADANIYATI VA ADABIY TIL ME’YORLARI, 4.Kurs ishi - копия - копия - копия (70), курс иши, Doc1, АБРАЗИВНЫЙ ИНСТРУМЕНТ, 9.ENERGOMENEJMENT, 11.JAMOAT BINOLARIDA ENERGIYANI TEJASH, 2 5404804334393229791 010818181524, Xalilova Surayyo, Akademik yozuv (3), ADABIYOT, Arduino nima, Laboratoriya ishi, Автоматлаштиришда қўлланиладиган пакетлар фанидан маърузалар матни
    Bu metallarning kuchlanish qatoridan iborat bo’lib, aktivlik qatori deb ataladi. Normal potensiallarni aniqlab, metallarning aktivligini bilib olsa bo’ladi. Aktiv metallarning potensiallari manfiy bo’lishi bilan xarakterlanadi.
    Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi (e.yu.k.) elektronlarni tashqi zanjir bo’yicha harakatlantiruvchi harakat kuchi (elektr bosimi) demakdir.
    E.yu.k. elektr kuchlanish birligi (volt)da o’lchanadi va galvanik element kuchlanishi yoki potensiali deb yuritiladi. 1 kulonga teng zaryad 1 J energiya olishi uchun teng bo’lgan e.yu.k. bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:
    1V = J / 1 Kl
    Galvanik element standart sharoitda ishlaganda Eo bilan ifodalanadigan standart e.yu.k. ni vujudga keltirdi:
    Zn(kr) + Cu2+(s) ® Zn2+(s) + Cu(kr)
    Bunda rux-mis galvanik elementning e.yu.k.ini topish uchun musbat potensialdan manfiy potensialni ayirish kerak bo’ladi:
    0,34 - (-0,76 eV) =1,10 eV.
    Elektr yurituvchi kuch ikkala potensial farqining algebraik yig’indisidan kelib chiqadi.
    Gibbs energiyasi. Kimyoviy jarayonlar ham o’z potensiallari bilan xarakterlanadi. Mexanik (gravitatsion) potensial kabi o’zi boradigan jarayonlarda u kamayadi. Birikishning harakatlantruvchi kuchi tamomlanishi orqasida potensial minimumga etadi. RT=const bo’lganda kimyoviy jarayonlarning harakatlaniruvchi kuchi bo’lgan potensialni izobar-izotermik potensial yoki qisqacha qilib izobar potensial deyish qabul qilingan. Uni Gibbs energiyasi (G) ham deb yuritiladi. Mana shu potensialning kamayishi jarayon yo’liga, uning “kimyoviy traektoriyasiga” bog’liq bo’lmaydi va reaksiya yordamida mazkur holatdan muvozanat holatga o’tish uchun sarflanishi zarur bo’lgan maksimal ishga teng bo’ladi: DG = A’maks.
    Jarayonni prinsipial amalga oshirish sharti, ya’ni reaksiyaning o’z-o’zidan to’g’ri yo’nalishi (ish sarflanmagan holda) mumkinligi quyidagi tengsizlik bilan ifodalanadi:
    D Gp,t < O
    DG > 0 bo’lganda jarayonni prinsipial o’tkazib bo’lmasligi tushuniladi.
    Galvanik elementning elektr yurituvchi kuchi kompensatsiyalanganda maksimal ish bajariladi. Bu holatda tokning bajargan ishi uchun quyidagicha tenglama yozsa bo’ladi:
    -DG = nFE
    Shunday qilib, oksidlanish-qaytarilish jarayonlarda Gibbs energiyasining o’zgarishi galvanik elementlar elektr yurituvchi kuchi manbai bo’lib xizmat qiladi. E ni o’lchab, yuqoridagi tenglamadan galvanik elementda borayotgan reaksiya uchun DG ni hisoblab chiqarish mumkin.
    Galvanik element yordamida reaksiyaning “erkin” energiyasini nazariy jihatdan to’la ravishda elektr energiyasiga aylantirish mumkin.
    Hozirgi vaqtda elektr tokining kimyoviy manbalaridan bo’lgan yoqilg’i elementlari yaratish borasida keng ishlar olib borilmoqda. Tez oksidlanuvchi vodorod, gidrazin kabi va boshqa moddalar yoqilg’i sifatida amaliy ahamiyat kasb etmoqda.
    Galvanik elementlar xizmatidan hammamizga ma’lum bo’lgan avtomobillarda, samolyot, paroxod, teplovoz va boshqa transport vositalarida foydalaniladi. Ular sanoat korxonalarida, texnika va xalq xo’jaligining turli sohalarida ham keng qo’llanilishi ma’lum. Elektr tokining kimyoviy manbalaridan bundan buyon ham kengroq foydalanish ko’zda tutilmoqda.
    Galvanik elementlarga tegishli masalani ko’rib chiqaylik.
    Masala: 0,01 M Zn(NO3)2 eritmasiga rux plastinkasi, 0,001 M AgNO3 ning elektrolit eritmasiga kumush plastinka tushirilganda hosil qilingan galvanik elementning elektr yurituvchi kuchini hisoblang.

    Download 0,89 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bu metallarning kuchlanish qatoridan iborat bo’lib, aktivlik qatori deb ataladi

    Download 0,89 Mb.