• Sopolimerlanish reaksiyasi.
  • 5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha




    Download 0,89 Mb.
    bet10/13
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,89 Mb.
    #125115
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
    Bog'liq
    5-MA\'RUZA-1

    Polimerlarning olinishi
    Polimerlar asosan polimerlanish, sopolimerlanish, polikondensatlanish reaksiyalari orqali olinadi.
    Polimerlanish reaksiyasi - bu ko’p sonli monomerlar molekulasini o’zaro birikish jarayoniga aytiladi. Jarayonda yonaki mahsulotlar hosil bulmaydi. Monomerlarni polimerlanish jarayonining umumiy ko’rinishini quyidagicha ifodalash mumkin: nA  [A]m
    Bu reaksiya to’yinmagan uglevodorodlar va siklik moddalarga xosdir. Masalan, etilen va uning birikmalarini polimerlanishi nCH2 = CH2  (-CH2-CH2--)n
    Ikki yoki undan ortiq qo’shbog’li uglevodorodlar polimerlanish reaksiyasiga kirishadi.
    nCH2 = CH - CH = CH2  [- CH2 - CH = CH - CH2 -]n
    CH2 = CHCl  (- CH2 - CHCl -]n

    Bunday reaksiyalar natijasida karbozanjirli polimerlar hosil bo’ladi.
    Polimerlanish jarayoni quyidagi uch yo’l bilan olib boriladi:
    1. Zanjirli polimerlanish
    2. Bosqichli polimerlanish
    3. Siklik birikmalarni polimerlash
    Polimerlanish reaksiyalari erkin radikal hosil bo’lish usuliga qarab uch turga bo’linadi:
    1. Termik polimerlanish
    2. Fotokimyoviy polimerlanish
    3. Radiasiya nurlari ta’sirida polimerlanish
    Polimerlar sopolimerlanish reaksiyasi bilan ham olinadi.
    Sopolimerlanish reaksiyasi. Ikki va undan ortiq turdagi monomerlarning birgalikda polimerlanish jarayoni sopolimerlanish jarayoni deyiladi, hosil bo’lgan yuqori molekulyar birikmalar esa sopolimerlar deyiladi. Sopolimerlar makromolekulasining tarkibi reaksiya uchun olingan monomerlarning molekula qoldiqlari-bo’g’inlaridan tashkil topadi. Makromolekulaning tarkibi faqat bir xil monomer molekula bo’g’inlaridan tashkil topgan polimerlar gomopolimerlar deyiladi. Gomopolimerlanish jarayonida faqat bir turdagi o’sayotgan zanjirni tashkil etsa, sopolimerlanish esa bir necha xil ko’rinishdagi o’sayotgan zanjirlardan iborat bo’ladi.

    Download 0,89 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




    Download 0,89 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Mavzu: elektrokimyoviy jarayonlar. Galvanik elementlar. Metallar korroziyasi. Yuqori molekulyar birikmalar haqida tushuncha

    Download 0,89 Mb.