• Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha
  • 5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha




    Download 0,89 Mb.
    bet8/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #125115
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    5-MA\'RUZA-1

    Korroziyadan saқlanish usullari.
    Korroziyadan saқlanish usullari қuyidagilardan iborat:

    1. Izolyastiya usuli

    2. Protektor vositasi orқali usuli.

    3. Kimyoviy ҳimoya usuli .

    4. Eelektrokimyo usuli.

    5. Katodli ҳimoya usuli.

    Izolyastiya usulida metallarni korroziyadan saқlash uchun metall sirti moylanadi yoki laklanadi ҳamda korroziyaga chidamli rux va қalay bilan galvanostegiya usulida қoplanadi. Metallni metall bilan қoplash katod ҳamda anod қoplashlarga bo’linadi.
    Temirni rux bilan қoplash anod қoplashga misol bo’la oladi. Bunda ҳimoya kiluvchi metall rux, ҳimoyalanuvchi metall temirdan aktivroқ bo’lgani uchun қoplama sirti buzilganda galvanik element ҳosil bo’ladi va bu elementda anod, ya’ni rux emiriladi, katod-temir esa rux to’liқ emirilib bo’lmaguncha emirilmaydi.
    Metall sirtini uning o’zidan passivroқ metall ( masalan, temirni қalay) bilan қoplash katod қoplash deyiladi. Bu ҳolda қoplamaninng biror joyi buzilganda ҳimoyalanuvchi metall korroziyalanadi.
    Korroziya ingibitorlari. Metall korroziyasini sekinlashtiradigan moddalarga ingibitorlar deyiladi.
    Ingibitor sifatida asosan aminlar; mochevina SO(NH2)2, tiomochevina NC(NH2)2 ; sulfitlar, aldegidlar, fosfatlar, silikatlar va boshқalar ishlatiladi.
    Ingibitorlar rangli metallarni korroziyadan saқlashda ҳam kullaniladi.
    Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha

    O’zbekiston tabiiy va sintetik yuqori molekulyar moddalar kimyosi hamda texnologiyasini rivojlantirishda beqiyos imkoniyatlarga ega bo’lgan mamlakatdir.


    Tobora yuksalib borayotgan xalq xo’jaligining barcha sohalari, jumladan yengil va to’qimachilik sanoati, mashinasozlik, radio, elektronika, qishloq xo’jaligi, qurilish hamda medisina sohalarining rivojlanishi turli-tuman qimmatli xossalarga ega bo’lgan yangidan-yangi kimyoviy tolalar, plastmassalar, sintetik kauchuk, lak-buyoqlar, shifobaxsh polimerlar ishlab chiqarish bilan chambarchas bog’liqdir.Avvalo paxta tolasi va uni qayta ishlash natijasida hosil bo’ladigan moddalar, jun, ipak va shu kabi har yili yangilanib turadigan yuqori molekulyar birikmalar hamda gaz, neft va boshqa tabiiy boyliklar polimerlar kimyosini va texnikasini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochmoqda. Shuning uchun O’zbekistonda kimyo sanoati, ayniqsa polimerlar kimyosining rivojlanishi keng istiqbollarga ega.Yuqori molekulyar birikmalar xossalari jihatidan past molekulyar birikmalardan tubdan farq qiladi. Bu hol polimer molekulalarining juda kattaligi va polidispersligi bilan tushuntiriladi.

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha

    Download 0,89 Mb.